Geoekspertizaning mohiyati va maqsadi
Download 64.5 Kb.
|
Geografik okrug yoki rayonlarning xalq xo\'jaligining u yoki bu tarmog\'ini rivojlantirish nuqtayi nazaridan geografik ekspertizani tuzish
Mavzu: Geografik okrug yoki rayonlarning xalq xo'jaligining u yoki bu tarmog'ini rivojlantirish nuqtayi nazaridan geografik ekspertizani tuzish Reja: Geoekspertizaning mohiyati va maqsadi Rayon planirovkasining fanlar tizimida tutgan o`rni, uning konstruktiv ahamiyati. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik rayonlashtirish. Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihala-rining mutaxassislar ko'rigidan o'tkazilishiga aytiladi. "Ekspert" so'zi lotin tilida "tajribali" degan ma'noni bildiradi. Ekspert — biror sohada ekspertiza o'tkazuvchi mutaxassisdir. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo'jaligi, suv xo'jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo'yicha ekspertiza asosan loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta'sirini baholash yu-zasidan o'tkaziladi. Ekspertizalar geografik va ekologik ekspertizaga bo'linadi. Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko'ra bilish, fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta'siri va uning oqibatlarini oldindan ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan muhim muammolardan biri hisoblanadi. Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish tizimlarining o'zgarishidagi asosiy yo'nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi. So'nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirish jarayoni tufayli bashoratlash bo'yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g'oyalarni amaliyotda qo'llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga bo'lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta'siri muddatlari ham keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta'siriga aks ta'siri ko'pincha salbiy ko'rinishga ega bo'la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush hodisalarni oldindan ko'ra bilish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Insonning tabiatga ta'siri oqibatlarini oldindan ko'ra bilmaslik va ularni oldindan ayta olmaslik sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammo-larning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Orol dengizi muammosi bunga misol bo'lishi mumkin Geografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Masalan, Sibir daryolari oqimining bir qismini O'rta Osiyo va Qozog'istonga burish loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab chiqilgan. Ulardan awaliga 5—6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi. Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar muddatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: operativ bashorat bir oy muddatga, qisqa muddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o'rta muddatli bashorat 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli bashorat 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli bashoratlar 15 yildan ko'proq muddatga ishlab chiqiladi. Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo'ladi. Ma'lum bir joyning relyefi, tog‘' jinslari, tuproqlari, suvlari, o'simligi va hayvonot dunyosi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma'lumotlar tabiiy geografik bashoratlarda ishlatiladi. Tabiiy komplekslar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to'plovchidir. Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. 2. Tog‘ jinslari. Suv otkazadigan suv otkazmaydigan jinslar, ularning qalinligi tabiiy muxitga ta‘sir ko‘rsatadi. 3. Suvlar. Ularda erigan organiq moddalarning miqdori yillik oqim miqdori, oqim tezligi muxim axamiyatga ega Geografik bashoratlashda turli xil usullardan foydalaniladi. Qanday usullardan foydalanish bashoratning maqsadi va muddatiga bog'liq bo'ladi. Qisqa muddatli geografik bashoratlarda landshaft-indikatsiya usuli, uzoq muddatli geografik bashoratlarni amalga oshirishda geografik o'xshatish va ekstrapolyatsiya usuli qo'llaniladi. Bundan tashqari juda ko'p hollarda tizimlararo tahlil usulidan keng foydalaniladi. Landshaft-indikatsiya usuli. Mazkur usulning mazmuni shundan iboratki, landshaftning bevosita ko'rinib turadigan komponentlari (o'simlik, tuproq, relyef va boshqalar) xususiyatlarini o'rganish orqali ko‘zatib bo'lmaydigan komponentlarning holatini o'rganish mumkin. Masalan, o'simlik turini aniqlash va holatini o'rganish orqali boshqa komponentlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Agar cho'lda yantoq o'simligi keng tarqalgan bo'lsa, yer osti suvlari 5— 10 m chuqurlikda, agar qamish o'sayotgan joy bo'lsa, yer osti suvlari 1,5—2 m chuqurlikda ekanligi va tuproqlar o'rtacha sho'rlanganligi haqida xulosa chiqariladi. Shunday qilib, dala sharoitida landshaftlar o'rganilayotganda o'simlik, tuproq va relyefning xususiyatlariga e'tibor berilsa, boshqa komponentlar to'g'risida, ya'ni qaysi o'simlik qoplami keyinchalik eng ko'p tarqalishini ham bashorat qilish mumkin. Geografik o'xshatish usuli. Bu usulda biror hududda bo'lgan o'zgarishlarni o'rganish asosida xuddi shunday o'zgarishlar boshqa shunga o'xshash hududlarda ham sodir bo'lishi mumkinligi bashorat qilinadi. O'xshatish usulini qo'llashning asosiy shartlaridan bin o'xshatish o'lchamlarining mos kelishidir. O'xshatish o'lchamlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1) relyef sharoitining o'xshashligi. Bunda ikkala hudud ham bir xil relyef shaklida joylashgan bo'lishi lozim (daryo vodiysi, tekislik, botiq, yonbag'ir, balandlik); 2) tog‘' jinslari va ular xossalarining o'xshashligi. Ikkala hudud ham deyarli bir xil xossaga (suv o'tkazadigan, suv o'tkazmaydigan, yoriqsiz, yoriqli, gilli, qumli, qoyali), bir xil genezisga ega (cho'kindi, metamornk, magmatik) tog‘' jinslaridan iborat bo'lishi lozim; 3) tuproqlari va ularning qalinligi, xossalari bir xil bo'lishi lozim (masalan, to'q bo'z tuproqlar); 4) o'simlik qoplamining o'xshashligi; 5) hayvonot dunyosining o'xshashligi; 6) insonning tabiatga ta'sirining o'xshashligi (suv ombori, kon, shahar, ekinzorlar, bog'lar, to'g'onlar, yo'llar, kanallar va h.k.). Ushbu usul ko'proq aniq bir muhandislik inshootlarining tabiatga ta'sirini bashoratlashda qo'llaniladi. Masalan, tekislikda awal qazilgan foydali qazilma konining tabiiy muhitga ko'rsatgan ta'sirini tahlil qilish bilan xuddi shunday sharoitdagi boshqa joyda qazib olinayotgan foydali qazilma konining tabiiy muhitga ta'sirini bashoratlashda o'xshatish usulini qo'llash mumkin. Ekstrapolyatsiya usuli. Mazkur usulning mohiyati o'zgarish yo'nalishini kelajakka nisbatan ekstrapolyatsiya qilishdan iborat. Ushbu usul tabiat komplekslarining holatidagi mavjud bo'lgan o'zgarishlar yo'nalishini o'rganish orqali, bu o'zgarishlar kelajakda ham davom etadi, degan xulosa chiqarishga asoslangan. Masalan, Niagara sharsharasi ohaktoshlarni yemirib, Eri ko'li tomon asta-sekin chekinmoqda. Bu jarayon davom etaversa, Niagara sharsharasi yo'q bo'lib ketishi mumkin. Bunday jarayonning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi lozim. Tizimlararo tahlil usuli. Mazkur usulning asosiy mohiyati shundan iboratki, bir tizim holatining tahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat qilinadi. Masalan, har 11 yilda Quyoshdagi dog'lar sonining ko'payishi asosida Yerdagi qator noxush hodisalarning ro'y berishi oldindan aytib beriladi. Eng xavfli qor ko'chkilari, sellar, qurg'oqchilik, toshqinlar va boshqa noxush hodisalar Quyosh faolligining 11 yillik davriyligi bilan bog'langan. Geografik ekspertiza deb, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi. Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e'tiborga olib, geografik-ekologik ekspertiza deb ataladi. Ekspertiza — ilmiy tekshirish, loyihalash boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar va ishlanmalarni o'rganish hamda ularni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab, chuqur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta'sir qilishi e'tiborga olinadi. Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi: Davlat ekspertizasi, vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo'mitasi ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Rayon planirovkasining fanlar tizimida tutgan o`rni, uning konstruktiv ahamiyati. Rayon planirovkasi ma‘lum bir hududda ishlab chiqarish korxonalari aholi joylashuvi infrastrukturasi elementlarning geografik, iqtisodiy, qurilish, arxitektura va muhandislik, texnik sharoit hamda omillarni hisobga olgan holda tashkil qilishning nazariy va amaliy masalalari bilan shug‘ullanadi. Aynan shu ma‘noda u konstruktiv geografiya (D.I.Bogorod), rayonning amaliy goeografiyasi sifatida tan olingan. Darhaqiqat rayon planirovkasi iqtisodiy ijtimoiy geografiyaning amaliyot bilan bog`liq bo‘lgan eng asosiy yo‘nalishidir. U shaharlar geografiyasi, ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish mamsalalari bilan yaqindapn aloqador. SHuni takidlash lozimki, umuman iqtisodiy geografiyada ishlab chiqarish kuchlari hududiy tashkil etish g‘oyasi asosiy o‘rinda turadi. Binobarin, bu fanda hududiy ishlab chiqarish majmualari katta ilmiy va Amaliy ahamiyatga ega. Rayon planirovkasi bu avvalgi xalq xo‘jaligini planlashtirish emas, u ma‘lum bir hududni loyihalashtiriladi. Shemalarini tuzish aholi manzilgohlarining bosh planini yaratiish bilan shug‘ullanadi. SHu ma‘noda planlashtirish bilan prognozlash o‘rtasida turadi. Mazkur muammolar bilan maxsus ishlmiy tekshirish va loyihalashtirish institutlari mashg‘ul (TashNIIG; O‘zNIP gradosroitel‘stva va h.k.). Rayon planirovkasi ayni vaqtda mintaqaviy planlashtirish ham emas. Biroq u mintaqaviy iqtisod siyosat bilan bog‘liq. Rayon planirovkasi, shuning dek iqtisodiy rayonlashtirish bilan ham alohtda iqtisodiyy rayonlashtirish rayon planirovkasining nazariy asosidir. Rayon planirovkasida uning ob‘ektlarining to‘g‘ri aniqlapsh katta ahamiyatga ega. Odatda rayon planirovkasi uchun o‘rta darajadagi iqtisodiy rayon (viloyat) va undan kichik hududlar tanlab olinadi. Hudud kichraygan sari rayon planirovkasining aniqlik darajasi ortib boraveradi. Ko‘pincha viloyat ko‘lamidagi rayon planirovkasi ishlari sxemalar tuzish bilan belgilanadi. Ular 1:100000 - 1:300000 uchun rayon planirovkasining loyihasi tuziladi. Bunday loyiha ishlari sanoat tugunlari uchun ham bajariladi. Agar viloyat ichidagi iqtisodiy rayonlarda 1:100000 – 1:50000 masshtab qo‘llansa, sanoat tugunlarida masshtab yanada aniqlashadi. 1:25000 yoki 1:10000 Shuningdek, qishloq tumanlari uchun rayon planirovkasi ishlab chiqiladi. Alohida aholi qo‘rg‘onlari uchun bosh planlar tuzilib shahar va qishloq hududi sanoat, uy joy qurilishi, dam olish nuqtai nazardan kichik rayonlarga ajratiladi, hatto ayrim korxona, maktab, bekat, magazin kabi ob`yektlarni joylashish o‘rni aniq belgilanadi. Bosh planlar 1:10000 yoki 1:5000 masshtabda yaratiladi. Bunday planlar shaharning alohida qismi uchun ham tuzilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarda sanost yoki industrial parklar tashkillashtirilgan snoat rayolni industrial uchastkasi kabilar uchun ham ishlab chiqiladi. Ularning maydoni ko‘pincha 200 gektardan oshmaydi. Rayon planirovkasining sxema va loyihalari aholi manzilgohlarining bosh planlari odatda 25 yilga mo‘ljallangn bo‘ladi. Ana shu davr uchun aholi sonining bashorati ham ishlab chiqiladi. Bu bashoratlar turli usullarda (ekstropoliyatsiya, mehnat resurslari balans turli yoshdagi aholi sonini demografik surish yoki siljitish v. b.) bajariladi.Yana shuni unitmaslik kerakki mamlakatimizning bozor munosabatlariga o‘tishi mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi tufayli davlatning ilgari boshqaruvchanlik ro‘li o‘zgaradi. Bu esa rayon planirovkasining maqsad va vazifalariga ham yangicha qarashni taqozo etadi. SHaxarlarning xam tarixi uzoq. Biroq bu tarix insoniyat tarixidan qisqa bo‘lib, bu davr jamiyat tarixiga mos keladi. SHaharlar jamiyatning xudidiy birikmasi (sotsiumi) shaxsida sinfiy tuzum, ya‘ni quldorlik davrida ko‘proq rivojlana boshladi. Umuman olganda, shaxarlarning vujudga keliishni ijtimoiy mexnat taqsimoti bilan bog‘laydilar. Ma‘lumki, dastlabki ijtamoiy mehnat taqsimoti dexqonchnlikning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Dexqonchilik, xususan sug`orma dexqonchilikning paydo bo‘lishga muhim, doimiy (statsionar) axoli manzi.lgoxlarining barpo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki sug‘orish inshootlari yoki vositalarini ko‘pchilik qurar edi, undan ko‘pchilik foydalanar va ularni ko‘pchilik qo‘riqlardi. SHu asosda kishilarning qadimiy jamoasi vujudga keladi. Ammo bu jamoa (jamiyat emas!), kishilarning xududiy birligi u davrda shaxar xam qishloq xam deb aytilmasdi. SHaharlar esa ijtimoiy mexnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya‘ni dexqonchilikdan xunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi natijasida paydo bo‘ldi. Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydilar va binobarin, ular xar xil mexnat qurollari ishlab chiqarish, hamda tovar ayriboshlash (almashtarish)da vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o‘rnashgan axoli punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar «shaxar» deb atalgan. Quldorlik davrida shaharlar qul savdosi markazi bo‘lgan. Ayni shu vaqtda, ular davlat markazlari vazifasini xam o‘taganlar. Natijada, Shaxar-davlat (goroda - polisi) vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Vavilon, Buxoro, Samarqand (Marokand) shular jumlasidandir. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik rayonlashtirish Qishloq joylar o‘z xududiy ko‘lami va funktsiyalari - bajaradigan vazifalariga ko‘ra yanada geografiyroqdir, CHunki, shahar doirasida tabiiy hududning o‘zi deyarli yo‘q, shaharlik (ayniqsa, u ilgari qishloqdan ko‘chib kelgan bo‘lsa) hamma vaqt bo‘shliqqa, keng joylarga intiladi, biroz bo‘lsada bunday kimsasiz joylarda «o‘zi bilan o‘zi», tanho bo‘lgisi keladi. SHahar muhitida hudud zich, qishloq joylarda esa bepoyon, bunday sotsial muhitda kishilarning o‘ziga xos yashash sharoiti va tarzi vujudga keladiki, bu muammolar bilan bevosita sotsial geografiya shug‘ullanadi. Bu joylarda, eng avvalo, qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladi, chorva boqiladi, dam olinadi; bu yerlarda ham sanoat korxonalari, transport yo‘llari bor va, nihoyat, qishloq joylar shaharlarni oziq-ovqat, toza havo, ishchi kuchi bilan ta‘minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, qishloklar juda murakkab va serqirrali vazifalarni bajaradi, Albatta, bu vazifalar orasida eng asosiysi qishloq, xo‘jaligi funktsiyasi bo‘lib, u uning xususiy tarmog‘i hisoblanadi. Qishloq rayonlarining ahamiyati, ayniqsa, nisbatan sust urbanizatsiyalashgan hududlarda katta, jumladan, ular O‘zbekiston Respubllkasida asosiy mavqega ega. Qishloq joylarda mamlakat aholisining 62 foizi yashaydi, milliy iqtisodiyotimizning an‘anaviy negizi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ham bu joylarning bosh yo‘nalishidir xuddi ana shu ob‘ektiv vaziyatni e‘tiborga olib, Respublikamiz rahbariyati qishloq joylarga ustivor ahamiyat bermoqda. Darhaqiqat, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirmay turib, qishloq xalqi turmushi sharoitni yaxshilamasdai tub (strategik) maqsadlarga erishish mushkul. SHuning uchun ham qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etish, mulkchilikning turli qatlamlarini vujudga keltirish, bu joylarga sanoatni olib kirish, aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va sotsial infrastrukturani rivojlantirish, mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta taqsimlash va ulardan samarali foydalanikg kabi masalalar davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muammolardir. Binobarin, qishloq joylarni geografik o‘rganishda ularning ana shu xususiyatlariga e‘tibor berish talab etiladi. Bunday joylarning agrogeografik funktsiyasi va ularni o‘rganish xaqida avvalroq so‘z yuritilgan edi. SHu bilan birga ularning sanoatini o‘rganish ham muhimdir. Qishlok sanoatini rivojlantirish ko‘pgina mamlakatlar milliy iqtisodiyotining shakllanishida (Xitoy, Turkiya, Boltiqbo‘yi respublikalari, Vengriya, Gollandiya, Isroil va h.k.) katta rol o‘ynaydi. Bizning sharoitimizda ham qishloq joylar agrosanoat majmuasiga kiruvchi qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoniyatiga ega. Masalan, bu joylarda bevosita xom ashyo bazasiga yaqin paxta tozalash, konserva, vino, yog‘ ekstraktsiya zavodlarini qurish maqsadga muvofiqdir. Agar paxta tozalash zavodi va u bilan bog`liq bo‘lgan yog‘ oluvchi korxonalarni o‘zaro yaqin joyda o‘rnashtirilsa, hududiy ishlab chiqarish majmuasining oddiy shakli vujudga keladi va u katta iqtisodiy samara beradi. Agrosanoat geografiyasini o‘rganishda, eng avvalo, uning xom ashyo zaxiralariga ahamiyat bermoq zarur. SHu bilan birga, bu joylarda tog‘‘ - kon va qurilish materiallari sanoati ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu korxonalarning joylanishi va rivojlanishi, albatta, ekologik masalalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda taxlil qilinishi lozim. Zero, qishloq joylarning ekologik holati qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlar, yer osti suvlarining ko‘tarilishi va yerlarning sho‘rlashishi bilangina emas, baqlki shahar chiqindilarini ko‘mish yoki tashlash bilan ham yomonlashib bormoqda. SHu bois qishloqlar ekologiyasini o‘rganish dolzarb mavzulardandir. Qishloq infrastrukturasi - transport va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari, aholiga xizmat ko‘rsatish ob‘ektlari geografik tadqiqotning muqim yo‘nalishlaridir. Ularni o‘rganishda asosiy e‘tibor hududiy jixatlarga, kompleks tahlil qilinishiga qaratilishi, tadqiqot natijalari karta va grafik, statistik jadvallarda ko‘rsatilishi kerak. O‘zbekiston uchun qishloq demografiyasi va demogeografiyasini o‘rganish ham tadqiqot ob‘yekti sifatida dolzarbdir. Bunday o‘rganishning predmeti bo‘lib qishloq aholisining o‘sishi, joylanishi, tabiiy va mexanik harakati, mehnat resurslari va ularning hududiy tarkibi xizmag qiladi. Aholi tug‘ilish, tabiiy ko‘payishidagi hududiy tafovutlar, aholi zichligining sabablari ochib berilishi geografik yondoshuvni talab qiladi. Biroq, geografik tadqiqotlarda umuman aholi emas, balki uni hududiy tashkil etish sikllari - turli yiriklikdagi qishloqlar. Ularning xo‘jalyak tiplari, soni, joylanishi ko‘proq ma‘noga ega. SHuning uchun qishloqlarning to‘ri va tizimi zichligi, ular o‘rtasidagi o‘rtacha masofa kabi masalalar ko‘rib chiqilishi kerak. Xulosa Qishloq, xo‘jaligini o‘rganish iqtisodiy geografiyaning to‘ng‘ich yo‘nalishidir. Shu bois ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham iqtisodiy geografiyaga oid tadqiqotlar tarixi qishloq xo‘jaligini o‘rganishdan boshlanadi. Iqtisodiyotning sohasi - qishloq xo‘jaligi xos rivojlanish va hududiy tashkil etish xususiyatlariga ega. Ular quyidagilar: 1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi, uning rivojlanish va joylanishiga, eng avvalo, tabiiy (agroiqlimiy, tuproq va h.k.) sharoitlarning kuchli ta‘sir etishi: 2. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorligining sanoatga nisbatan ancha pastligi, mexnat va ishlab chiqaring resurslaridan foydalanishning uncha unumli emasligi; 3. Mazkur tarmoqning hududiy tashkil etish shakli xaritada areal ko‘rinishda bo‘lib, unda yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib xizmat qilishi (sanoatda esa bu omil hudud, korxonalarni joylashtirishdagi asosdir, xolos); 4. Sanoat ishlab chiqarishida uning tarmoqlari hududiy jihatdan tashkil qilinsa, qishloq xo‘jaligida yerning o‘zi turli tarmoqlar uchun tashkil etiladi; 5. Geografiyaning tadqiqot ob‘ektlari orasida qishloq xo‘jaligini kartaga tushirish, kartalattirish imkoniyatlari juda keng. Binobarin ushbu soha kartada sanoat yoki shaharlar singari yaqqol ko‘zga tashlanmasada u ularga ko‘ra geografiyroq va hududiyroqdir; 6. Qishloq xo‘jaligida rayonlashtirish ko‘proq hududni rayonlashtirish bilan bog‘lik. bo‘lib, u mamlakat maydoiining deyarli barcha qismlarini qamrab oladi. SHu bilan birga rayonlashtirish faqat hudud va qishloq xo‘jaligining u yoki bu soxasiga ixtisoslashuvigagina emas. balki urug‘chilik va meva navlarini o‘rinlashtirishga nisbatan ham amalga oshiriladi (ya‘ni ular joyning tuproq - iqlim, yer - suv va boshqa sharoitlarini hisobga olib ekiladi, o‘stiriladi); 7. Agrar sohada ishlab chiqariyashing ijtimoiy tashkil etilishdagi shakllar, ayniqsa, hududiy mujassamlashuv va kombinatlash nisbatan kam rivojlangan; Yuqorida keltirilgan qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va joylashtirishdagi xususiyatlar uni iqtisodiy geografik jihatdan o‘rganishning asosiy tomonlarini belgilab beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Baburin V.A., Mazurin Yu.L. Geograficheskie osnovы upravleniya. - M.: Delo, 2000. Preobrajenskiy V.S. Poisk v geografii. - M.: Prosveщenie, 1986 Soliev A., Qarshiboeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari.-T.: Ziyo, 1999. Bogorad D.I. Konstruktivnaya geografiya rayona. M.: Mыsl, 1965. Gerasimov I.P. Konstruktivnaya geografiya. - M.: Nauka, 1976 Isachenko A.G. Prikladnoe landshaftovedenie. M.: MGU, 1976. 152 str Nigmatov A.N. Abdireymov S.J. Geoekologicheskaya otsenka i monitoring deltovыx ravnin. T.; Turon ikbol, 2006 Soliev A. Bo‘rieva M. Nazarov M. Qishloq joylar demografiyasi. T.; 2005. Xasanov I.A. Otsenka prirodnыx territorialonыx kompleksov karshinskoy stepi dlya orositelonoy melioratsii. T.; «Fan» 1981. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling