“geoekologiya asoslari ”
Download 0.58 Mb.
|
Geoekol majmua
Hidrosfera va uning suv zahiralari. Sayyoramizning barcha suvlar geografik qobiqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan hidrosferani hosil qiladi. hidrosferaga Dunyo okeani, daryolar, ko‘llar va suv omborlari, tog’ va qutbiy muzliklar, yer osti suvlari, tuproqdagi nam va atmosferadagi suv bug’lari kiradi.
Hidrosfera – dinamik tizim bo‘lib, unda suvning aylanma harakati muhim ahamiyatga ega. Suvning aylanma harakati jarayonida u chuchuklashadi, Yer yuzasida taqsimlanadi, tirik organizmlarni ta‘minlaydi, tabiiy jarayonlarni sodir bo‘lishini boshqaradi. Suvning aylanma harakati jarayonida uning agregat holatlarining o‘zgarishi ro‘y beradi. Aylanma harakat natijasida atmosfera, gidrosfera, biosfera, litosfera o‘rtasida bog‘liqlik tarkib topadi. Shuning uchun geografik qobiqlar orasida o‘zaro bog‘liqlik suvning aylanma harakati natijasida yanada kuchayadi. Yil davomida sayyoramizda 525 ming km3 suv aylanma harakatda bo‘ladi. Odatda hidrosferaga tavsif berishda Yer yuzasining 361,2 mln. km2 maydoni suv bilan qoplangan deyishdan boshlanadi. Ammo bu raqam okeanlar va dengizlar band etgan akvatoriya maydonini ifodalaydi. Butun gidrosfera band etgan maydon ancha ko‘proqdir. Muzliklar 16,3 mln.km2 yoki quruqlik maydonining 11% ini qoplaydi; ko‘llar va daryolar band etgan maydon 2,3 mln. km2 (1,7%), botqoqlar va o‘rta sernam yerlar maydoni 3 mln. km2 ga teng. Shunday qilib, gidrosferaning maydoni 380 mln km2 dan ortiqroq bo‘lib, quruqlikning 75% idan ortiqrog’ini tashkil etadi (Losev, 1989). Ozod (birikmagan holdagi) suvning zahiralariga ko‘ra Yer – Quyosh tizimidagi eng “sersuv” sayyoradir. Gidrosferaning massasi 1454 mln. km2 ni tashkil etadi, ya’ni sayyoramizdagi har bir kishiga 375 mln. m3 suv to`g`ri keladi (– jadvallar). Agar hidrosferadagi barcha suvlar Yer yuzasida tekis taqsimlansa, o‘rtacha qalinligi 3000 m bo‘lgan qatlam hosil bo‘lardi. Gidrosfera suvlarining katta qismi (1370 mln. Km3 dan ortiqroq) Yer yuzasining ¾ qismini band etgan Dunyo okeanida (o‘rtacha chuqurligi – 3790 m, maydoni – 361,3 mln. km2) to‘plangan. Suvlarning 60 mln km3 (4% i) yer osti suvlariga, 24 mln km3 (1,6 % i) muzliklarga, 280 ming km3 (0,019% i) ko‘llarga, 85000 km3 (0,006% i) tuproqdagi namga, 14000 km3 (0,0001%) atmosferadagi suv bug‘lariga va 1200 km3 (0,0001% i) daryolarga to‘g‘ri keladi. Suvlarning katta massasi muzliklarga ham to‘g’ri keladi. Agar barcha muzliklar erisa, Dunyo okeanining suv sathi 64 m ga ko‘tarilgan, maydoni esa 1,5 mln. km2 ga kengaygan bo‘lar edi (quruqlikning maydoni esa 1% ga kamayadi). Biosferadagi suv massasi 1,1 х 1018 g ni yoki jahondagi barcha daryolar o‘zanlaridagi suvning yarmiga yaqini tashkil etadi (Losev, 1989). Ozod suvning paydo bo‘lishi mantiyaning gazsizlanishi – yer bag’irlarining sayyora massasining umumiy zichlashuvi va uning ichki qismlarida radioaktiv unsurlarning parchalanishi natijasida qizishi bilan bog’liq. Mantiya moddalarining tabaqalanishida kimyoviy jihatdan birikkan holdagi suvlarning bir qismining ajralishi va ozod suvga aylanishi sodir bo‘lgan. Yerning mantiyasida 0,5% suv bor (13 – 15 mlrd. km3 yoki Dunyo okeanidagi suvlarga nisbatan taqriban 10 – 12 baravar ko‘proq). Mantiyadagi minerallar va tog’ jinslari bilan kimyoviy va fizikaviy jihatdan bog’liq bo‘lgan bu suvlar yer po‘sti va yer yuzasidagi suvlarning to‘yinish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Suvning aylanma harakatida atmosfera, okean va materik bo‘linmalari ajratilishi mumkin. Suvning aylanma harakatining global miqyosida katta va kichik aylanma harakat halqalari ajratiladi. Katta aylanma harakat mantiya jinslaridan kimyoviy jihatdan birikkan suvlarning bir qismining ajralishini, vulkanlar faoliyati natijasida ajralib chiqqan ozod suvlarni cho‘kindi jinslar tomonidan birikishini o‘z ichiga oladi. Yerning ichki qismlaridagi suvlarning aylanma harakatini Ye.V. Pinniker ikki kichikroq aylanma harakatga ajratadi: 1. Yuqori qatlamlarni o‘z ichiga oladigan va yer osti suv oqimini tartibga solib turadigan gidrogeologik aylanma harakat. 2. Chuqur qatlamlarda suv almashinuvini ta‘minlaydigan geologik aylanma harakat. Gidrogeologik va geologik aylanma harakatlar bir – biri bilan mujassam bog’langan. jadval. Hidrosferaning turli qismlaridagi suvlarning zahiralari va suv almashinuvining faolligi (M.I. Lvovichdan, 1974)
4 – jadval. Hidrosferaning miqdoriy tavsifi
Suvning kichik aylanma harakati (bug’lanish – yog’inlar – infiltratsiya – oqim) ancha tez sodir bo‘ladi. Suvning kichik aylanma harakati tufayli materiklardan okeanlarga uzluksiz yuza va yer osti oqimi hosil bo‘ladi, yer osti suvlarining zahiralari to‘ldirilib turiladi, muzliklarning suv balansi saqlanadi. Quruqlik va okean suvlarining hozirgi ko‘rinishdagi taqsimlanishi atmosfera tsirkultsiyasi va issiqlik rejimi bilan uyg’unlashgan holatda namning har yillik aylanishini ta‘minlaydi. Namning yillik aylanishi 525 ming km3 hajmdagi suvni tashkil etadi, shundan 106 ming km3 quruqlikka tushadigan yog’inlar bo‘lib, ular daryolarning oqimini hosil qiladi. Hidrosferaning turli qismlarida suv almashinuvining faolligi nisbatan qisqa yoki uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi. Ayniqsa chuqur yer osti suvlari almashinuvi geologik davrda (5000 yilga yaqin) sodir bo‘ladi. Okeanlarda esa ularning yuzasidan har yili 453 ming km3 ga yaqin suv bug’lansada, suvlarning to‘liq almashinuvi deyarli 3000 yilni o‘z ichiga oladi. Tuproqlardagi nam ko‘rinishidagi suvlar deyarli har yili almashinib turadi; daryolar o‘zanlaridagi suvlar 11 haftada yoki 1 yilda 32 marta almashinadi. Atmosfera suvlarining almashinuvi ayniqsa faol kechadi. Shu sababli atmosferadagi barcha suv (nam) har 10 kunda yoki 1 yilda 36 marta to‘liq almashinadi. Buning natijasida umumiy hajmi 14 ming km3 bo‘lgan atmosfera nami yer yuzasiga 525 ming km3 miqdoridagi suvlarning yog’inlar ko‘rinishida tushishiga sharoit yaratadi. Hisoblarga ko‘ra, butun atmosfera nami o‘rtacha har 2800 yilda almashinadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling