135
xo‘jalik faoliyati tufayli kesib yuborildi. Sharqiy Yevropa tekisli-
gidagi qora va kashtan tuproqli dashtlarning 80 % maydoni
o‘zlashtirilgan. Ularning o‘rnida
shahar va qishloqlar, bog‘lar va
turli ekin maydonlari kabi antropogen komplekslar hosil bo‘l-
gan. Shuningdek, Mesopotamiya va Buyuk Xitoy tekisliklari,
Hindiston, Yevropa va O‘rta Osiyoning qadimdan o‘zlashtirilib
kelinayotgan hududlarida, tog‘ yonbag‘irlarida
antropogen land-
shaftlar barpo etilgan.
Yashash uchun qulay hududlar o‘zlashtirib bo‘lindi. XX asr-
ning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rmonlar, cho‘llar va tog‘li
zonalarni o‘zlashtirishga kirishildi. Natijada, antropogen tabiat
kompleksi egallagan maydonlar tobora kengayib bormoqda.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Yevrosiyo tabiat zona-
larida va tog‘li o‘lkalarda qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurt-
malar barpo etilgan. Qo‘riqxonalar jamoalarining asosiy maq-
sadi
tabiatning betakror joylarini, ajoyib relyef shakllarini, ser-
jilo ma’danlarini, turli-tuman o‘simlik va hayvonot olamini va
boshqa tabiat yodgorliklarini tabiiy holda saqlab qolishdir. Ural
tog‘ida Ilmen, Oltoy, Yevropada Belovej pushchasi,
Astraxan,
Osiyoda Chatqol, Issiqko‘l, Barguzin, Taman Negara kabi qo‘-
riqxona va milliy bog‘lar tashkil etilgan.
Ayni paytda, tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona
va tejamkorlik bilan foydalanish masalasiga katta e’tibor be-
rilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: