Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Arktika cho‘llari, qo‘yho‘kiz, ondatra, bobr, alligator, qizil zarang, toshyorar, sekvoyya, skuns, yukka, puma. Nazorat uchun savollar 1. Tabiat zonalari qanday omillar ta’sirida tarkib topadi? 2. Materikda qanday balandlik mintaqalari mavjud? Amaliy topshiriqlar 1. Tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Tabiat zonalarining asosiy organizmlarini bilib oling. 3. Balandlik mintaqalarini daftaringizga yozing. 46- §. Shimoliy Amerikaning tabiiy geografik o‘lkalari Tabiiy geografik o‘lkalari. Shimoliy Amerika tabiatining xil- ma-xilligi uni ikkita yirik qismga bo‘lishga imkon beradi. Bular: Sharq — tekislik o‘lkasi va G‘arb — Kordilyera tog‘li o‘lkasi. O‘z navbatida, bu o‘lkalar ko‘pgina tabiiy geografik oblastlarga ajratilgan. Quyida shulardan ayrimlariga tavsif beramiz. Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘lari (20- rasm). Alyaska bir necha parallel joylashgan tog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biridan chuqur vodiylar bilan ajralib turadi. Materik- ning eng baland cho‘qqisi Denali (Mak-Kinli) (6 194 m) shu yerda joylashgan. Alyaska yarimorolida va Aleut orollarida kuchli zilzilalar bo‘lib turadi, o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar bor. Bu tog‘lardan oltin, kumush, rangli metallar, neft va toshko‘mir qazib olinadi. Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘la- rining g‘arbiy sohilida iqlim dengiz iqlimi bo‘lganligidan yog‘ingar- chilik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ignabargli qalin o‘rmonlar o‘sadi. Ichki yassi tog‘liklarda tog‘-tundra o‘simliklari rivojlangan. Tog‘ tundralarda shimol bug‘usi, qutb tulkisi, lemminglar yashaydi. O‘rmonlarda los, grizli ayig‘i, puma, qoplon, tog‘ qo‘yi uchraydi. 107 Kordilyera tog‘li o‘lkasida yana — Katta Havza (20- rasm) va Kolorado platosi joylashgan. Ularning tabiat komplekslari uncha baland bo‘lmagan tog‘ tizmalaridan, so‘ngan vulqon konuslaridan va chuqur botiqlardan tarkib topgan. Tog‘lar ora- sida suvsiz cho‘ldan iborat eng chuqur Ajal vodiysi (–86 m) joylashgan. Ajal vodiysi Shimoliy Amerikaning eng issiq va yog‘in kam yog‘adigan rayonidir. Katta Havza bilan Kolorado platosida cho‘l va chalacho‘llarga xos shuvoqlar, turli butalar, sho‘ra o‘simliklari o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan bizon, anti- lopa, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar yashaydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling