Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
- Yevrosiyo xalqlari.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Balandlik mintaqalari, Alp, Kavkaz, Himolay, teraya, gileya, qayin, zarang, sovun daraxti, mimoza. Nazorat uchun savollar 1. Tog‘larda balandlik mintaqalarining ko‘p yoki ozligiga sabab nima? 22- rasm. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalari. 133 2. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini taq- qoslang. 3. Nega Ural tog‘ida ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishi aks etgan? Amaliy topshiriqlar 1. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini tah- lil qiling va daftaringizga chizing. 2. Kavkaz tog‘laridagi balandlik mintaqalarini chizmada tasvirlang. 58- §. Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi Aholi soni va irqlari. Yevrosiyoda 2016- yil 1- iyul hisobi bo‘yicha 5 mlrd 177 mln kishi yashaydi (Yevropada 740 mln, Osiyoda 4 mlrd 437 mln). Bu dunyo aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Yevrosiyo aholining zichligi (1 kv km ga 96 kishiga yaqin) va o‘sishi bo‘yicha boshqa materiklarga nisbatan oldinda turadi. Aholining o‘sishi O‘rta Osiyoda, Osiyoning janubi va janubi-sharqiy qismida yuqori bo‘lsa, Yevropada ancha past. Hindiston yarimoroli, Buyuk Xitoy tekisligi, Yevropada aholi zich, materikning shimoliy qismi, tog‘lar va cho‘llarida juda siyrak yashaydi. Yevrosiyoda, asosan, yevropeoid va mongoloid irqlariga mansub bo‘lgan aholi yashaydi. Aholining deyarli yarmi yevro- peoid irqiga tegishli bo‘lib, Yevropa va Osiyoning janubi g‘arbi- da tarqalgan. Yevrosiyo xalqlari. Odatda, aholini xalqlarga ajratishda me- zon hisoblangan tili, tarixan an’ana bo‘lib kelgan madaniy- ma’naviy merosi (urf-odatlari), turmush tarzi hisobga olinadi. Jumladan, tiliga ko‘ra, Yevropa qit’asida uchta yirik guruh — german, roman, slavyan guruhlari mavjud. Osiyoda esa xitoylar va hindlar dunyodagi eng ko‘p sonli xalqlardir. Turklar, turk- manlar, o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, ozarbayjonlar, qora- qalpoqlar, tatarlar, boshqirdlar turkiy til guruhini tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling