Geog 1 (38-янги). p65


Atama, tayanch tushuncha va nomlar


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/104
Sana30.10.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1733443
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
6-sinf geografiya

Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Sharqiy Yevropa, Valday, Volga, Kursk magnit anoma-
liyasi (KMA).
Nazorat uchun savollar
1. O‘lkadagi tabiat zonalari haqida nimalarni bilasiz?
2. Sharqiy Yevropa tekisligida qanday daryolar bor?
Amaliy topshiriqlar
1. Yevropa o‘lkalarini daftaringizga sxematik tushiring.
2. Bu o‘lkadagi tabiat zonalarini tavsiflab bering.


142
63- §.
G‘arbiy va Sharqiy Sibir
G‘arbiy Sibir. G‘arbiy Sibirga shu nomdagi pasttekislik va
Kara dengizidagi bir qancha kichikroq orollar kiradi. U shi-
moldan janubga 2 500 km ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 km ga
cho‘zilgan.
G‘arbiy Sibirning zamini paleozoy erasida vujudga kelgan
plitadan iborat. Uning usti mezozoy va kaynozoy eralarining
turli xil qalinlikdagi yotqiziqlari bilan qoplangan. Paleozoy dav-
ri yotqiziqlari G‘arbiy Sibir pasttekisligining chekka qismlarida
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Neft va ko‘mir hududning asosiy foy-
dali qazilmalarini tashkil qiladi.
G‘arbiy Sibir hududi janubdan shimolga tomon salgina
nishab. G‘arbiy Sibir hududida uzunchoq, cho‘ziq do‘ngliklar
ko‘p. Umuman, o‘lka hududining mutlaq balandligi 300 m dan
oshmaydi.
G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil
mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababdan
o‘rtacha yillik havo harorati qishda –25 –30 °C ni, yozda +22 °C
ni tashkil etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480 — 550 mm ga
yetadi.
Ob, Irtish, Taz va Pur kabi daryolar G‘arbiy Sibirning eng
yirik daryolaridir. Umuman, hududdagi deyarli barcha daryolar
Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi.
G‘arbiy Sibirning shimolida tundra-gleyli, podzol va botqoq
tuproqlar, janubiy qismida esa unumdor qora tuproqlar tar-
qalgan. Pasttekislik hududida pakana qayin, qutb tollari, kedr,
pixta, tilog‘och, kaklik o‘ti kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlar-
dan oq ayiq, oq kaklik, shimol bug‘usi, lemming, qutb tulkisi,
rosomaxa kabilar yashaydi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling