142
63- §.
G‘arbiy va Sharqiy Sibir
G‘arbiy Sibir. G‘arbiy Sibirga shu nomdagi pasttekislik va
Kara dengizidagi bir qancha kichikroq orollar kiradi.
U shi-
moldan janubga 2 500 km ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 km ga
cho‘zilgan.
G‘arbiy Sibirning zamini paleozoy erasida vujudga kelgan
plitadan iborat. Uning usti mezozoy va kaynozoy eralarining
turli xil qalinlikdagi yotqiziqlari bilan qoplangan.
Paleozoy dav-
ri yotqiziqlari G‘arbiy Sibir pasttekisligining chekka qismlarida
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Neft va ko‘mir hududning asosiy foy-
dali qazilmalarini tashkil qiladi.
G‘arbiy Sibir hududi janubdan
shimolga tomon salgina
nishab. G‘arbiy Sibir hududida uzunchoq, cho‘ziq do‘ngliklar
ko‘p. Umuman, o‘lka hududining mutlaq balandligi 300 m dan
oshmaydi.
G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil
mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi.
Shu sababdan
o‘rtacha yillik havo harorati qishda –25 –30 °C ni, yozda +22 °C
ni tashkil etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480 — 550 mm ga
yetadi.
Ob, Irtish, Taz va Pur kabi daryolar G‘arbiy Sibirning eng
yirik daryolaridir. Umuman, hududdagi deyarli barcha daryolar
Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi.
G‘arbiy
Sibirning shimolida tundra-gleyli,
podzol va
botqoq
tuproqlar, janubiy qismida esa
unumdor qora tuproqlar tar-
qalgan.
Pasttekislik hududida pakana qayin,
qutb tollari,
kedr,
pixta,
tilog‘och,
kaklik o‘ti kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlar-
dan
oq ayiq,
oq kaklik,
shimol bug‘usi,
lemming,
qutb tulkisi,
rosomaxa kabilar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: