Geografik axborot tizimlari


ArcGIS dasturi haqida tushuncha


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1729945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
new gis ohirgi lotin1

ArcGIS dasturi haqida tushuncha 
GIS bilan ishlash uchun foydalanuvchi serverda Web orqali va 
dala sharoitida to‘la qiymatli GIS yaratishi mumkin. Uning tarkibiga bir 
qator strukturaviy komponentlar kiradi (1-rasm):

ArcGIS Desktop — professional ishchi GIS; 

ArcGIS Engine — GIS dasturlarini yaratish uchun ishchi 
bo‘limlarni o‘rnatish;

GIS serveri — ArcSDE®, ArcIMS® va ArcGIS Server

mobil GIS — ArcPad® hamda Tablet PC uchun ArcGIS 
Desktop va Engine. 
ArcGIS – bu komponentlar umumiy modeli bibliotekasining 
dasturiy bo‘limlariga asoslangan GIS bo‘lib, ArcObjects™ deb 
nomlanadi. ArcObjects tarkibiga ko‘plab dasturiy komponentlar kiradi. 
U oddiy obyektlar (masalan, alohida turgan oriyentir obyektlar) va 
murakkab obyektlarni (masalan, ArcMap™ bilan ishlash uchun 
xaritalarni) tavsiflash imkonini beradi. Ushbu komponentlar majmuada 
zamonaviy GISning boy funksional imkoniyatlari bilan ishlab 
chiqaruvchilarni ta’minlaydi. 
Server GIS (ArcGIS Server), GIS (ArcGIS Engine) va ishchi GIS 
(ArcGIS Desktop) GISni taqdim etadi va ArcObjects asosida har bir 
ArcGIS maxsulotning arxitekturasi tuziladi.



1-rasm. ArcGIS geoaxborot tizimining tarkibiy tuzilmasi
Hozirda ish stoli GIS - bu professional GIS bo‘lib, ish sifatini 
nazorat qilish, modellashtirish hamda geografik ma’lumotlardan 
foydalanish majmuasidir. Ish stoli GISi geografik ma’lumotlarni 
to‘plash, nashr qilish va boshqarish, tarqatish uchun yuqori samarali 
vosita hisoblanadi. ArcGIS Desktop rivojlangan GIS ilovalari kompleksi 
bo‘lib, uning tarkibiga bir qator ishchi Windows ilovalari (ArcMap, 
ArcCatalog™, ArcToolbox™ va ArcGlobe) va foydalanuvchi interfeys 
komponentlari kiradi. ArcGIS Desktop ning uch xil darajadagi 
funksionalligi mavjud — ArcView®, ArcEditor™ va ArcInfo™, 
bularning tarkibida ishlab chiqariluvchi ArcGIS Desktop Developer Kit 
paketlardan foydalanib, ushbu tarkibni kengaytirish va sozlash imkoni 
mavjud.
Ushbu qo‘llanma mazmuni doirasida ArcGIS mobil va server 
maxsulotlaridan foydalanish nazarda tutilgan. Bu haqida batafsil va faol 
ma’lumotlarni ishlab chiqarish kompaniyasi saytidan topish mumkin.




Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling