Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atama, tayanch tushuncha va nomlar
- Amaliy topshiriqlar
- Alp-Karpat tog‘lari. Geografik o‘rni.
23-
rasm. Yevrosiyoning tabiiy geografik o‘lkalari. I. Shimoliy Y evropa II. O‘rta Y evropa III. Janubiy Y evropa IV . Sharqiy Y evropa V . G‘arbiy Sibir VI. Sharqiy Sibir VII. Uzoq Sharq VIII. Janubi-g‘arbiy Osiyo IX. Old Osiyo X . O‘rta Osiyo XI. Markaziy Osiyo XII. Sharqiy Osiyo XIII. Janubiy Osiyo X IV . Janubi-sharqiy Osiyo 138 Atama, tayanch tushuncha va nomlar Yirik tabiiy geografik o‘lkalar, kichik o‘lkalar, tabiiy geo- grafik rayonlashtirish, Yevropa o‘lkalari, Osiyo o‘lkalari. Nazorat uchun savollar 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda nimani tushu- nasiz? 2. Yevrosiyo qanday tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linadi? Amaliy topshiriqlar 1. Tabiiy geografik o‘lkalarni daftaringizga yozing va xari- tadan toping. 2. Yevrosiyo tabiiy geografik o‘lkalarini ikki varaq qog‘oz- ga chizing. 61- §. O‘rta Yevropa Yevrosiyo materigi tarixiy geologik rivojlanishi va tabiatining xilma-xilligiga ko‘ra ikkita — Yevropa va Osiyo qit’alariga ajra- tilgan. Yevropa qit’asi tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilar ham uni ko‘plab kichik tabiiy georgafik o‘lkalarga ajratishgan. O‘rta Yevropa kichik o‘lkasi tarkibidagi tabiiy geografik oblastlardan biri Alp-Karpat tog‘laridir. Alp-Karpat tog‘lari. Geografik o‘rni. Alp-Karpat tog‘lari ki- chik o‘lkasi Yevropadagi baland, uzun va ulkan tog‘lardan hi- soblanadi. Bu o‘lka G‘arbiy Yevropaning markaziy qismida joylashgan. Alp tog‘ burmalanishida vujudga kelgan eng yosh tog‘lardan hisoblanadi. O‘z navbatida, bu kichik o‘lka tabiati- ning o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladigan mustaqil Alp va Karpat tog‘lariga bo‘linadi. Alp tog‘lari yoy shaklida g‘arbdan sharqqa 1 200 km maso- faga cho‘zilgan. Alp tog‘larining eng baland joyi uning g‘arbiy qismida joylashgan besh qirrali Monblan cho‘qqisidir (4 807 m). 139 Alp tog‘larining iqlimi mo‘tadil bo‘lib, qishi yumshoq, yozi salqin. Yiliga 2 000 — 3 000 mm atrofida yog‘in tushadi. Tog‘ning tepalarida doimiy qor va muzliklar hosil bo‘lgan. Muzliklarning maydoni 4 140 kv km bo‘lib, uzunligi 15 — 27 km gacha cho‘zilgan. Bu muzliklardan Reyn, Rona, Adije, Drava daryolari to‘yinadi. Alp tog‘larining shimoliy etaklari va yassi tog‘liklarida pod- zol tuproqlar tarkib topgan. Tog‘ yonbag‘irlari buk va eman o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar tagida qo‘ng‘ir tup- roqlar uchraydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling