Geog 1 (38-янги). p65


Mo‘tadil mintaqaning tabiat zonalari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Mo‘tadil mintaqaning tabiat zonalari. Bu mintaqada shimol-
dan janubga tomon quyidagi tabiat zonalari almashib keladi.
Tayga zonasida, asosan, podzol tuproqlar uchraydi. Tayga
o‘rmonlarida ignabargli daraxtlardan — Yevropa qarag‘ayi, qo-
ra va oq qarag‘ay, kedr, tilog‘ochlar o‘sadi. Bu zonada hay-
vonlardan bug‘ular, qo‘ng‘ir ayiq, silovsin, olmaxon, karqur va
boshqalar ko‘p uchraydi.
Aralash o‘rmonlar zonasi materikning g‘arbiy va sharqiy
qismlarida joylashgan. Zonaning iqlimi ancha iliq, yog‘in ko‘p
yog‘adi. Zonaning asosiy qismi chimli-podzol tuproq bilan
qoplangan. O‘rmonlar tarkibida ignabargli va keng bargli da-
raxtlar uchraydi. Aralash o‘rmonlarda buta va o‘t o‘simliklar
ko‘payadi. Keng barglilardan eman, qora qayin, liða, zarang,
grab (qayinlar oilasiga mansub daraxt), jo‘ka va boshqa da-
raxtlar o‘sadi.
Keng bargli o‘rmonlar zonasi ham materikning faqat g‘arbiy
va sharqiy qismlarida mavjud. Keng bargli o‘rmonlarning (buk
bilan eman) tagida, asosan, qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tar-
qalgan. O‘simliklarning ko‘p yarusligi keng bargli o‘rmonlar
uchun xosdir.


127
O‘rmon-dasht va dasht zonalarida o‘rmon va dasht tabiat
komplekslari birga uchraydi. O‘rmonlarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar,
dashtlarda qora tuproqlar tarqalgan. O‘t o‘simliklardan iloq, be-
taga, shuvoq o‘sadi. Hayvonlari sayg‘oq, sug‘ur, bo‘ri, sassiqko‘zan,
yumronqoziq, qo‘shoyoq, burgut, olaxurjun va sichqonlardan iborat.
Chalacho‘l zonasida harorat yuqori, yozda +24 +27 °C,
yog‘in kam (150 — 250 mm). Zonaning shimolida qoramtir
kashtan va tiðik kashtan tuproqlari, janubda och kashtan tup-
roqlari tarkib topgan.
Cho‘l zonasi mo‘tadil mintaqaning janubida joylashgan.
Uning iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq (+25
+32 °C) bo‘ladi. Yog‘ingarchilik, asosan, bahorda va kech kuz-
da bo‘ladi. Qishda qattiq sovuqlar tez-tez takrorlanib turadi.
Cho‘llar faqat erta bahorda yashil rang oladi. Qoraqum va
Qizilqum, Taklamakon, Gobi cho‘llarida qumoq, sho‘rxok sur-
qo‘ng‘ir, tog‘ etaklarida och bo‘z tuproqlar hosil bo‘lgan. Cha-
lacho‘llar va cho‘llarda kemiruvchi hamda tuyoqli hayvon tur-
lari ko‘pchilikni tashkil etadi. Osiyoda ikki o‘rkachli tuya, Prje-
valskiy oti, jayron, sayg‘oq, echkemar, toshbaqa, ilonlar va
yovvoyi eshaklar uchraydi. Cho‘llardan yaylov sifatida foy-
dalaniladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling