Geog 1 (38-янги). p65
Mo‘tadil mintaqaning tabiat zonalari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
Mo‘tadil mintaqaning tabiat zonalari. Bu mintaqada shimol-
dan janubga tomon quyidagi tabiat zonalari almashib keladi. Tayga zonasida, asosan, podzol tuproqlar uchraydi. Tayga o‘rmonlarida ignabargli daraxtlardan — Yevropa qarag‘ayi, qo- ra va oq qarag‘ay, kedr, tilog‘ochlar o‘sadi. Bu zonada hay- vonlardan bug‘ular, qo‘ng‘ir ayiq, silovsin, olmaxon, karqur va boshqalar ko‘p uchraydi. Aralash o‘rmonlar zonasi materikning g‘arbiy va sharqiy qismlarida joylashgan. Zonaning iqlimi ancha iliq, yog‘in ko‘p yog‘adi. Zonaning asosiy qismi chimli-podzol tuproq bilan qoplangan. O‘rmonlar tarkibida ignabargli va keng bargli da- raxtlar uchraydi. Aralash o‘rmonlarda buta va o‘t o‘simliklar ko‘payadi. Keng barglilardan eman, qora qayin, liða, zarang, grab (qayinlar oilasiga mansub daraxt), jo‘ka va boshqa da- raxtlar o‘sadi. Keng bargli o‘rmonlar zonasi ham materikning faqat g‘arbiy va sharqiy qismlarida mavjud. Keng bargli o‘rmonlarning (buk bilan eman) tagida, asosan, qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tar- qalgan. O‘simliklarning ko‘p yarusligi keng bargli o‘rmonlar uchun xosdir. 127 O‘rmon-dasht va dasht zonalarida o‘rmon va dasht tabiat komplekslari birga uchraydi. O‘rmonlarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar, dashtlarda qora tuproqlar tarqalgan. O‘t o‘simliklardan iloq, be- taga, shuvoq o‘sadi. Hayvonlari sayg‘oq, sug‘ur, bo‘ri, sassiqko‘zan, yumronqoziq, qo‘shoyoq, burgut, olaxurjun va sichqonlardan iborat. Chalacho‘l zonasida harorat yuqori, yozda +24 +27 °C, yog‘in kam (150 — 250 mm). Zonaning shimolida qoramtir kashtan va tiðik kashtan tuproqlari, janubda och kashtan tup- roqlari tarkib topgan. Cho‘l zonasi mo‘tadil mintaqaning janubida joylashgan. Uning iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq (+25 +32 °C) bo‘ladi. Yog‘ingarchilik, asosan, bahorda va kech kuz- da bo‘ladi. Qishda qattiq sovuqlar tez-tez takrorlanib turadi. Cho‘llar faqat erta bahorda yashil rang oladi. Qoraqum va Qizilqum, Taklamakon, Gobi cho‘llarida qumoq, sho‘rxok sur- qo‘ng‘ir, tog‘ etaklarida och bo‘z tuproqlar hosil bo‘lgan. Cha- lacho‘llar va cho‘llarda kemiruvchi hamda tuyoqli hayvon tur- lari ko‘pchilikni tashkil etadi. Osiyoda ikki o‘rkachli tuya, Prje- valskiy oti, jayron, sayg‘oq, echkemar, toshbaqa, ilonlar va yovvoyi eshaklar uchraydi. Cho‘llardan yaylov sifatida foy- dalaniladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling