Geog 1 (38-янги). p65


Download 0.74 Mb.
bet12/31
Sana15.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1487388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
6- sinf savol - javob nashiryot (2)

Tropik mintaqa qaysi kengliklarga to’g’ri keladi. J:Bu mintaqa ikkala yarimsharning tropik kengliklariga to‘g‘ri keladi.

  • Shimoliy tropik iqlim mintaqasi qayerning juda katta qismini egallagan..? J : Sahroyi Kabirning

  • Qayerning iqlimi faqat materikda emas, balki butun dunyoda eng issiq va eng quruq iqlim hisoblanadi..? J : Saxroyi kabir.

  • Quyosh toshloq va qumli cho‘llarning yer yuzasini necha gradusgacha qizdiradi. .? J : 70 — 80 °C gacha qizdiradi,

  • Saxroyi kabirda havo harorati necha gradusgacha ko’tariladi. .? J : 40 — 45 °C gacha ko‘tariladi

  • Saxroyi kabirda Kechasi yer yu- zasi va havo harorati qanchagacha pasayadi. .? J : 0 °C gacha pasaygani kuzatilgan.

  • Shimoliy tropikning yoz oylarida vaqt-vaqti bilan kuchli qanday shamol esadi. J:samum va hamsin

  • Hamsin so’zining ma’nosi? .? J : (issiq, quruq, kuchli janubiy va janubi-g‘arbiy shamo)

  • Samum so’zining ma’nosi? J:(arabchaissiq shamol)

  • Quruq o‘zan — vodiylar qanday to’yinadi? .? J : to‘satdan yog‘gan yom- g‘ir suvi bilan to‘yinadi.

  • Afrikaning chetki janubiy va shi- moliy hududlari qaysi iqlim mintaqasi joylashgan? .? J : subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.

  • Subtropik iqlim mintaqasida qanday havo massalari almashadi? J:Bu yerda mavsumiy havo massalari almashinadi:

  • Subtropik iqlim mintaqsida yozda qaysi havo massalari harakatlanadi .? J : yozda dengiz tropik havosi,

  • Subtropik iqlim mintaqsida qishda qaysi havomassalari harakatlanadi .? J : qishda mo‘tadil kengliklarning dengiz havosi hukmron.

  • Nimaning natijasida subtropiklarning O‘rta dengiz iqlimi tipi shakllanganJ:yozda dengiz tropik havosi,qishda mo‘tadil kengliklarning dengiz havosi hukmronlik qilishi natijasida

  • Qayerda yog‘in yil davomida bir me’yorda .? J : Janubiy Afrikaning janubi-sharqiy qirg‘oqbo‘yi

  • Qaysi shamollar ta’sirida yozda eng ko’p yogin yog’adi .? J : musson shamollari

  • Afrikaning shimoli g‘arbi iyul oyining o‘rtacha harorati.? J : +27 +28 °C,

  • Afrikaning shimoliy- g’arbida yanvar oying o’rtacha harorati J:+11+12°c)

  • Afrikaning janubi-g‘arbida iyul oying o’rtacha harorati .? J : +13+14°C,

  • Afrikaning Janubiy- g’arbidayanvar oying o’rtacha harorati .? J : +21 °C)

  • Afrikaning janubiy-g’arbining yozi va qishi qanday .? J : yoz quruq keladi, qishda namgarchilik







    1. Afrikaningichki suvlarini nimalar tashkil etadi .? J : yerusti va yerosti suvlari

    2. Afrikadagi daryolar nechta havzaga bo’linadi .? J : Atlantika va Hind okeani havzalari berk havzalardir.

    3. Afrikaning yerusti suvlari nimalardan iborat .? J : daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallardan iborat.

    4. Nil —dunyodagi eng uzun daryolardan biribo’lib uning uzunligi J:(6 671 km)

    5. Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadigan daryo J:Oq Nil

    6. Ko‘k Nil qayerdan boshlanadi .? J : Efiopiya tog‘ligidan

    7. Qayerda Nil nomini oladi..? J : Oq nil bilan ko’k nil qo’shilgan joyda

    8. Nilning boshlanish irmog’I .? J : Kagera 3° j. k. (ja- nubiy kenglik) dan boshlanib,

    9. Kagera qeyerga quiladi .? J : Viktoriya ko‘liga quyiladi.

    10. Viktoriya Ko’lida qaysi daryo oqib chiqadi J:Oq Nil oqib chiqadi.

    11. Nil daryosi qayerda katta delta hosil qiladi..? J : O‘rta dengizga quyilish joyida

    12. Kim birinchi bo‘lib Nil daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan „nilometr“ qurilmasini bunyod etgan.J:Vatandoshimiz al-Farg‘oniy (IX asr)

    13. Kongo (Zair) uzunligi J:4 320 km

    14. Afrikadauzunligi bo’yicha ikkinchi daryo J Kongo

    15. Kongoning sersuvligi 1414 kub km

    16. Kongoning havzasining maydoni .? J : havzasining maydoni3 691 mingkvkm

    17. Kongo daryosi qayasi xususiyatiga ko’raAfrikada birinchi, dunyoda esa Amazonka daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi..? J : Sersuvligi va havzasining maydoniga ko’ra

    18. Kongoning Lukuga irmog‘I qayerda boshlanadi .? J : Tanganika ko‘lidan boshlanadi

    19. Kongo Daryoning suv sarfi yil davomida deyarli o‘zgarmasligiga sabab..? J : Bunga sabab yillik yog‘inlarning bir me’yorda yog‘ishidir.

    20. Kongo daryosing qaysi qismida ostona va sharsharalar ko’p .? J : quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil qilgan.

    21. Kongoning quyi oqimida qanday sharsharalar guruhi mavjud .? J : Livingston sharsharalar guruhi mavjud.

    22. Kongo daryosi qaysi qismida ekvatorni ikki marotaba kesib o’tadi .? J : O‘rta oqimida

    23. Kongo daryosing Nil daryosidan farqi.? J : delta hosil qilmaydi

    24. Uzunligiga va havzasining maydoniga ko‘ra Afrikaning uchinchi daryosi.J:Niger

    25. Niger daryosing qaysi qismida ostona va sharsharalar ko’p .? J : Yuqori va quyi oqimlarida

    26. Niger daryosi qaysi qismida Sahroyi Kabirga tutash tekis va bo- tiq relyefli cho‘l zonasidan oqib o‘tadi..? J : O‘rta oqimida

    27. Oranj daryosi Afrikaning qaysi qismida joylashgan .? J : janubida joylashgan.

    28. Oranj daryosing manbayi va mansabi .? J : sharqda Drakon tog‘laridan boshlanib, g‘arbda Atlantika okeaniga quyiladi.

    29. Afrikaning qaysi daryolari Hind okeani hav zasidan o‘rin olgan.? J : Zambezi, Limpopo, Rufiji, Tana, Jubba, Uabi- Shebelle va boshqa ko‘plab kichik daryolari.

    30. Afrikadagi Hind okeani havzasiga tegishli eng yirik daryo .? J : eng yirigi Zambezi daryosi

    31. Zambezi daryosing Uzunligi .? J : 2 660 km

    32. Zambeziy daryosing qaysi qismida delta tarkib topgan .? J : Quyi oqimida delta tarkib topgan va kemalar qatnaydi.

    33. Viktoriya sharsharasi qaysi daryoda hosil bo’gan .? J : Zambezi

    34. Viktoriya sharsharasing kengligi va baladligi .? J : Kengligi(1800 m)balandligi 120 m

    35. Berk havzada joylashgan Shari daryosi qayerda quyiladi .? J : Chad ko‘liga quyiladi.

    36. Afrikaning barcha yirik daryolarida mo’l mahsulot bu .? J : baliqlar

    37. Afrikaning asosiy ko‘llari. .? J : Viktoriya, Tanganika, Nyasa ko‘llari

    38. tektonik botiqda joylashgan ko’l .? J : Viktoriya,

    39. Afrika yer yorig‘ida joylashgan.ko’l .? J : Tanganika, Nyasa

    40. Viktoriya, Tanganika, Nyasa ko‘llari suv oqimiga ko’ra qanday ko’llar .? J : Barchasi oqar ko‘llardir.

    41. oqmas ko‘llar guruhiga kiradigan ko’llar .? J : Chad, Rudolf, Rukva.

    42. Qachon chad ko’li maydoni ikki barobarga kengayadi .? J : Chad ko‘liga yog‘ingarchilik paytida daryolar ko‘p suv keltiradi. Bu paytda ko‘l maydoni ikki baravar kengayadi.

    43. Yerosti suvlari Afrikaning qurg‘oqchil hududlarida yagona suv manbayi hisoblanadi ular qayerlarda to’pilgan J:Sahroyi Kabir, Namib, Kalaxari va Somali cho‘llarida yerosti suvlari topilgan.







    1. Afrika materigida qaysi tabiat zo’nasi bir marta uchraydi,J:doimiy sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi

    2. Afrika materigi qaysi tabiat zo’nasi ikki marotaba takrorlanadi .? J : fasliy nam o‘rmonlar, savannalar va siyrak o‘rmonlar, chalacho‘l va cho‘llar, qattiq bargli doimiy yashil o‘rmon va butazor zonalari

    3. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Qayerda tarkib topgan J:Bu zona ekvatorial iqlim mintaqasida, ekvatorga tutash hududlarda va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida tarkib topgan.

    4. Ekvatorial o’rmonlar yana qanday ataladi .? J : gileya yoki yomg‘irli o‘rmonlar deb ham atashadi.

    5. Ekvatorial o’rmonlarda qanday tuproqlar tarqalgan .? J : Qizil- sariq ferralit

    6. Ekvatorial o’rmonlarda qizil- sariq ferralit quproqning tarqalishing sababi J:Tog‘ jinslarida temir birikmalarining borligi

    7. Ekvatorial o’rmonlarning tuproqlari chirindiga boymi .? J : Tuproqlar chirindiga boy emas.

    8. Ekvatorial o’rmonlarda o’simliklar ozuqani qaysi yo’l bilan oladi .? J : O‘simliklar oziqani ko‘proq barglari orqali oladi.

    9. Ekvatorial o‘rmonlarning asosiy xususiyati.? J : doimiy yashil- ligi, ko‘p yarusliligi va juda qalinligidir.

    10. Ekvatorial o’rmonlarda o’simliklarning nechta turi mavjud.? J : o‘simliklarning 25 000 turi, jumladan, daraxtlarning 1 000 turi mavjud.

    11. Yuqori yarusda (35 — 50 m)da qanday darxtlar ko’proq .? J : seyba, palma daraxtlari ko‘proq.

    12. O‘rta yarusda qanday o’simliklar o’sadi .? J : moyli palmalar

    13. Quyi yarusda qanday o’simliklar o’sadi .? J : rafiya palmasi bilan daraxt- simon paporotniklar, lianalar,

    14. eng pastda qanday osimliklar tarqalgan .? J : o‘t o‘simliklar va butazorlar tarqalgan.

    15. Ekvatorial o’rmonlarda Hayvonlarning ko‘pchiligi qayerda yashaydi .? J : daraxtlarda yashaydi.

    16. Qanday hayvonlar darxtlarda umur kechiradi .? J : Turli qushlar, kemiruvchilar, hasharotlar, martishkalar, shimpanzelar daraxtlarda umr kechiradi.

    17. Ekvatorial o’rmonlarda Yerda qanday hayvonlar yashaydi mitti Afrika bug‘uchasi karlik begemoto‘rmon fili, okapi, gorilla va boshqalar yashaydi.

    18. mitti Afrika bug‘uchasining bo’yi .? J : bo‘yi 40 sm

    19. karlik begemotning bo‘yi.? J : 80 sm

    20. Ekvatorial o’rmonlarda Yirik yirtqich hayvonlardan qaysi hayvon uchraydi J:qoplon uchraydi.

    21. Ekvatorial O‘rmonning barcha qismlarida qanday hashoratlar tarqalgan J:chumolilar tarqalgan.

    22. Ekvatorial o’rmonlarda qayi hayvonning yuzlab turi tarqalgan J:Qushlarning

    23. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi qaysi zo’na bilan almashadi .? J : mavsumiy nam o‘rmonlar bilan almashadi.

    24. Mavsumiy nam o‘rmonlar bilan ekvatorial nam o‘rmonlar tabiatidagi farq .? J : o‘xshash, faqat qishda bir- ikki oy kam yog‘in yog‘adi, ba’zan yog‘insiz bo‘ladi.

    25. Mavsumiy nam o‘rmonlar ekvatorial o’rmonlardan nimasi bilan ustun .? J : hayvonlar turi va soni ko‘p

    26. Savannalar.Afrika maydonining necha foizini egallaydi .? J : 40 % ini savannalar egal­laydi.

    27. Savanna nimasi bilan dasht lanshaftini eslatadi .? J : baland bo‘yli o‘t o‘simliklar bilan

    28. tabiatning fasliy o‘zgarishi kuchlimi .? J : ha

    29. Savannada qanday fasillar almashinib turadi .? J : sernam va qurg‘oqchil fasllar almashinib turadi.

    30. Savannalar nimasi bilan ajralib turadi .? J : yirik hay­vonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi.

    31. Savannalarning Mavsumiy nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga tutash zonachasida qalin o‘t o‘simliklarning bo‘yi.? J : 3 m ga yetadi.

    32. Qandaydaraxtzorlar savanna uchun hos .? J : To‘p-to‘p daraxtzorlar, butazorlar savanna uchun xos.

    33. Savannada qanday tuproq tarkib topgan .? J : qizil ferralit tuproqlar tarkib topgan.

    34. Savannaning Yog‘in, asosan, yozda yog‘adigon( tipik savanna ) qisming tuprog’i .? J : Tuprog‘i qizil-qo‘ng‘ir,

    35. Tipik savanna ning osimliklari qanday J:o‘t o‘simliklar uncha baland emas, uzoq masofada yakka va to‘p- to‘p daraxtlar va butazorlar uchraydi.

    36. Tipik savannada eng ko’p tarqalgan darxt .? J : Eng ko‘p tarqalgandaraxt sershox akatsiya, qum palmasi.

    37. Savannaning qaysi qismida cho‘llashgan savanna landshafti shakllangan .? J : Sahroyi Kabirga tutashgan zonachada.

    38. Cho’llashgan savanna landshaftida qanday o’simlilar tarqalgan .? J : Past va siyrak o‘t o‘simliklar, tikanli butalar, bargsiz molochay, ti- kanli va sersuv daraxtsimon o‘t o‘simligi ko‘p tarqalgan.

    39. Savannalar uchun yana qanday darxtlar ham hos .? J : baobab va kaktuslar

    40. Qayerda eng ko’p yirik hayvonlar to’plangan .? J : Savannada.

    41. Savannada qanday hayvonlar mavjud xilma-xil.? J : ular antilopalarzebra, jirafa, fil, buyvol, karkidon, begemot, pavian, sher, qoplon, sirtlon, chiyabo ‘ri, gepard, suvda timsohlar uchraydi

    42. Savannada Antilopalarning qancha turi mavjud J:ularning 40 ta turi bor

    43. Filning baladligi va og’irligi qancha .? J : balandligi 4 m, og‘irligi 12 t gacha

    44. pavian bu J:maymun turi

    45. Nil timsohining uzunligi .? J : 5 — 6 m

    46. Qushlardan eng kichiklari .? J : nektarxo‘r, kotib qush,

    47. Qushlardan eng kattalari .? J : Afrika tuyaqushi, marabu, mirzaqush va boshqalar ko‘p tarqalgan.

    48. Afrika tuyaqushining bo’yi va og’irligi .? J : bo‘yi 2,8 m, og‘irligi 90 kg gacha

    49. Savannalarning o‘ziga xos landshaftlarini asrash borasida qanday ishlar qilinmoqda.? J : xalqaro miqyosda choratadbirlar ko‘rilmoqda. Ko‘plab milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, buyurtmalar tashkil etilgan.


    24- §. Tropik cho‘llar va subtropiklar

    1. Qanday omil tropik chalacho‘l va cho‘llarning tarkib topishiga sabab bo‘lgan .? J : Tropik havo massalarining nihoyatda quruq ekanligi, havo bosimining yuqoriligi.

    1. Tropik cho‘llar ma­terikning necha foiz qismini egallaydi .? J : (30 %) egallaydi

    2. Tropik cho‘llar asosan ma­terikning qaysi qismida joylashgan .? J : shimoliy qismida joylashgan.

    3. Qayer haqiqiy tropik cho‘llardan iborat .? J : Sahroyi Kabir.

    4. Dunyodagi eng yik cho’l .? J : Sahroi Kabir.

    5. Sahroi Kabirning maydoni 7,8 mlnkvkm.

    6. Sahroi Kabirning Yillik yog‘in miqdori .? J : 100 mm gacha.

    7. Sahroi Kabirning qaysi qismida birnecha yil davomida yog’in yog’maydi .? J : Ichki qismlarida.

    8. Sahroi Kabirda qanday shamol kuchli esadi .? J : Qum, chang-to‘zonli quruq va is­siq samum shamoli kuchli esadi.

    9. Qayerda tun bilan kunlik harorat keskin o‘zgaradi .? J : Tropik cho‘llarda.

    10. Tropic cho’llarda kunduzi havo harorati.? J : 40 — 50°C

    11. Tropik cho’llarda kechasi havo harorati.? J : 0°C ga pasayishi mumkin.

    12. Nimaning natijasida cho‘ldagi tog‘larda tog‘ jinslarida darz va yoriqlar paydo bo‘lib, kuchli parchalanishlar kuzatiladi.? J : Kun bilan tun havo haroratidagi farq natijasida

    13. Nimaning natijasida toshloq sahrolar paydo bo‘ladi .? J : cho‘ldagi tog‘larda tog‘ jinslarida darz va yoriqlar paydo bo‘lishi natijasida

    14. Toshloq sahrolarni mahalliy aholi nima deb ataydi .? J : gamada

    15. Qanday cho’llar tuproq va o‘simlik qoplamidan butunlay mahrum bo‘lgan.? J : barxan qumli cho‘llar.

    16. Cho‘l markazida qanday qoldiq tog’ar mavjud J:Tibesti Darfur ,Axaggar kabi qoldiq tog‘lar bor.

    17. Tibesti togining baladligi .? J : 3 415 m

    18. Darfur tog’ing baladligi .? J : 3 088 m

    19. Axaggar tog’ing baladligi .? J : 2 918 m

    20. Cho‘llarda qanday tuproqlar tarqalgan .? J : chirindisiz qumoq cho‘l tuproqlari

    21. Pastlik joylarda qanday tuproqlar tarqalgan .? J : sho‘rxok tuproqlar

    22. Vohalarda qanday tuproqlar shakillangan .? J : Madaniy tuproqlar shakl­langan.

    23. Pastlik joylarda qanday o’simliklar tarqalgan .? J : sho‘ra, shuvoq, saksovul, yulg‘un, buta, akatsiya,

    24. Namib cho‘lidagi noyob o’simlik .? J : velvichiya

    25. Namib cho‘lining qaysi tomonidan chalacho‘llar boshlanadi J:shimol va sharq tomonlarida.

    26. Chalacho’llarda qanday o’simliklar o’sadi .? J : yostiqsimon o‘simliklar, molochay, aloe, yovvoyi sersuv tarvuzlar o‘sadi.

    27. Nimani hayvonlar va aholi suv o‘rnida iste’mol qilishadi .? J : Tarvuzlarni.

    28. Vohalarning asosiy o‘simligi.? J : xurmo hisoblanadi.

    29. Cho‘l sharoitiga moslashgan qanday hayvonlar tarqalgan .? J : antilopa, giyena , tulki, chiyabo ‘ri, tuya, kaltakesak, echkemar, toshbaqa kabilar asosiy hayvonlardir.

    30. Giyena bu .? J : chipor sirtlon

    31. Afrikaning qaysi qismlarida qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlardan tashkil topgan sub tropik zona joylashgan .? J : shimoli-g‘arbiy va janubi- g‘arbiy qismlarida.

    32. Atlas tog‘lari sub tropic ning qaysi qismida joylashgan.? J : Shimoliy subtropikda

    33. Atlas tog’laring necha metr qismida qishda havo sovib qor yog’adi .? J : 3 000 m dan tepa qismida

    34. Atlas toglaring 3000 m dan tepa qismida qish oylari havo harorati Atlas tog‘larining .? J : —10—17 °C gacha.

    35. Atlastoglaring ba’zi joylarida qorning qalinligi qanchani tashkil etadi .? J : Ba’zi joylarda qorning qalinligi 2 m ga yetadi.

    36. Atlas toglaring Sohil va tog‘ yonbag‘irlarida qanday osimliklar o’sadi .? J : makvis, zaytun, pakana palma, probka emani (dub) o‘rmonlari,

    37. Atlas tog’aring sohildan yuqori qismida qanday o’simliklar o’sadi.? J : yirik atlas kedri, tis

    38. tis bu .? J : butasimon daraxt

    39. Atlas tog’laring 1 500 — 3 000 m balandlik qismida qanday o’rmonlar joylashgan.? J : keng bargli o‘rmonlar, undan balandda alp o‘tloqlari joylashgan.

    40. Atlas toglaridagi qaysi zo’nada hayvon turlari ko‘p.? J : alp o’tloqlari

    41. Qanday hayvon tog’larda to’da – to’da bolib yashaydi .? J : Kattaligi quyonday keladigan o‘txo‘r da­man tog‘larda to‘da bo‘lib yashaydi.

    42. Damanni nima uchun ovlashadi .? J : go‘shtini iste’mol qilishadi.

    43. Alp o’tloqlarida yana qanday hayvonlar yashaydi .? J : turli kemiruvchilar, dumsiz makaka, yirtqichlardan chiyabo‘ri, yovvoyi mushuk, qoplon, sirtlon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon, echkemar, toshba- qalar yashaydi.

    44. Nimaning bosqinida qishloq xo‘jaligi ancha zarar ko‘radi J:chigirtkalar bosqinidan.

    45. Janubiy Afrika subtropik landshaftida qanday o’simliklar o’sadi .? J : kiparis, kap zaytuni, kumush daraxti, kedr, Afrika yong‘og‘i, kap kashtani, sariq daraxt va turli o‘t o‘simliklar o‘sadi.


    25 - §. Tabiiy geografik o‘lkalari



    1. Hozirgi paytda Afrika tabiiy sharoitiga ko‘ra nechta tabiiy geografik o’lkaga ajratiladi .? J : to‘rtta yirik tabiiy geografik o‘lkaga ajratiladi. Ular Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika deb nomlangan

    2. Shimoliy Afrika tabiiy geografik o’lkasi shimolda qayerda janubda qayergacha davom etadi .? J : janubda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasidan shimolda O‘rta dengizgacha

    3. Shimoli afrika tabiiy geografik o’lkasi g’arbda qayerdan sharqda qayergacha bo’lgan hududlarni egallaydi .? J : g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan sharqda Efiopiya tog‘larining etaklarigacha bo‘lgan hududlarni

    4. Qanday obektlar shimoliy afrika tabiiy geografik o’lkasida joylashgan .? J : Savannali Sudan Sahroyi Kabir va Atlas tog‘lari joylashgan.

    5. Sudan so’zing ma’nosi .? J : arabcha qoralar o‘lkasi

    6. Shimoliy Afrika o‘lkasi tarkibida bir-biridan farq qiladigan nechta tabiat komplekslari bor .? J : uchta.

    7. Shimoliy afrika o’lkasida tarkib topgan birinchi tabiat kompleksti J:qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar zonasi,

    8. Shimoliy afrika o’lkasida tarkib topgan ikkinchi tabiat kompleksti .? J : qumli va toshloq cho‘lli Sahroyi Kabir

    9. Shimoliy afrika o’lkasida tarkib topganuchunchi tabiat kompleksti .? J : o‘t o‘simlikka boy savannali Sudan yoki Saxel hududlari

    10. Markaziy Afrikatabiiy geografik o’lkasi qayerlarni qamrab oladi .? J : Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va Kongo havzasini qamrab oladi

    11. Markaziy Afrikatabiiy geografik o’lkasida qaysi zo’nalarning noyob landshaftlari tarkib topgan .? J : doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar va mavsumiy nam o‘rmonlar zonalarining noyoblandshaftlari

    12. Markaziy Afrika tabiiy geografik o’lkasida qanday darxtlar o’sadi .? J : O‘lkada qizil daraxt,palma, seyba va muskat daraxtlari, kauchuk olinadigan daraxtlar o‘sadi.

    13. qimmatbaho mebellar ishlanadigan daraxt .? J : qizil daraxt

    14. yog‘ olinadigan daraxtlar palma, seyba va muskat daraxtlari

    15. faqat Markaziy afrikaga hos bo’lgan hususiyatlar .? J : Mitti pigmey qabilasi — o‘rmon odamlari, bahaybat gorilla, setse pashshasi, mitti bug‘ucha, okapi va boshqalar faqat shu hududlarda yashaydi.

    16. Sharqiy Afrikaqayerni egallaydi .? J : materikning baland tog‘li qismini egallaydi.

    17. Nimauchun o’lkada tektonink ko’llar ko’p .? J : quruqlikdagi eng katta yer yorig‘i — Buyuk Afrika yer yorig‘i joylashgan. Shu sababli o‘lkada tektonik ko‘llar ko‘p.

    18. Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro vulqoni qaysi o’lkada joylashgan J:Sharqiy afrikada

    19. Kilimanjaroning baladligi qancha .? J : 5 895 m

    20. Sharqiy Afrikani ba’zan nima deb atashadi .? J : „Afrika materigining tomi“ deb atashadi.

    21. Sharqiy Afrikada asosan qaysi toglar joylashgan .? J : Efiopiya tog‘ligi va Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi

    22. Sharqiy Afrikada nimaga bog’liq ravishda o‘simlik va hayvonot olami tarkib topgan .? J : Relyefi va iqlim xususiyatlariga bog‘liq holda.

    23. Sharqiy afrikada baladlik mintaqalanishi aniq namoyon bo’ladimi .? J : Balandlik mintaqalanishi aniq namoyon bo‘ladi

    24. Sharqiy Afrikada O‘lka tabiati xilma-xil. Tabiatni asrash maqsadida qanday qo‘riqxona va milliy bog‘lar tashkil etilgan .? J : „Serengeti“, „Rungva“, „Nyasa“, „Ngorongoro“

    25. JanubiyAfrikao‘lkasi qayerlarni egallaydi .? J : Kongo — Zambezi daryolari suvayir- g‘ichidan janubdagi hududlarni egallaydi.

    26. Janubiy Afrika o‘lkasini qanday atashadi .? J : kichik Af­rika deb ham atashadi.

    27. Janubiy afrika o’lkasini Kichik afrika delishing sababi .? J : Sababi kichik hududda iqlimiga bog‘liq holda tabiati kenglik va uzoqlik bo‘yicha almashib keladi.

    28. Tog‘larida balandlik mintaqalanishi mavjudmi .? J : HA

    29. Madagaskar — paydo bo‘lishiga ko‘ra .? J : yirik materik oroli.

    30. Janubiy afrika tabiatiga nimaning ta’siri kuchli .? J : Tabiatiga okean ta’siri katta.

    31. Janubiy Afrika Tabiy Geografik o’lkasida qanady zo’nalar ko’p .? J : Tropik o‘rmon va savannalar .

    26 - §. Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri




    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling