Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Savannali Sudan, Afrika o‘lkalari, Afrika yer yorig‘i, Atlas, Madagaskar, milliy bog‘. Nazorat uchun savollar 1. Afrikada qancha tabiiy geografik o‘lkalar ajratilgan? 2. O‘lkalar qaysi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi? 3. Antropogen landshaftlar, asosiy milliy bog‘lar qayerlar- da ko‘p? 60 Amaliy topshiriqlar 1. Tabiiy geografik o‘lkalarni tabiiy xaritadan ko‘rsating. 2. Milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni yozuvsiz xaritada aks ettiring. 26- §. Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri Afrika aholisi 1 mlrd 203 mln (2016- yil, 1- iyul), siyosiy xaritasida 50 dan ortiq mamlakat bor. Materik shimolida arablar bilan berberlar (yevropoid irqiga mansub) yashaydi. Afrikaning qolgan qismida, asosan, negroid irqiga tegishli aholi (bantu, gottentot, pigmey, bur va b.) yashaydi. Afrikada, asosan, tubjoy aholi, ya’ni shu joyning doimiy aholisi yashaydi. Afrikaning eng bo‘ydor xalqlari materikning shimoliy qis- midagi savannalarida yashaydi (tutslar, ximlar va b.). Ular bo‘yining uzunligi 180 — 200 sm. Ekvatorial o‘rmonlarda esa — pigmeylar, past bo‘yli (150 sm dan kam) odamlar yashashadi. Afrikaning janubidagi chala cho‘l va cho‘llarda bushmenlar hamda gottentotlar yashaydi. Madagaskar orolida, asosan, mongoloid va negroid irqlar- ning aralashishidan kelib chiqqan malagasiylar yashaydi. Afrikada Yevropadan ko‘chib kelgan aholi, asosan, iqlim sharoiti yaxshi yerlarda yashaydi. Ular materik aholisiga nisba- tan juda ozchilikni tashkil qiladi. Materikning shimolida, O‘rta dengiz sohillarida fransuzlar, janubida esa inglizlar, afrikanerlar (niderland avlodlari) va boshqalar yashaydi. Afrika aholisi juda notekis joylashgan. Aholining joylashishi- ga birinchi navbatda tabiiy sharoit ta’sir etgan bo‘lsa, keyingi navbatda tarixiy sabablar ta’sir ko‘rsatgan. O‘rta dengiz so- hillari, Gvineya qo‘ltig‘i va materikning janubi-sharqiy sohil- larida aholi zich joylashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling