Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Nazorat uchun savollar
1. G‘arbiy Sibirda qanday havo massalari hukmronlik qiladi? 2. Sharqiy Sibir qanday iqlim mintaqalarida joylashgan? 3. Ko‘p yillik muzloq yerlar o‘lkaning qaysi qismida uch- raydi? 144 Amaliy topshiriqlar 1. Yer po‘sti tuzilishi xaritasidan foydalanib, G‘arbiy va Sharqiy Sibir geologik tuzilishini taqqoslang. 2. Darslik matni va mavzuli xaritalardan foydalanib, G‘ar- biy va Sharqiy Sibir tabiatini taqqoslang. 64- §. Markaziy Osiyo Geografik o‘rni. Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi Osiyoning markaziy qismini egallaydi. Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan. O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, lekin yoshargan tog‘lar bilan birga eng yosh tog‘lar ham bor. Relyefi. Markaziy Osiyo o‘lkasining relyefida, asosan, tog‘, tog‘lik, tog‘ oralig‘idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi. Tibet tog‘ligi, Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyan- shani, Oltoy (Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog‘lari, Taklamakon botig‘i, Gobi cho‘li joylashgan baland tekislik o‘lka relyefining asosiy shakllari hisoblanadi. O‘lkaning eng baland joyi (8 611 m) Qoraqurum tizmasidagi Chogori cho‘qqisi bo‘lsa, eng past nuqtasi Taklamakon cho‘lidagi To‘rfon botig‘iga (–154 m) to‘g‘ri keladi. Iqlimi. O‘lka hududi mo‘tadil va subtropik iqlim mintaqa- larida joylashgan. Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch okeandan esadigan havo massalarining hissasi katta. Yillik yog‘in-sochin Tibet tog‘ligining markazida, Taklamakon va Gobi cho‘llarida 100 mm dan kam. O‘lkaning janubi-sharqiy qismidagi tog‘larning (Tibet, Kunlun) sharqiy yonbag‘riga 1 000 mm va undan ko‘p yog‘in tushadi. Yanvarning o‘rtacha harorati o‘lka shimolida –24 °C (iyulda +16 °C), markazida (Taklamakon cho‘lida) –8 °C (iyulda +24 °C), janubida (Tibet tog‘ligida) –20 °C (iyulda +10 °C) atrofida bo‘ladi. 145 10 — A. Soatov, A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov O‘lkada yirik daryolar yo‘q, ammo mavjud kichik daryo- lari Tinch va Hind okeanlariga quyiladigan daryolarning yuqo- ri oqimidagi irmoqlaridan iborat. Suvsiz va qurib qoladigan ko‘pgina daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk havzada joy- lashgan. Ko‘llaridan Lobnor (maydoni o‘zgarib turadi), Kuku- Nur, Ubsu-Nur sho‘r ko‘llar bo‘lsa, Bagrashko‘l, Orin-Nur chuchuk ko‘llardir. Markaziy Osiyoda mo‘tadil va quruq subtropik iqlim minta- qalarining o‘rmon-dasht (tog‘ etaklari), chalacho‘l, cho‘l zo- nalari hosil bo‘lgan. Tog‘larning 6 000 m dan baland qismlari qor va muzlar bilan qoplangan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling