“geoekologiya asoslari ”


-MAVZU TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNING GEOEKOLOGIK OQIBATLARI


Download 0.58 Mb.
bet7/17
Sana11.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1259672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Geoekol majmua

5-MAVZU TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNING GEOEKOLOGIK OQIBATLARI


Atrof muhitni optimallashtirish va tabiatdan oqilona foydalanish goyalarini hayotga tadbiq etish fan – texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Tabiat va jamiyatning hududiy sistemalarda moddiylashadigan ozaro munosabatlari juda kop qirrali va nihoyat murakkab. Bu munosabatlar butun jamiyat boylab otadi va kopgina tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlarda namoyon boladi.
Tabiat va jamiyat rivojlanishining qonuniyatlari bilan bir qatorda ularning o‘zaro ta’sirining qonuniyatlari ham mavjud. Jahondagi hozirgi ekologik vaziyat bu qonuniyatlarni o‘rganishning ahamiyatini oshiradi, chunki ekologik muammolar fanlarning yanada yirikroq bloklarini tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy bloklarini chambarchas bog‘liqligida bo‘lishini taqoza etadi.
Insoniyatning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining tezlashuvi, tabiat va jamiyat ozaro ta’siri miqyoslarining kengayishi barcha fanlar sistemalarining rivojlanishiga, shi jumladan geografik bilimlar nazariyasining shakllanishiga va amalda qollanilishiga kuchli ta’sir korsatdi.Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni optimallashtirish va muhofaza qilish kabi ekologik muammolarning dolzarblashivi kopgina fanlarning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu ta’sirdan geografiya ham chetda qolmadi.Bu muammolar geografik tadqiqotlarda asosiy vazifalardan biri bolib qoldi. Tabiat va jamiyat o‘zaro ta’siri muammosi hozirgi paytda geografiya fanlaridagi fundamental yo‘nalish bo‘lib, uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.N.N.Baranskiyning geografiya tabiat va jamiyat orasidagi koprik, deya bildirgan fikri oz isbotini topdi.Chunki geografiya hududning tabiiy resurlik saloxiyatini organish va baholash bilan faol shugullanadi, iqtisodiyot tarmoqlarini bir-biri bilan chambarchas bogliq holda rejalashtirishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning va tabiatni muhofaza qilishning hududiy tarhlarini ishlab chiqishda, xojalik loyihalarini ekspert baholashda faol ishtirok etadi, ya’ni kopgina hozirgi ekologik muammolarning yechimini amalga oshiradi. Pirovardida tabiatni maqsadli ozgartirishning umumiy nazariyasi sifatidagi konstruktiv geografiya konsepsiyasi shakllandi.
Geografiya – tabiat va jamiyat o‘zaro ta’siri muammolarini o‘rganadigan fundamental fanlardan biri, bu o‘zaro ta’sirning hududiy jihatini o‘rganadigan yagona fandir.Geografiyaning hozirgi rivojlanish bosqichidagi muhim vazifalaridan biri tabiat va jamiyat ozaro ta’siri jarayonlarining hududiy rivojlanishining qonuniyatlarini organishdan iborat. Tabiat va jamiyat birlikda organilmogi lozim.
Bundan 125 yil muqaddam amerikalik geograf J.P. Marsh o‘zining “Inson va tabiat. Tabiiy geografiya va uning inson ta’siri ostida o‘zgarishi” deb nomlangan fundamental asarida (1864) birinchi bor Yerning tabiiy-geografik sharoitlarida inson tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlarni ilmiy jihatdan tahlil qilib bergan edi. U tabiat elementlari va unda shakllangan muvozanatning buzilishi orasidagi o‘zaro aloqalarni yetarlicha baholay bilmaslik ko‘pincha tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi, degan xulosaga kelgan edi.
Aholi nufusining oshib borishi, ilmiy – texnika taraqqiyotiga bog‘liq holda ishlab chiqarishning tobora rivojlanishi sharoitlarida tabiatga bo‘lgan ta’sir yil sayin ortib bormoqda.
Hozirgi paytda jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro ta’sirning keng ko‘lamlarda bo‘lishi umumbashariy (global) muammolardan biri bo‘lgan ekologik muammoni vujudga keltirdi. Ekologik muammo atrof tabiiy muhit sifatining hamda insonning turmush tarzining sanoatlashuvi va shaharlashuvi tufayli yomonlashuvi, an’anaviy energetika va xom ashyo resurslarining qashshoqlashuvi, insonning tabiatga ta’sirining uzluksiz oshib borishi, tabiiy ekologik balanslarning (frans.balanse tarozi) ortib borayotganligi, tabiatni inson xo‘jalik faoliyatining chiqindilari bilan ifloslanishining salbiy genetik oqibatlari bilan bog‘liq.
Tabiat” tushunchasi bir necha xil ilmiy talqinga ega. Keng ma’noda “tabiat” so‘zi olamning butun moddiy – energitek (yunoncha energiya –faoliyat) va axboriy (informatsion) dunyosini anglatadi. Ko‘pincha “tabiat” iborasi kishilik jamiyati mavjudligining tabiiy sharoitlari majmuasini anglatadi. Kishilik jamiyati tabiatga bevoaita ta’sir ko‘rsatadi; tabiat bilan o‘zining xo‘jalik faoliyati orqali bog‘langan “tabiat-jamiyat” tizimi qaralganda ko‘pincha ana shu tushuncha nazarda tutilgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling