147
Amaliy topshiriqlar
1. Sharqiy Osiyo o‘lkasiga oid atama va tushunchalarning
mazmunini daftaringizga yozing.
2. O‘lkadagi asosiy foydali qazilmalarni xaritadan toping.
66- §. Janubiy Osiyo
Geografik o‘rni. Janubiy Osiyo
Yevrosiyoning janubida joy-
lashgan. U tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan eng
baland Himolay tog‘ tizmalarini, yassi tog‘likdan
tashkil top-
gan Hindiston yarimorolini va alluvial yotqiziqlardan hosil
bo‘lgan Hind-Gang pasttekisligini o‘z ichiga oladi.
Himolay tog‘lari. Himolay „qorlar makoni“ demakdir. U Tibet
tog‘ligi va Hind-Gang pasttekisligi oralig‘ida joylashgan bo‘lib,
uzunligi 2 400 km ga va eni 200 — 300 km ga cho‘ziladi. O‘rtacha
balandligi 6 000 m. Bu tog‘ tizmasida har biri 8 000
m dan baland
11 ta cho‘qqi bor. Eng balandi Jomolungma cho‘qqisi — 8 848 m.
Himolay tog‘lari Alp burmalanishida shakllangan bo‘lib,
yosh tog‘lar tizimiga kiradi. Alp-Himolay geosinklinal minta-
qasi shu hududdan o‘tadi. Bu mintaqa o‘ta faol bo‘lib, unda
kuchli zilzilalar bo‘lib turadi.
Himolay tog‘larining iqlimi tropik (g‘arbiy bo‘lagi) va sub-
ekvatorial (sharqiy bo‘lagi) iqlim mintaqalariga xos.
Musson
shamollarining ta’siri juda kuchli. Bu holat Himolay tog‘lari
tabiatining juda xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Bu yerda tog‘
etaklariga xos bo‘lgan botqoqlangan terayalardan tortib, tog‘
yonbag‘irlaridagi doimiy yashil o‘rmonlarni, butazor va baland
tog‘ o‘tloqlarini hamda doimiy qorlar va muzliklarni ko‘ramiz.
Himolay tog‘larida
Himolay ayig‘i, tog‘ qo‘yi, yovvoyi yak-
lar va turli
kemiruvchi hayvonlar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: