143
Sharqiy Sibirning markaziy qismini
egallagan qattiq va mus-
tahkam Sibir platformasi arxey erasida vujudga kelgan. Uning
g‘arbiy qismi paleozoy, sharqiy
qismi esa mezozoy eralarida
ko‘tarilgan.
O‘lkaning relyefi, asosan, yassi tog‘liklardan iborat. Sharqiy
Sibirning markaziy qismida O‘rta Sibir yassi tog‘ligi joylashgan.
Uning yuzasi dengiz sathidan o‘rtacha 400 — 600 m baland.
Putorana tog‘larida balandlik 1 701 m ga yetadi.
Sharqiy Sibir uchta — arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim
mintaqalarida joylashgan. O‘lka iqlimining G‘arbiy
Sibir iqli-
midan farqli jihati uning keskin kontinentalligidir. Bu yerda
yillik havo harorati tafovuti juda katta (qishda –20 –40 °C, yozda
+16 +18 °C). Oymyakonda qishda harorat –71 °C ga,
yozda esa
+36 °C ga yetganligi qayd etilgan.
Sharqiy Sibir daryolarga boy. Yevrosiyoning yirik daryola-
ridan Yenisey, Lena, Aldan, Kolima, Taymir, Xatanga, Vilyuy,
Anabar shular jumlasidandir.
O‘lka
hududida arktika sahrolari,
tundra va
o‘rmon-tundra
zonalarining landshaftlari tarkib topgan.
Asosiy tuproqlari tund-
ra-gleyli va
torfli gleyli,
botqoq va
podzol tuproqlardir. O‘lkaning
shimoliy qismida ko‘p yillik muzloq yerlar katta maydonni
egallaydi.
Sharqiy Sibirda o‘simliklardan
mox va
lishayniklar,
oq va
qora qarag‘ay,
tilog‘och,
Sibir yeli,
kedr,
zirk kabilar o‘sadi.
Hayvonlardan
oq ayiq,
qutb tulkisi,
bo‘ri,
o‘rmon suvsari,
oq
kaklik,
shimol itsichqoni,
yerqazir va boshqalar yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Kara, Ob, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir,
tundra-gleyli tup-
roqlar, muzloq yerlar, Sibir yeli.
Do'stlaringiz bilan baham: