Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56- §. Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari Subtropik mintaqaning tabiat zonalari.
- Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi.
- Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonalari.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Tabiat zonalari, pakana qarag‘ay, qayin, qutb lolaqiz- g‘aldog‘i, podzol tuproqlar, Prjevalskiy oti, jayron, say- g‘oq, echkemar. Nazorat uchun savollar 1. Sovuq mintaqada qanday tabiat zonalari shakllangan? 2. Mo‘tadil mintaqada qanday tabiat zonalari mavjud? Amaliy topshiriqlar 1. O‘rganilgan tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushi- ring. 2. Darslik matnidan foydalanib, tabiat zonalariga oid quyidagi jadvalni to‘ldiring. 128 r / T i m o n i r a l a n o z t a i b a T i r a l q o r p u T i r a l k i l m i s ‘ O i s o y n u d t o n o v y a H . 1 i r a l o r h a s a k i t k r A . 2 a r d n u T . 3 a r d n u t - n o m r ‘ O . 4 a g y a T . 5 r a l n o m r ‘ o h s a l a r A . 6 r a l n o m r ‘ o i l g r a b g n e K . 7 t h s a d a v t h s a d - n o m r ‘ O . 8 l ‘ o h c a l a h C . 9 l ‘ o h C 56- §. Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari Subtropik mintaqaning tabiat zonalari. Yevrosiyoning sub- tropik mintaqalarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar, subtropik aralash o‘rmonlar, subtropik chalacho‘l hamda cho‘llar zonalari shakllangan. Subtropik o‘rmonlar va butazorlar zonasi Yevrosiyoning O‘rta dengiz sohillari bo‘ylab joylashgan. Bu yerda yoz quruq va issiq, qish iliq (o‘rtacha harorat +5 +7 °Ñ) hamda seryomg‘ir. Shuning uchun o‘simliklar vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etadi. Yashil o‘simliklar tagida hosildor jigarrang tuproqlar rivojlangan. Past bo‘yli daraxtlar, mayda bargli tosh eman, yertut daraxti, mirta va boshqalar ko‘p tarqalgan. Madaniy o‘simliklardan anjir, anor, uzum, zaytun va sitrus mevalari yetishtiriladi. Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi. Bu zona Yevr- osiyoning janubi sharqida musson iqlim ta’sirida hosil bo‘lgan. Bu yerda yoz nihoyatda sernamligi, qish esa quruqligi va sal- qinligi bilan ajralib turadi. Sernam o‘rmonlar uchun kameliya, 129 kamforali dafna, paporotnik daraxtlari xosdir. Hayvonot olamida panda, qoplon, gibbon (maymun), tapir, piton ilonlari uchraydi. Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonalari. Bu zonalar mo‘tadil mintaqa cho‘llaridan farq qilib, yozi ancha issiq, yomg‘ir kam yog‘adi. Lekin mo‘tadil mintaqaning cho‘l o‘simliklari bilan o‘xshashligi bor. Bu mintaqadagi cho‘l va chalacho‘llarni quruq subtropik cho‘llari deb ham ataladi. Nam subtropik mintaqasiga Qora dengiz qirg‘oqlari tiðik misoldir. Quruq subtropik min- taqasiga moslashgan oq va qora saksovullar, shuvoq, yantoq, qum majnuntoli, erta bahorda lolaqizg‘aldoqlar, iloq kabi o‘sim- liklar o‘sadi. Hayvonlardan jayron, sayg‘oq, turli kaltakesaklar va ilonlar, kemiruvchilar, cho‘l burguti, kalxat, yovvoyi kap- tarlar, toshbaqa, quyon, tulki, turli qushlar yashaydi. Bular O‘zbekiston cho‘llari uchun ham xos. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling