Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy sharoiti.
Amaliy topshiriqlar
1. O‘rta Yevropa o‘lkasini yozuvsiz xaritaga tushiring. 2. Alp va Karpat tog‘lariga qiyosiy tavsif bering va dafta- ringizga yozing. 62- §. Sharqiy Yevropa Geografik o‘rni. Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng yirik tabiiy geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qa- riyb 4 mln kv km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qis- mida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joy- lashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshla- nib, janubi sharqda mo‘tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha davom etadi. Tabiiy sharoiti. Sharqiy Yevropa tekislik o‘lkasi geologik ji- hatdan Yer po‘stining eng qadimgi, nisbatan barqaror bo‘lgan Sharqiy Yevropa platformasida tashkil topgan. Platformaning yuza qismi hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlari bilan qoplangan. Sharqiy Yevropa tekisligi xilma-xil boyliklarga ega. Krivoy Rogdagi temir koni, Kursk magnit anomaliyasi, Pe- chora va Donetsk havzalaridagi toshko‘mir konlari, Volga-Ural rayoni va Pechora havzalaridagi neft konlari, Boltiqbo‘yidagi 141 yonuvchi slanes konlari bunga yaqqol misoldir. Bu o‘lkada ba- landliklar, kryajlar, tekisliklar va pasttekisliklar keng tarqalgan. Sharqiy Yevropa iqlimining shakllanishida Atlantika okea- nidan esadigan iliq va nam havo massalari hamda Arktika sovuq havo massalarining ta’siri kuchli. Shimoldan janubga va g‘arb- dan sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi orta boradi. Tekislikning g‘arbida qish yumshoq (–6 –8 °C), sharqida sovuq (–10 –20 °C). Yoz oylari ko‘pchilik joylarda salqin (+18 +22 °C). O‘lkaning janubi-sharqiy qismida davomli jazirama issiq (+25 +29 °C) bo‘ladi. Yog‘inlarning yillik miqdori g‘arbdan sharq tomonga kamayib (800 — 600 mm) boradi. Eng kam yog‘in- garchilik (200 mm) Kaspiybo‘yi pasttekisligida kuzatilgan. Sharqiy Yevropa tekisligi daryolarga juda boy. Tekislikning shimolga qarab oqadigan daryolari Pechora, Mezen, Shimoliy Dvina sersuv daryolar hisoblanadi. Janubga qarab oqadigan eng yirik daryolar Volga, Dnepr va Ural daryolaridir. Sharqiy Yevropa tekisligida ko‘llar ko‘p, ayniqsa, ular tekis- likning shimoli g‘arbida keng tarqalgan. Bunga sabab Yer yuza- sining tuzilishi va iqlim sharoitining qulayligidir. Sharqiy Yevropa tekisligida shimoldan janubga tomon quyi- dagi tabiat zonalari birma-bir almashinib keladi: tundra, o‘r- mon-tundra, tayga, aralash o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht, dasht, chalacho‘l va cho‘llar. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling