Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat mintaqalari.
Okean tubi relyefi. Suv tubi relyefini o‘rganish bu hudud-
larning dengiz emas, balki okean ekanligini ko‘rsatdi. Relyefida parallel cho‘zilgan tog‘ tizmalari, ular oralig‘ida chuqur cho‘k- ma (Litke cho‘kmasi, 5 449 m) va botiqlar, katta maydonni egallagan shelflar uchraydi. Shimoliy Muz okeanining boshqa okeanlardan farqi shundaki, uning 70 % maydoni shelflardan iborat. Okeanning o‘rta qismidan tog‘ tizmalari va yer po‘sti- ning tektonik yoriqlari kesib o‘tgan. Okean tagi 2 000 km ma- sofaga cho‘zilgan Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi (balandligi 2 500 — 3 300 m) bilan ikki qismga bo‘lingan. Bu tizmadan g‘arbda Gakkel vulqonli tog‘i va sharqda Mendeleyev tog‘ tiz- masi parallel cho‘zilgan. Òizmalar oralig‘ida Amundsen (chu- qurligi 4 321 m), Nansen (5 449 m), Makarov (3 940 m), Ka- nada (3 810 m) va boshqa botiqlar joylashgan. Okeanning o‘r- tacha chuqurligi 1 225 m, eng chuqur joyi 5 527 m bo‘lib, u Grenlandiya dengizida joylashgan. Iqlimi. Okean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika mar- kazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3 — 6 oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (–30 –40 °C) va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi. Antarktida havosiga nisbatan iliq. Bunga sabab Atlantika va Tinch okeanlardan iliq va sho‘r suvlarning okean tubi oqimlarini hosil qilib kirib keli- shidir. Aniqlanishicha, 150 — 1 000 m chuqurliklarni, asosan, Atlantika okeanidan kirib keladigan iliq va sho‘r suvlar egallaydi. Okeandan Grenlandiya sovuq suv oqimi (aysberglar bilan) chi- qib ketadi. Ikkita iqlim mintaqasi (arktika va subarktika) mavjud. Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3 — 5 m. Tabiat mintaqalari. Iqlim mintaqalariga mos holda ikkita: 112 qutbiy va qutbyoni tabiat mintaqasiga ajratilgan. Qutbiy tabiat mintaqasi okeanning chuqur joylarini egallaydi. Siljib yuruvchi muzlar bilan band. Qalashib ketgan muzlar — toroslar ko‘p uchraydi. Organizmga eng kambag‘al Arktika sahrolar zonasi shu yerlarda joylashgan. Qutbyoni mintaqasi, asosan, dengizlar hududini egallaydi. Nisbatan organizmga (hayvonot olami va suvo‘tlariga) boy. Yozda muzlarning ko‘p qismi eriydi. Daryo suvlari okean suv- larini ancha chuchuklashtiradi. Natijada, organizmlarning rivoj- lanishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Baliqlardan treska, tish- dor (zubatka), dengiz okuni, seld, paltus, kambala, shuning- dek, kamayib ketgan kitsimonlar, morj, tulen, oq ayiq ko‘p uchraydi. Arktikada dengiz qushlari „qushlar bozori“ ni hosil qiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling