Geog 1 (38-янги). p65


Tropik mintaqaning tabiat zonalari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Tropik mintaqaning tabiat zonalari. Tropik mintaqada cha-
lacho‘l va cho‘l zonalari hamda savannalar mavjud. Mo‘tadil va
subtropik mintaqalarning chalacho‘l va cho‘llariga nisbatan bu
yerda harorat juda yuqori (iyulning o‘rtacha harorati +30 °C ga
teng), yog‘ingarchilik esa nihoyatda kam bo‘ladi. Arabiston
yarimorolidagi Rub al-Xali qumli cho‘li eng quruq va issiq joy
hisoblanadi. O‘simlik va hayvonlari kam. Arabiston cho‘llarida
yovvoyi eshak — onagr, uchqur kiyik, yirtqichlardan sirtlon va
chiyabo‘rilar uchraydi.
Tropik savannalar zonasi. Baland bo‘yli g‘allagulli o‘sim-
liklar, siyrak o‘rmonlarda daraxtlardan sal (balandligi 30 — 35 m),
tik, akatsiya va palmalar o‘sadi. Subekvatorial mintaqaga bor-
gan sari savannalarda yog‘ingarchilik miqdori ortib boradi.
O‘rmonlar maydoni ham kengayib boradi.
Subekvatorial mintaqaning tabiat zonalari. Bu mintaqa
savannalar va fasliy nam o‘rmonlar zonasidan tarkib topgan.
Savannalar Hindiston va Hindixitoy yarimorollarida joylashgan.
Afrika savannalariga o‘xshab ketadi. Bu yerda ham o‘t o‘sim-
liklar, daraxtlar (palma), paporotniklar, akatsiya, mangra (Gang
deltasida) o‘sadi. Hindixitoy yarimorolida bambuklar ko‘p.
Hayvonlardan fil, maymun, yo‘lbars, panda, qoplon, jayron,
timsoh, ilon va turli qushlar mavjud (21- rasm).
9 — A. Soatov, A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


130
Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi daraxt turlariga
juda boy. Zona hududida qish juda iliq bo‘ladi. Yanvarning
o‘rtacha harorati +15 +18 °C ga teng. Hayvonot dunyosi xilma-
xil. Hindistonda va Shri-Lanka orolida hozir ham yovvoyi fillarni
uchratish mumkin. Qalin o‘rmonlarda maymunlarning bir
necha turlari yashaydi.
Ekvatorial mintaqaning tabiat zonasi. Yevrosiyoning ekva-
torial mintaqasida bitta tabiat zonasi — ekvatorial nam o‘rmon-
lar zonasi shakllangan. Bu zona Malakka yarimorolida va ko‘p-
roq orollarda joylashgan. Ekvatorial nam o‘rmonlar zonasi
boshqa zonalardan yil bo‘yi namgarchilikning ko‘pligi, haro-
ratning deyarli bir xilligi bilan ajralib turadi. Ekvatorial nam
o‘rmonlarda ferralit-laterit tuproqlar hosil bo‘ladi. Ular ko‘p
yarusli qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘simlik qoplami tur-
larga boy. Malakkaning o‘zida 7,5 ming tur o‘simlik uchraydi.
Yovvoyi buqa, karkidonlar, orangutan maymunlar zonaga xos
hayvonlardir.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling