Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar
- Qazilma boyliklari.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Yevrosiyo, Yevropa, Osiyo, Muhammad al-Xorazmiy, „Beruniy qonuni“, Bobur, Ibn Sino, Ma’mun akademiyasi. Nazorat uchun savollar 1. Yevrosiyoning qanday xususiyatlarini bilasiz? 2. Yevrosiyo qaysi okeanlar oralig‘ida joylashgan? 3. O‘rtaosiyolik olimlarning geografik merosi haqida bila- sizmi? Amaliy mashg‘ulotlar 1. Yevrosiyo materigining chekka nuqtalarini yozuvsiz xa- ritaga tushiring. 2. O‘rtaosiyolik allomalarning geografik merosini dafta- ringizga yozing. 50- §. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyef i Yevrosiyoning geologik tuzilishi. Geologik jihatdan Yevr- osiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutash- tiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan. Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevrosiyo va Shimoliy Amerika ajralgan (65 mln yil muqaddam). Hozirgi paytda Yevrosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean „olovli halqasi“. Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Bu mintaqa tog‘lari yosh, burmali, palaxsali tog‘lar bo‘lib, ba’zi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda tog‘ tugunlarini (masalan, Pomir, Tibet) hosil qiladi. Alp-Hi- molay geosinklinal mintaqasining O‘rta dengiz qismida Etna, Stromboli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning o‘l- kamiz — O‘rta va Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar (Ashxobod — 1948, Toshkent — 1966, Hindukush — 2002, Eron — 116 2003, Indoneziya — 2004, 2009, Xitoy — 2009 va b.) bor. Bu- lar Yer po‘stining faolligidan dalolat beradi. Qazilma boyliklari. Yevrosiyo foydali qazilmalarga boy. Rudali foydali qazilmalar magmatik va metamorfik tog‘ jinslari tarkibida ko‘p uchraydi. Shimoli-sharqiy Xitoy, Skandinaviya va Hindiston yarimorolidagi temir rudalari magmatik tog‘ jins- laridan qazib olinadi. Sharqiy Yevropa platformasidagi Kursk magnit anomaliyasi temir ruda koni metamorfik tog‘ jinslarida hosil bo‘lgan. Oltin, mis, volfram, uran, qalay, simob va boshqa rangli metallar hamda qimmatbaho toshlarning hosil bo‘lishi magmatik tog‘ jinslarida ko‘p uchraydi. Pireney yarim- orolida, Sibirda, O‘rta Osiyoda, Koreya yarimorolida oltin konlari, Markaziy Yoqutiston, Hindiston yarimorolida olmos konlari ko‘p. Uralda, Hindiston yarimorolida, Shri-Lanka orolida turli xil qimmatbaho zangori sapfir (ko‘k yoqut), qizil yoqut konlari bor. Cho‘kindi jinslar qatlamlarida, asosan, neft, gaz, tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir konlari tarkib topgan. Yevrosiyo neft va gaz konlarining boyligi jihatidan boshqa materiklardan oldingi o‘rinni egallaydi. Relyefi. Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekisliklar tegishli. Tog‘lar materik maydonining 50 % qismini egallaydi. Ular geo- sinklinal mintaqalarda va litosfera plitalarining o‘zaro to‘qnashgan zonalarida tarkib topgan. Ural, Dekan, Qozog‘iston yassi tog‘ligi eng keksa qadimgi tog‘lardir. Yoshargan tog‘larga Tyanshan, Oltoy, eng yosh tog‘larga Alp, Karpat, Kavkaz, Pomir, Hin- dukush, Kopetdog‘ va boshqalar tegishli. Vulqonli tog‘lar Kam- chatka yarimorolida, Kuril, Sitsiliya va Islandiya orollarida, Apen- nin yarimorolidagi tog‘larda, Karpat va Kavkaz tog‘larining ay- rim qismlarida tarqalgan. Harakatdagi eng baland vulqoni Kam- chatka yarimorolidagi Klyuchi Sopkasidir — 4 750 m. Yer yuzasining eng baland nuqtasi Himolay tizmasidagi Jomolungma (Everest) bo‘lib, uning mutlaq balandligi 8 848 m. Yer shari quruqligining eng past nuqtasi ham Yevrosiyoda joy- lashgan O‘lik dengizdir (–405 m). Tekisliklar keksa va yosh platformalar ustida tarkib topgan. 117 Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir, Hindiston, Buyuk Xitoy, Ara- biston yarimorolidagi tekisliklarning zamini eng keksa plat- formalar hisoblanadi. G‘arbiy Sibir, Hind-Gang va Turon pasttekisliklari zamini esa yosh bo‘lib, ular cho‘kindi jinslar bilan qoplangan (ilovadagi 27- rasmga qarang). Tekisliklarning yuza qismi qir-adirlar va past tog‘lar bilan murakkablashgan. Tog‘ va tekisliklarning rivojlanishi hamda shakllanishida to‘rtlamchi davrdagi muz bosish bosqichlaridagi muzlarning faoliyati ham katta rol o‘ynagan. Yevrosiyoning shimolida va baland tog‘larda muzlar hosil qilgan relyef shakllari ko‘p uchraydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling