Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Antropogen tabiat komplekslari, landshaft, qo‘riqxona, milliy bog‘lar, Belovej pushchasi, Chatqol. Nazorat uchun savollar 1. Antropogen tabiat komplekslari deganda nimani tushu- nasiz? 2. Qo‘riqxona, milliy bog‘lar qanday maqsadlarda tashkil etiladi? 136 Amaliy mashg‘ulotlar 1. Yevrosiyoning antropogen tabiat komplekslariga (atlas- ning 30 — 31- betlaridagi kompleks xaritadan foydala- nib) tavsif bering. 2. Qo‘riqxona va milliy bog‘larni yozuvsiz xaritaga tu- shiring. 60- §. Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi Yevrosiyo materigining kattaligi va geografik o‘rni materik tabiatining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Odatda, materik ta- biatining xilma-xilligi uning hududiy bo‘linishiga asos bo‘ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, materiklarni bir- biridan tabiiy sharoiti bilan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hudu- diy farqlariga ko‘ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo‘yicha ta’sir etadi- gan omillarga e’tibor beriladi. Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko‘plab yirik va kichik o‘lkalar ajratilgan. Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubi- g‘arbiy Osiyo, Old Osiyo, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Shar- qiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo kabi 14 ta yirik tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘lingan (23- rasm). O‘zbekiston joylashgan O‘rta Osiyo o‘lkasi o‘zining takror- lanmas tabiati bilan alohida ajralib turadi. O‘rta Osiyo tabiatini atroflicha o‘rgangan rus olimi I. V. Mushketov „Turkiston“ nomli kitobida bu o‘lkani „Yevrosiyo materigining ichidagi o‘ziga xos noyob tabiatli go‘zal materikdir“, deb baho bergan. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiati haqida 7- sinfda bilib olasiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling