Geografik koordinatalar tizimi hamda chiziqlarni oriyentlar


Download 55.5 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1585441
  1   2   3
Bog'liq
Geografik koordinatalar tizimi hamda chiziqlarni oriyentlar

Geografik dunyo kordinatalari sistemalari. Rastrlarini geografik bog'lash

Reja:

Geografik koordinatalar — yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlang’ich meridian tekisligiga nisbatan o’lchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik G. k. bo’ladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik o’lchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar o’sha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarg a aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizig’iga bog’liq, G. k. esa o’sha nuqtadan tushirilgan shovun chizig’iga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian bo’ylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shim., janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent shahri 4GZS sh.k.da joylashgan. Uzunliklar boshlang’ich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud g’arbga (g’arbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand shahri 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlang’ich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va g’arbga hisoblashda ham qo’llaniladi. Ular parallellar bo’ylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan o’tuvchi meridian „boshlang’ich meridian“, „nolinchi meridian“ deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni o’lchashda turli joylardan o’tgan meridianlar — Ferro olari (Kanar orollarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo rasadxonasidan o’tgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharqda O’rta asrlarda xarita tuzishda Xo’jand sh.dan o’tgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi to’g’risida maʼlumotlar bor.[


Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling