126
Subarktika mintaqasining tabiat zonalari. Subarktika minta-
qasi ikkita tabiat zonasidan: tundra va o‘rmon-tundradan
tarkib
topgan.
Tundra zonasida yil davomida harorat ancha past bo‘-
ladi, yog‘in kam yog‘adi. Zonaning janubida eng issiq oyning
o‘rtacha harorati +10 °C bo‘ladi. Zonaning asosiy tuproq tiði
tundra-gleyli, torfli-gleyli tuproqlardir.
Ular mox-lishaynik va
butalar bilan qoplangan. Pakana qayin, butalar, qutb lolaqiz-
g‘aldog‘i ko‘p uchraydi. Tundrada shimol bug‘usi, lemminglar
yashaydi.
O‘rmon-tundra zonasi iqlimi tundraga nisbatan iliqroq.
Iyulning o‘rtacha harorati +11 +13 °C ga teng. Yog‘in ko‘p
(300 — 400 mm) yog‘adi.
Zonada podzolli-gleyli, torfli-podzol-
li va botqoq tuproqlar keng tarqalgan. Zonaning siyrak o‘r-
monlarida pakana qarag‘ay, qayin, tilog‘och, tol o‘sadi. Bu
yerlarda
qutb tulkisi, qutb kakligi, rosomaxa kabi
hayvonlar
ko‘p tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: