Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Sovuq mintaqalar, arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim mintaqalari, iqlim tiðlari. Nazorat uchun savollar 1. Mo‘tadil iqlim mintaqasida iqlimning qanday tiðlari bor? 2. Bu mintaqalarda harorat va yog‘inlar miqdori uzoqlik bo‘ylab qanday o‘zgaradi? Amaliy mashg‘ulotlar 1. Sovuq va mo‘tadil mintaqalarini yozuvsiz xaritaga tu- shiring. 2. Daftaringizga iqlim tiðlarini tavsiflab yozing. 53- §. Issiq iqlim mintaqalari Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari subtropik, tropik, sub- ekvatorial (2 tadan) va ekvatorial iqlim mintaqalaridan iborat. Subtropik iqlim mintaqasi materikning g‘arbidagi Pireney yarimorolidan to Tinch okean sohiligacha bo‘lgan qismini egallaydi. Yozda tropik havo, qishda esa mo‘tadil havo massalari hukmronlik qiladi. Materik ichkarisida yozda tropik havo massa- 122 lari ta’sirida harorat +30 +35 °C gacha ko‘tariladi, havo ochiq bo‘ladi, yomg‘ir juda kam yog‘adi. O‘rta dengiz sohillarida qish iliq bo‘ladi. Yomg‘ir tez-tez yog‘ib turadi, havoning o‘rtacha harorati hamma joyda 0 °C dan yuqori. Shuning uchun o‘sim- liklar vegetatsiyasi (o‘sishi) yil davomida to‘xtamaydi. Yom- g‘irni Atlantika okeanidan esadigan g‘arbiy nam shamollar kel- tiradi. Bu subtropik iqlim tiði O‘rta dengizbo‘yi iqlimidir. Gru- ziyaning Qora dengiz sohillarida ham nam subtropik iqlim tarkib topgan. G‘arbdan sharqqa, materik ichkarisi tomon borgan sari ha- voning namligi kamayib, kontinentalligi orta boradi. Natijada subtropik mintaqaning o‘rta qismida subtropik kontinental iqlim tarkib topadi. Bu yerda yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kam, 100 — 150 mm atrofida yog‘adi. O‘rta Osiyoning janubiy qismlari iqlimi ana shunday iqlimga to‘g‘ri keladi. Ozarbayjonning Kaspiybo‘yi tekisliklari, Turkmaniston, O‘zbekistonning janubi quruq subtropik hududga kiradi. Materikning sharqiy — Tinch okean sohilidagi subtropik mintaqada mavsumiy shamollar ta’sirida subtropik musson iqlimi vujudga keladi. Tropik iqlim mintaqasi Arabiston yarimoroli, Eron tog‘ligi va Hind daryosi havzasini egallaydi. Mintaqaning janubida yil davomida quruq va issiq kontinental tropik havo massalari tarkib topadi. Yozi juda issiq (+30 +35 °C), qishi iliq (+18 +24 °C) bo‘lib, 500 — 1000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Subekvatorial iqlim mintaqasi Hindiston yarimorolining mar- kaziy va sharqiy qismidan Tinch okeanga qadar davom etadi. Xitoyning janubiy qismi (25° sh. k. gacha), Filiðpin orollari ham shu mintaqaga kiradi. Bu hududlarga musson iqlim tiði xos. Yog‘in ko‘p yog‘adi. Yer sharining eng ko‘p yog‘in yog‘a- digan joyi bo‘lgan Cherrapunjada yillik yog‘in 12 000 mm dan oshadi. Ekvatorial iqlim mintaqasi Shri-Lanka oroli bilan Malakka yarimorolining janubiy qismlari hamda Osiyoning janubi shar- 123 qidagi orollarni qamrab oladi. Bu mintaqada yil davomida harorat yuqori (+24 °C), yog‘in mo‘l (3 000 mm dan ko‘p) bo‘ladi. Janubiy subekvatorial mintaqaga Yava orolining yarmi va undan sharqdagi orollar, Yangi Gvineya orolining janubi g‘arbi kiradi. Iqlimi ekvatorial mintaqa iqlimiga o‘xshash. Faqat yo- g‘inlar miqdori biroz kam (1 000 — 2 500 mm). Demak, Yevr- osiyoda beshta issiq iqlim mintaqasi shakllangan bo‘lib, subtropik mintaqa nisbatan eng ko‘p maydonni egallasa, janubiy subek- vatorial mintaqa Osiyoda kam maydonda shakllangan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling