108
47- §.
Shimoliy Amerika aholisi
Aholisi. Shimoliy Amerikaning aholisi 578 mln kishi (2016- y.,
1- iyul, Markaziy Amerika bilan). Tubjoy aholisi indeyeslar,
eskimoslar va aleutlardir. Ular hozir ozchilikni (20 mln kishi)
tashkil etadi. Materikning tubjoy aholisi 25 — 30 ming yil avval
Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi orqali kelgan.
Keyinchalik, Janu-
biy Amerikaga ham asta-sekin tarqalishgan.
Yevropaliklar kelmasdan avval eskimoslar, aleutlar, aso-
san,
ovchilik, baliqchilik bilan, indeyeslar esa ovchilik, chor-
vachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan.
Shimoliy Amerikaga xuddi Janubiy Amerika singari X. Ko-
lumb kashfiyotidan so‘ng yevropaliklar guruh-guruh bo‘lib kela
boshladilar. Meksika va Markaziy
Amerikada mulatlar va metis-
lar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shimoliy Amerika aholisining asosiy qismini Yevropadan
ko‘chib kelganlar va ularning avlodlari tashkil etadi. Bular
amerikalik va kanadalik inglizlar bo‘lib, ingliz tilida so‘zlasha-
dilar. Kanadaga ko‘chib kelgan fransuzlarning avlodlari fransuz
tilida gaplashadi.
Aholisining joylashishi. Aholining
joylashishi, avvalo, mate-
rikka aholining ko‘chib kelishi tarixiga va tabiiy sharoitga bo‘gliq.
Materikning janubiy yarmida aholi eng ko‘p o‘rnashgan. Ma-
terikning Yevropa mamlakatlaridan dastlabki ko‘chib kelgan
kishilar joylashgan sharqiy qismida aholining zichligi katta. Eng
yirik shaharlar Shimoliy Amerikaning shu qismida joylashgan.
Materikning yashash uchun noqulay, tundra va tayga o‘r-
monlaridan iborat bo‘lgan shimoliy yerlarida aholi siyrak o‘r-
nashgan. Iqlimi quruq va yuzasi notekis tog‘li o‘rmonlarda ham
aholi kam.
Do'stlaringiz bilan baham: