Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Gondvana, Buyuk Afrika yer yorig‘i, gorst, graben, mis mintaqasi, Tanganika. Nazorat uchun savollar 1. Gondvana qanday yirik materik? 2. Afrika qanday foydali qazilmalarga boy? 3. Afrikaning ko‘p qismini qanday relyef shakli egalla- gan? Amaliy topshiriqlar 1. Yozuvsiz xaritaga Afrikaning yirik relyef shakllarini tu- shiring. 2. Atlasdan Sharqiy Afrika yer yorig‘ini toping. 48 20- §. Materik iqlimining xususiyatlari Iqlimning tarkib topishi. Afrika deganda dastlab jazirama issiqda chiniqqan, qora tanli, jingalak sochli odamlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Haqiqatan ham Afrikaga „issiq ma- terik“ nisbati bejiz berilmagan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh ufqdan juda balandda va har yili ikki marta zenitda bo‘ladi. Shuning uchun uning juda katta qismida xohlagan oyning o‘rtacha harorati +20 °C dan ortiq. Hatto eng shimoliy va janu- biy qismlarida qish oyining o‘rtacha harorati +10 +15 °C dan pastga tushmaydi. Afrika iqlimining tarkib topishida uning geografik o‘rni, havo bosimi va massalari, relyefi, okean oqimlari kabi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ekvatorga yaqin joylashgan o‘rniga ko‘ra juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasini (yiliga bir kv sm ga 160 — 200 kkal) oladi. Yil fasllari yog‘in miqdoriga qarab farq- lanadi. Ekvatorial hududlarda past bosimli mintaqalar, tropik kengliklarda esa yuqori bosimli mintaqalarning tarkib topishi Quyoshning balandligiga bog‘liq. Shunga binoan materik ustida ekvatorial, tropik va mo‘tadil havo massalari harakatlanadi. Materik iqlimining shakllanishida doimiy shamollar — pas- satlarning ta’siri kuchli. Yil davomida Atlantika okeanidan esa- digan nam havo massalari Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va ekvato- rial zonalarga juda ko‘p yog‘in keltiradi. Masalan, Gvineya qo‘ltig‘i sohilidagi Debunja hududiga yiliga 10 000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Yog‘inlar taqsimotiga relyef shakllari ta’sir etadi. Nam havo massalarining yo‘nalishiga ro‘para turgan tog‘ yonbag‘irla- riga ko‘p yog‘in tushadi. Okean oqimlari materik iqlimini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Agar sohil bo‘yida sovuq oqim bo‘lsa, yog‘in yog‘maydi va cho‘l iqlimi tarkib topadi (masalan, Namib, Somali). Kanar, 49 Bengela sovuq oqimlari ustidan esadigan shamollar materikka sovuq havo olib keladi. Lekin yuqoridagi havo iliq bo‘lishiga qaramasdan, qirov va tumanlar hosil bo‘lsa-da, yog‘in yog‘- maydi. Natijada qurg‘oqchil cho‘llar tarkib topadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling