130
Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi daraxt turlariga
juda boy. Zona hududida qish juda iliq bo‘ladi. Yanvarning
o‘rtacha harorati +15 +18 °C ga teng.
Hayvonot dunyosi xilma-
xil. Hindistonda va Shri-Lanka orolida hozir ham yovvoyi fillarni
uchratish mumkin. Qalin o‘rmonlarda maymunlarning bir
necha turlari yashaydi.
Ekvatorial mintaqaning tabiat zonasi. Yevrosiyoning ekva-
torial mintaqasida bitta tabiat zonasi — ekvatorial nam o‘rmon-
lar zonasi shakllangan. Bu zona Malakka yarimorolida va ko‘p-
roq orollarda joylashgan. Ekvatorial nam o‘rmonlar
zonasi
boshqa zonalardan yil bo‘yi namgarchilikning ko‘pligi, haro-
ratning deyarli bir xilligi bilan ajralib turadi. Ekvatorial nam
o‘rmonlarda ferralit-laterit tuproqlar hosil bo‘ladi. Ular ko‘p
yarusli qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘simlik qoplami tur-
larga boy. Malakkaning o‘zida 7,5 ming tur o‘simlik uchraydi.
Yovvoyi buqa, karkidonlar, orangutan maymunlar zonaga xos
hayvonlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: