Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
„Sovuqlik qutbi“, Oymyakon, Cherrapunja, iqlim shakl- lanishidagi omillar, Tibet, Pomir. Nazorat uchun savollar 1. Yevrosiyo iqlim sharoitining kenglik bo‘ylab o‘zgarishi- ga sabab nima? 2. Yevrosiyoning iqlimi g‘arbdan sharqqa nega o‘zgarib boradi? Amaliy topshiriqlar 1. Yevrosiyo iqlimi xususiyatini belgilovchi omillarni daf- taringizga yozing. 2. Atlasning 28- betidagi iqlim xaritasini tahlil qiling. 120 52- §. Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalari Iqlim mintaqalari. Materikning shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda ham xilma-xil. Sovuq iqlim mintaqalariga arktika va subarktika iqlim mintaqalari kiradi. Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning Arktikadagi orolla- rini va quruqlikning Shimoliy Muz okeaniga tutashib turgan qismini ishg‘ol etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo massasi hukmronlik qiladi. Harorat yoz oylarida ham past (+1 +3 °C) bo‘ladi, qishda esa qattiq sovuq uzoq davom etadi. Yozi juda qisqa bo‘lib, qutb quyoshi bir necha oy ufqdan biroz ko‘tarilib turadi va quruqlik yuzasini isita olmaydi. Qishning o‘rtacha harorati (–40 °C) past bo‘lib, qor bo‘ronlari takror- lanib turadi. Yillik yog‘in 50 — 100 mm atrofida qor shaklida yog‘adi. Quruqliklarning asosiy qismi muz va qor bilan qop- langan. Subarktika iqlim mintaqasi g‘arbda Skandinaviya yarim- orolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom etadi. Yoz oylarida o‘rtacha harorat +4 °C dan +14 °C gacha ko‘- tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kun- lar ko‘p bo‘ladi. Bu yerga 200 — 400 mm atrofida yog‘in tushadi. Mo‘tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning eng katta qismini egallab olgan. U g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mo‘tadil min- taqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan ke- ladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan kontinental havo massasi va Tinch okeandan keladigan musson havosi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo‘tadil iqlim mintaqasining dengiz, mo‘tadil-kontinental, kontinental va musson iqlim tiðlari hosil bo‘ladi. Yevrosiyoning g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladi- gan iliq havo massalarining ta’siri tufayli qish yumshoq, yoz 121 salqin bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0 °C atrofida, iyulniki esa +15 +20 °C ga teng. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1 000 mm dan oshadi. Mo‘tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohil- larida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga qarab almashinib turadi va mo‘tadil mintaqaning musson iqlim tiðini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik, asosan, yoz oylarida bo‘ladi (yillik yog‘in miqdorining 90 % i aprel-noyabr oylariga to‘g‘ri keladi), qishda esa aksincha, yog‘in kam tushadi (100 mm). Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling