Geografik axborot tizimlari
Topshiriqni bajarish tartibi
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
new gis ohirgi lotin1
Topshiriqni bajarish tartibi 1. Umumiy aholi sonidan erkaklar va ayollar ko'rsatkichlari ajratib olinadi “statistik ma'lumot.excel”, erkaklar va ayollarning barcha yoshi bo'yicha. ArcMap ma'lumotlar panelining vektor qatlamida “maydonli hududlar”ni ochish. Qatlamning atributlar jadvalida yangi ustunni yarating va bunda respublika xududlari bo'yicha umumiy aholi sonining qiymati joylashtiriladi (30-rasm.). 30-rasm. Atribut jadvalida yangi ustun yaratish Ko'rsatilgan oynadagi “name” maydoniga ustun nomini (umumiy aholi soni) kiriting va ma'lumotlar tipini “Type” tanlang: Float yoki Double. Erkaklar va ayollar ko'rsatkichi ustuni uchun ushbu amallarni qayta takrorlang (umumiy 3 ta ustun qo'shiladi). 45 Tahrir qilish tartibiga kiring “Editor > Start editing” va hududlardagi umumiy aholi sonining qiymatini atribut jadvalga kiriting (qo'lda). O'zgarishni saqlang va ishni yakunlang. 2. Atributlar jadvalida yana uchta maydonli ko'rsatkichli ma'lumotlar ustunlari yaratiladi va har bir hududga tegishli aholi zichligi joylashtiriladi. Ma'lumotlar tipi ushbu ustunlar uchun - Float yoki Double (31-rasm.). 31-rasm. Umumiy aholi soni, zichligi, viloyatlar maydoni jadvali Hudud maydonini hisoblash uchun “Calculate Geometry” uskunasidan foydalanish mumkin. O'zgarishlarni amalga oshirishdan avval tahrir qilish tartibiga kirish maqsadga muvofiq (chunki o'zgarishlarni bekor qilish mumkin bo'ladi). Keyin sichqonchaning o'ng tugmasi maydon ustunining sarlavxasiga bosiladi va kontekst menyuda “Calculate Geometry” tanlanadi. 32-rasm. «Calculate Geometry» uskunasini ko'rsatkichlar oynasi 46 Ko'rsatilgan oynada hisoblash ko'rsatkichi (maydonni), koordinata tizimi (mazkur holatda Pulkovo 1942 GK Zone 10N, 11N, 12N, 13N ishlatiladi), o'lchash birliklari - gektar (ga) tanlanadi, OK bosiladi. Maydonning qiymati ustunga avtomatik qo'shiladi. 3. Bu bosqichda har bir hududda aholi zichligi hisoblanadi. Atribut jadvaldagi ma'lumotlar bilan matematik operatsiyalarni bajarish “maydonni hisoblash” (Field Calculator) uskunasi bilan amalga oshiriladi. Buni ishga tushirish uchun kontekst menyusini chaqirish kerak (“zichlik” ustuniga sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi) va “Field Calculator” tanlanadi. Aholi zichligi har km 2 ga hisoblab chiqiladi. Zichlikni hisoblash uchun oynada ko'rsatilgan (33-rasm) formulani kiriting: Zichlik=aholi soni/(maydon/1km 2 ) (1) OK tugmasini bosing. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling