Geografik qobiqda modda va energiyaning aylanishi
-rasm. Yerning landshaft sferasi (F.N.Milkov, 1970)
Download 482.5 Kb.
|
1-mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar royxati
2-rasm. Yerning landshaft sferasi (F.N.Milkov, 1970)
Eng kichik hududiy birlikni nomlashda nemis geograflari (Neef, Xaaze va b.) "Top" atamasidan ko‘proq foydalanadilar. Top-grekcha "Topos"-joy, o‘rin ma’nosini anglatadi. O‘z vaqtida bu atamadan L.G.Ramenskiy (1938), M.A. Pervuxin (1938) lar keng foydalanishgan. A.A.Krauklisning fikricha, A.A.Grigorev aytgan tabiiy geografik jarayonning manbalari ana shu toplar sferasida joylashgandir. Geografik qobiqni inkor etmagan holda, uning o‘rtaliq qismida landshaft sferasi mavjudligini ta’kidlar ekan, F.N.Milkov tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti geografik qobiq bo‘lsa, landshaftshunoslikning predmeti ana shu landshaft sferasidir, degan xulosaga keladi. Erning landshaft sferasi haqidagi tushunchani hozirgi vaqtda keng tan olinayotganligi va landshaftshunoslikning nazariyasi va metodologiyasida asosiy tushunchalardan ekanligini e’tirof etgan V.A.Nikolaev (2006), Erning landshaft qobig‘i (sferasi) geografik qobiqning er yuzasiga yaqin, yupqa qatlami ekanligi va litosfera, atmosfera, gidrosfera hamda biosferalarning faol modda va energiya almashinib turadigan, bir-biriga bevosita tegib turadigan markaziy qismi ekanligi haqida yana bir bor ta’kidlab o‘tadi. SHu bilan birga u Erning landshaft qobig‘ini Erning organik-mineral "terisi" ga, ya’ni "biogeoderma"ga o‘xshatadi. Demak, adabiyotda, shu jumladan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham keng ishlatilib kelinayotgan "geografik qobiq" atamasini saqlash va tabiiy geografiyaning obekti haqida gap borganda, uni boshqa atamalar bilan chalkashtirmaslik lozim bo‘ladi. Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, uning komponentlari o‘zining tuzilishi va rivojlanishi bilan o‘zaro yaqin bog‘liqlikda va chuqur aloqadorlikdaki, alohida tabiat hodisasi hisoblanmish bir butunlikni, yaxlitlikni hosil qilgan. SHu bilan birga u murakkab hududiy tabaqalangandir, ya’ni turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslardan tashkil topgandir. Bu, o‘z navbatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot obekti haqidagi ikkinchi tushunchaning shakllanishiga olib keladi. Tabiiy geografiyaning tadqiqot obekti aynan ana shu tabiiy geografik komplekslar bo‘lishi kerakligini B.P.Orlov (1945), A.G.Isachenko (1953), N.A.Solnsev (1955), V.P.Lidov, L.E.Setunskaya (1956), K.K.Markov (1970) va boshqalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganlar. Ammo bunday fikrni geografiya fani tarixida birinchi bo‘lib A.N.Krasnov (1895) bildirgan edi. Uning fikricha, geografiyaning eng asosiy vazifasi geografik komplekslarni aniqlash, ularning xususiyatlari va tarqalish sabablarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi kerak. A.G.Isachenkoning (1991) fikricha, hozirgi zamon tabiiy geografiyasidagi asosiy g‘oya planetamizning tashqi sferalarini hosil qiluvchi tabiiy komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi g‘oyasidir. Bu g‘oyaning ildizlari A.Gumboldt va V.V.Dokuchaev asarlariga borib taqalsa ham, tarixan ikki yo‘nalishda aniqlashtirilib va rivojlantirilib borildi. Natijada bir tomondan geografik qobiq haqida, ikkinchi tomondan esa tabiiy geografik komplekslar haqidagi tushunchalar shakllandi. Bunda geografik qobiqning o‘zi ham eng yirik tabiiy geografik kompleksdir, deb e’tirof etiladi. Bu haqda taniqli tabiiy geograf V.S.Preobrajenskiy (1972) "tabiiy geografik kompleks va geografik qobiq tushunchalari orasidagi mantiqiy aloqaga alohida e’tibor berish lozim. Bu tushunchalarning o‘zagi bir. Tabiiy geografiya ushbu tushunchalar aks ettirgan ikkala obektni ham o‘z o‘rganish predmeti qilib oladi" - deb yozadi. Tabiiy geografiyaning obekti haqidagi uchinchi tushuncha, bu "tabiiy muhit" yoki "geografik muhit" tushunchasidir. Ushbu tushuncha ko‘proq ilmiy - ommabop adabiyotlarda, ba’zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda, falsafada keng ishlatilib kelinmoqda. Masalan, falsafa lug‘atida bu tushuncha shunday izohlangan: "Geografik muhit - jonli va jonsiz tabiat predmetlari va hodisalarining majmui (er po‘sti, atmosferaning quyi qismi, gidrosfera, ustki tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olami)dir". Ko‘rinib turibdiki, geografik muhit atamasi bilan geografik qobiq atamasining izohlarida o‘xshashliklar bor. SHuning uchun ham K.K.Markov (1951), I.M.Zabelin (1952), I.P.Gerasimov (1956) va boshqalar "geografik muhit" atamalaridan foydalanganlarida albatta inson faoliyatini ko‘zda tutganlar va geografik qobiqning sinonimi sifatida foydalanganlar. N.A.Gvozdetskiy (1979) esa tabiiy geografiya geografik muhit haqidagi fandir deb hisoblaydi va "ijtimoiy ishlab chiqarish va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida geografik muhitning chegaralari geografik qobiqning chegaralariga mos kelib qoldi va shuning uchun tabiiy geografiyaning tadqiqot obekti bittadir, u ham bo‘lsa geografik muhitdir" - deb yozadi. Geografik qobiq va geografik muhit tushunchalarini, hatto ularning chegaralari mos kelib qolgan taqdirda ham, o‘zaro chalkashtirmaslik kerak. Geografik muhitning chegaralari mavhumdir va har Erda muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda turlicha bo‘lishi mumkin. Undan tashqari Erning geografik qobig‘i odam paydo bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan va yoshi, hajmi va boshqa o‘lchamlari bilan geografik muhitdan farq qiladi. Tabiiy geografiyaning tadqiqot obekti haqidagi to‘rtinchi va eng yangi tushuncha geosistemalar (geografik tizimlar) tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga birinchi bo‘lib "geosistema" tushunchasini kiritgan olim V.B.Sochava (1963) hisoblanadi. U geosistemalar haqidagi ta’limotning asoschisi hamdir. V.B.Sochavaning fikricha, geosistemalar haqidagi ta’limot tabiiy geografiya fanining "o‘zagi" ekanligini e’tirof etish bironta shubha yoki ikkilanish uyg‘otmasligi kerak. CHunki bu ta’limot qonuniydir va geografiyaning bundan keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodirdir. A.G.Isachenko (1991) ham tabiiy geografiyaning obekti bo‘lib geosistemalar hisoblanadi va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa va eng qamrovli ta’rifidir, degan fikrni bildiradi. Geosistema tushunchasini geografik adabiyotda ikki xil ma’noda ishlatilayotganini ko‘rish mumkin. Masalan D.L.Armand (1975), A.YU.Reteyum (1972), K.N.Dyakonov (1975) kabilar geosistema deganda moddaning bir tomonlama oqimi birlashtirgan, o‘ziga xos tabiiy geografik komplekslarni tushunadilar. Buni K.N.Dyakonov bergan ta’rifdan ham ko‘rish mumkin. YA’ni, mavjudligi asosida moddaning bir tomonlama tabiiy oqimi yotgan, bir butunlik xususiyatlariga ega bo‘lgan tabiiy hosilalarni geosistemalar deyiladi. Geosistemalar haqidagi ikkinchi tushunchaning mazmuni esa tabiiy geografiya an’anaviy o‘rganib kelayotgan tabiiy geografik komplekslarni geosistema deb hisoblashdan iboratdir. Tabiiy geografiyaning obekti haqidagi, yuqorida tahlil qilingan to‘rtta tushunchadan ikkinchi va to‘rtinchisi, ya’ni tabiiy geografik komplekslar haqidagi va geosistemalar haqidagi tushunchalar mazmun jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalardir. SHu bilan birga ular birinchi, ya’ni geografik qobiq haqidagi tushunchani ham o‘z qamroviga olishi mumkin. Boshqacharoq qilib aytganda, tabiiy geografiya fanining obekti hisoblangan geografik qobiqning o‘zi ham eng katta tabiiy geografik kompleksdir va shu bilan birga dinamik geosistemadir. Tabiiy geografiyaning obekti, predmeti va vazifalari haqida o‘z fikrimizni bildirishdan oldin bir muhim masalaga oydinlik kiritib olishni lozim deb topdik. Bu masala geografik qobiq tabiiy geografiya fanining obektimi yoki predmetimi degan savolning to‘g‘ri javobi bilan bog‘liq. CHunki tabiiy geografiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina asarlarda hanuzgacha obektni predmet deb, yoki bir narsani bir kishi obekt desa, boshqa birovi predmet deb hisoblash hollari uchrab turibdi. Masalan, A.A.Grigorev o‘zining bir maqolasida geografik qobiqni tabiiy geografiyaning obekti deb hisoblasa, boshqa bir ilmiy ishida uni tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti deb yozadi. SHuningdek, S.V.Kalesnik (1957) ham umumiy Er bilimidan tuzgan darsligining 5-betida "Erning geografik yoki landshaft qobig‘ini ayrim tarkibiy qismlarini ko‘p fanlar o‘rganadi. Ammo bu, ichki tuzilish jihatidan bir butun bo‘lgan tabiiy hosila geografiya fanlarining faqat bittasinigina, aynan tabiiy geografiya fanininggina obektidir" - deb yozadi. 6-betida esa tabiiy geografiyaning vazifasiga ikki obektni (ya’ni Erning geografik qobig‘ini bir butun tizim sifatida va geografik qobiqning ayrim qismlari bo‘lmish geografik landshaftlarni) o‘rganish kiradi, degan fikrni bildiradi. 7-betda Erning geografik qobig‘i umumiy Er bilimining o‘rganish predmeti, geografik landshaftlar esa regional tabiiy geografiyaning predmetidir degan qarorga keladi. A.G.Doskach (1964), G.I.Yurenkov (1982), N.I.Mixaylov (1985), V.P.Saygak (1986) va boshqalar geografik qobiqni tabiiy geografiya fanining obekti deb hisoblasalar, V.A.Anuchin (1972), N.A.Gvozdetskiy (1979), A.E.Krivolutskiy (1985) kabilar predmeti deb ta’kidlaydilar. Tabiiy geografiya fanining obekti va predmeti haqidagi fikrlarning bunday xilma-xilligi o‘quvchini chalg‘itadi. Undan tashqari, tabiiy geografiyaning tabiiy fanlar qatorida tutgan o‘rni va tarmoqlanishini to‘g‘ri aniqlab olishga halaqit beradi. Bunday chalkashliklarning asosiy sabablaridan biri obekt so‘zining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. CHunki bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, objectum, ya’ni predmet degan ma’noni beradi. Bu obektning tor ma’nosidir. Falsafa lug‘atida bilishning predmeti deb obektning tajribada qayd etilgan va insonning amaliy faoliyat jarayoniga kiritilgan tomonlari, xususiyatlariga aytiladi. U mazkur sharoitda ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘rganiladi, deb ko‘rsatilgan. Falsafaning bilish nazariyasi bo‘limi hisoblangan gnoseologiyada obekt deganda inson faoliyati jarayoniga kiritilgan va subekt tomonidan predmetlar orqali bilim jihatidan o‘zlashtirilgan va insondan mustaqil bo‘lgan narsalar tushuniladi. Ushbu fikrlarga mos holda A.F.Plaxotnik (1973) fanning predmeti uning obektidan maxsus qo‘yilgan vazifa yordamida va mantiqiy, texnik metodlarni qo‘llash yordamida chiqarib olinadi deb yozadi. Iqtisodiy geograflardan A.S.Soliev (1988) iqtisodiy va sotsial geografiyaning obekti, predmeti, o‘rganish metodlari va vazifalari haqida fikr yuritar ekan, obekt serqirrali borliq, hodisa yoki voqealar bo‘lib, birgina fan uchun emas, balki ko‘p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Har bir fan hodisa va voqealarning bir tomonini (aspektini) o‘rganadi. Ana shu "bir tomoni yoki aspekti" fanning predmetidir, degan xulosaga keladi. Ushbu mulohazadan ko‘rinib turibdiki, fanning obekti uning predmetidan hajmi, mazmuni jihatidan "kattaroq narsa" bo‘lishi kerak. SHu nuqtai nazardan qaraganda, fanning obekti va predmeti haqida F.N.Milkov (1990) bildirgan mulohazalar anchagina munozaralidir. Masalan, uning "fanning o‘rganish predmeti quyiroq tasnif pog‘onasiga joylashgan bir qancha fanlar tizimining obekti bo‘ladi", deb aytishini va tabiiy geografiyaning obekti Er yuzasidir, predmeti geografik qobiqdir degan xulosani e’tirof etish qiyin. Undan tashqari geografik fanlarning tizimli tasnifi va undagi umumiy Er bilimining o‘rni haqida berilgan chizma (1-rasm) esa o‘quvchi uchun uni chalkashtiruvchi boshqotirmaga o‘xshaydi. U tavsiya etayotgan fanlar tasnifi va unga bog‘liq holda obekt va predmet haqida bildirilgan fikrlari esa alohida tahlilga loyiqdir. Bizningcha, tabiiy geografiya fanining tekshirish obekti bittadir. U ham bo‘lsa juda rang-barang va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan geografik qobiqdir. Undagi rang-barang va murakkablik uning serkomponentligi bilan, ular orasida ro‘y berib turadigan hamda tashqi muhit bilan bo‘lib turadigan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarning serqirraligi bilan bog‘liqdir. Geografik qobiqning bunday murakkab tuzilganligi, ya’ni uning ko‘p komponentliligi va turli-tuman tabiiy geografik komplekslardan tashkil topganligi uni har tomonlama tadqiq qilishni taqazo etadi. Uning har bir komponentini u yoki bu xususiy fan o‘z predmeti sifatida o‘rganishi mumkin. Masalan, relefni geomorfologiya fani, tuproqni tuproqshunoslik fani, o‘simlik qoplamini geobotanika kabi. Ammo, bu komponentlarni hammasini birgalikda ular orasidagi mavjud bo‘lgan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari bilan birga, bir butun tabiat hosilasi, ya’ni tabiiy geografik kompleks sifatida faqat tabiiy geografiya fanigina o‘rganadi. Geografik qobiq eng katta tabiiy geografik kompleks sifatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Demak, geografik qobiq tabiiy geografiya fani uchun bir vaqtning o‘zida ham obekt, ham predmet vazifalarini o‘tashi mumkin. SHu ma’noda, I.M.Zabelin (1978) bildirgan fikr e’tiborga loyiqdir. U "geografik qobiq obekt sifatida Er haqidagi bir qator fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin va o‘rganilmoqda ...Geografik qobiq, umuman tabiatning kompleks hodisasi sifatida tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi" - deb yozadi. Geografik qobiqning bir butunligi uning turli qismlarida turlicha tabiiy sharoit mavjudligini inkor etmaydi. Geografik qobiq bir butun tabiiy kompleks bo‘lishi bilan birga turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga tabaqalangandir. Tabiiy geografik kompleks deganda, u kattami yoki kichikmi, baribir, tabiatda obektiv mavjud bo‘lgan, makon va zamonda shakllangan, bir butunlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddiy tizim tushuniladi. Har bir tabiiy geografik kompleks o‘ziga xos bo‘lgan bo‘ylama va enlama strukturaga egadir. Har birining strukturasi komponentlararo va ichki komplekslariaro modda va energiya almashinishi ko‘rinishidagi murakkab tabiiy jarayonlar natijasida shakllanadi. Tabiiy geografiyaga oid kitob va maqolalarda uchraydigan "tabiiy kompleks", "tabiiy hududiy kompleks", "geografik kompleks" yoki "geokompleks" atamalarining hammasi tabiiy geografik kompleks atamasining sinonimi sifatida va keyingi yillarda qo‘llanilayotgan "geosistema" atamasi ham, asosan shu ma’noda ishlatilmoqda. Bizningcha, bu atamadan foydalanilgan taqdirda, tabiiy geografik kompleks atamasining o‘rniga emas, balki u bilan yonma-yon, "ya’ni tabiiy geografik kompleks o‘ziga xos geosistemadir" qabilida ishlatgan ma’qul. Geografik qobiq xaqidagi ta’limot XX asrda A.A.Grigorev tomonidan ishlab chiqildi. Geografik qobiq deb, atmosferaning quyi qismi, litosferaning yuqori qismi, gidrosfera va biosferaning bir-biriga o‘zaro ta’siri etib, o‘zaro bir-biriga kirishib va tutashib turidigan Yerning qismiga aytiladi. Geografik qobiqqa gidrosfera va biosfera to‘liq kiradi, u atmosferada ozon qatlamigacha bo‘lgan joylarni, litosferada esa gipergenez zonasini o‘z ichiga oladi (grekcha hiper-tepada, genesis-kelib chiqish Yer yuzasiga yaqin joylashgan litosferaning bir qismi). Geografik qobiq uncha qalin emas, uning eng katta qalinligi 40 km. atrofida (Yer yuzidan yuqoriga va pastga 15-20 km.ga cho‘zilgan). Geografiik qobiqda juda ko‘p va xilma-xil voqea va jarayonlar sodir bo‘lib turadi, ularning asosiy sababi, ushbu qobiqda Yerning ichki va koinot omillarining birgalikda, ayni bir paytda, hamda juda qarama-qarshi ta’siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. Yer qobig‘ida mazkur ikki guruh kuchlari Yer yuzida to‘qnashib va Yer yuzasining o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlari bilan qo‘shilib, unda sayyoramizning boshqa hech qanday qismida butunlay o‘xshamaydigan o‘ziga xos tabiiy tizimni vujudga keltirgan. Faqat tabiiy va tabiiy-antropogen tizim bo‘lgan geografik qobiq doirasidagina hayot mavjud, hayvonlar va o‘simliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil bo‘ladi, tog‘ jinslari va turli relef shakllari vujudga keladi. Quyoshdan kelgan issiqlik shu erda to‘planadi va mazkur qobiqdagina suv uch holatda: bug‘, suyuq va qattiq holatda bo‘ladi va nihoyat kishilik jamiyati faqat shu qobiqda paydo bo‘lib yashamoqda va rivojlanmoqda. Geografik qobiq tushunchasidan tashqari landshaft qobig‘i (Yu.K.Yefremov) va epigeosfera (A.G.Isachenko) tushunchalari ham ishlatiladi. Ammo hozirgi paytda geografik qobiq tushunchasi keng tarqalgan. Geografik qobiq tushunchasining keng tarqalganligiga qaramasdan, hozirgi paytda olimlar orasida mazkur tushunchani almashtrishga harakat qilayotganlari ham uchrab turibdi. A.A.Grigorev va qator olimlar geografik qobiq va georafik muhit qamrovi bitta, ular bitta tushunchadir degan g‘oyani olg‘a surishadi. Ularning fikricha mazkur ikki tushuncha bir-birini to‘ldiradi va bir xil tabiiy hodisani turli tomondan tavsiflaydi. Ammo XIX asrning 70-yillarida francuz olimi Eliza Reklyu tomonidan tavsiya etilgan geografik muhit tushunchasi tabiiy kategoriya emas, ko‘proq ijtimoiy-tarixiy kategoriyadir. Geografik muhitning chegarasi jamiyatining rivojlanishi bilan kengayib boradi. Hozirgi paytda esa inson faoliyati geografik qobiq chegarasidan chiqib ketdi. Demak, geografik muhit kengayib uning chegarasi geografik qobiq chegarasi bilan muvofiq bo‘lib qolmoqda. Yu.K.Yefremov geografik qobiqni landshaft qobig‘i deb atash lozim degan fikrni bildiradi. Ammo landshaftlar geografik qobiqda juda yupqa qatlamni tashkil qiladi. Shuning uchun landshaft qobig‘i tushunchasini geografik qobiq tushunchasiga qarama-qarshi qo‘yish noto‘g‘ri hisoblanadi, chunki landshaftlar geografik qobiqning bir qismdir. SHuning uchun landshaft qobig‘i tushunchasini alohida va o‘z o‘rnida qo‘llangan ma’qul. A.G.Isachenko geografik qobiq bu Yerning tashqi, tepadagi qobig‘i bo‘lgani uchun uni epigeosfera (grekcha hyper-yuqori) deb atashni tavsiya etadi. Ammo yuqorida aytganimizdek, Yer qobiqlari ularning joylanishiga qarabgina emas, balki moddalarning xossalariga ham qarab ajratilishi hamda Yerning tashqi qobig‘ini geografik qobiq emas atmosfera va magnitosfera tashkil etishini xisobga olsak epigeosfera atamasi geografik qobiq tushunchasiga mos kelmasligi ma’lum bo‘ladi. I.B.Zabelin esa geografik qobiqda hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi sodir bo‘lganligi uchun geografik qobiq tushunchasini biogenosfera tushunchasi bilan almashtirishni tavsiya qilgan. «Biogenosfera» tushunchasi fanda keng tarqalgan «Biosfera» tushunchasiga juda yaqin. Agar mazkur tushuncha qabul qilinadigan bo‘lsa, «Biosfera» tushunchasi murakkablashib va chalkashib ketadi. Bundan tashqari geografik qobiq tushunchasini almashtirishga hojat ham, asos ham yo‘q. Geografik qobiqning yuqorigi va pastki chegaralari haqida olimlar orasida turlicha fikrlar mavjud. A.A.Grigorev geografik qobiqning yuqori chegarasini 20-25 km. yuqorida joylashgan ozon qatlamidan o‘tkazadi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli nurlarni ushlab qoladi, undan pastda atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o‘zaro ta’sirida havo harakatlari kuzatiladi. Ozon qatlamidan yuqorida esa bunday harakatlar ko‘zatilmaydi. A.A.Grigorev fikricha geografik qobiqning quyi chegarasi Moxorovich chizig‘idan sal pastroqdan o‘tadi. Yopishqoqligi yuqori bo‘lgan Yer po‘sti ostidagi qatlam bilan Yer po‘stini o‘zaro ta’siri Yer yuzasi relefini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Quruqlikda geografik qobiqning quyi chegarasi 30-40 km (Yer yuzasidan) chuqurlikdan o‘tadi, okeanlar tubida esa 5-8 km chuqurlikdan o‘tadi. S.V.Kalesnik geografik qobiqni juda tor ma’noda tushunadi. U geografik qobiqni yuqori chegarasini 20-25 km. balandlikdan quyi chegarasini esa qalinligi 500-800 m. bo‘lgan gepergenez zonasining quyi qismidan o‘tkazgan. Mazkur zonada chuqurdagi mineral moddalar tashqi ekzogen kuchlar ta’sirida o‘zgaradi. A.G.Isachenko geografik qobiqqa troposferani, gidrosferani va litosferaning 5-6 km. chuqurlikkacha bo‘lgan yuqori qismini kiritadi (mazkur chuqurlikda cho‘kindi jinslar o‘z xususiyatlarini saqlab qoldadi). I.M Zabelin ham geografik qobiqni xudi shunday chegarada ajratishni ma’qullaydi, ammo geografik qobiqning quyi chegarasini hayot va suv tarqalgan chuqurlikdan o‘tkazishini taklif qiladi. D.L.Armand bo‘yicha geografik qobiqning yuqori chegarasi tropopauzagacha, quyi chegarasi esa Yer po‘stining ostigacha cho‘zilgan. F.N.Milkov ham ushbu fikriga qo‘shiladi va mazkur fikrini quyidagicha isbotlaydi: -Yer iqlimini hosil qiladigan troposferadagi havo massalarining xossalari Yer yuzasini ta’sirida shakllanadi; -Yer po‘sti landshaftlarning litogen asosini tashkil qiladi. Mana shu chegarada geografik qobiqning qalinligi quruqlikda 80 km. gacha, o‘rta okean suv osti tog‘larida esa 20-25 km. ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda geografik qobiqning chegaralarini aniqlashda V.N.Solnsevning fikri kengroq tarqalmoqda. Uning fikricha geografik qobiqda moddalar murakkab ierarxik tuzilishiga ega: mayda atomlardan tortib yirik jismlargacha mavjud. Moddalar geografik qobiqda uch holatda bo‘ladi (qattiq, suyuq, gaz) yoki tirik modda holida bo‘ladi. Geografik qobiqdan tashqarida esa moddalar subatom holida (80 km. balandlikda atmosferadagi ionlashgan gazlar; mantiyada moddalarni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, bu o‘tish atomlar zichligini oritishi bilan kuzatiladi) bo‘ladi. Geografik qobiq murakkab tizim bo‘lib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi holatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Geografik qobiq moddiy tarkibining va tuzilishining o‘ziga hosiligi va hilma-hilligi. Geografik qobiqda moddalar uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq, gaz). Ularning fizik xossalari (zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi, yopishqoqlik, darzlanganlik darajasi, Quyosh nurlarini qaytarish xossasi va x.k) juda katta oraliqlarda o‘zgaradi. Moddalarning ximik hossalari turlicha. Bundan tashqari geografik qobiqda moddalar tuzilishiga ko‘ra noorganiq, organiq va aralash turlarga bo‘linadi. Moddalarning har bir ajratilgan turi o‘z navbatida yana yuzlab va minglab hillarga bo‘linib ketadi. Tirik organizimlarning turlari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha etadi. 2. Geografik qobiqqa kelayotgan issiqlikning va uning o‘zgarishining nihoyatda xilma-xilligi. Geografik qobiqqa issiqlik koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ular nihoyatda xilma-xildir. Ularning o‘zgarishi ham turlicha. Issiqlik o‘zgarishining turlari ichida uni organiq modda sifatida to‘planishi katta ahamiyatga ega. Quyoshdan kelayotgan issiqlik yog‘och, ko‘mir, neft, torf, yonuvchi slanets kabi organiq moddalarga aylanadi. Ular yoqilganda Quyosh issiqligi yana qaytib chiqadi. 3. Yerning sharsimonli Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yuzasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relfni, murakkab taqsimlanishi ham keltirib chiqaradi. Geografik qobiqdagi muvozanatsizlik turli xil harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday harakatlarga issiqlik oqimi, havo harakatlari, suv oqimlari, tuproq eritmalari, ximik elementlar migratsiyasi, ximiyaviy reaksiyalar va x.k kiradi. Modda va issiqlikning harakati geografik qobiqning hamma qismlarini bir-biri bilan bog‘laydi va uni bir butunligi va yaxlitligini ta’minlaydi. 4. Geografik qobiqning moddiy tizim sifatida rivojlanishi davomida uning tuzilishi murakkablasha borgan, undagi moddalarning turlari va issiqlik gradientlar orta borgan. Geografik qobiq rivojlanishining ma’lum bir bosqischida unda hayot vujudga kelgan. Hayot bu moddiy jism harakatining eng yuqori shaklidir. Hayotning vujudga kelishi-bu geografik qobiq rivojlanishining qonuniy natijasidir. Tirik mavjudodlarning faoliyati esa Yer yuzasi tabiatini sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keldi. 5. Geografik qobiqning shakllanishi va rivojlanishida fa’zoviy omillarning ahamiyati ham o‘lkandir. Fa’zoviy omillarga quyidagilar kiradi: Yerning og‘irligi, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa, Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanish tezligi, magnitosferaning mavjudligi. Magnitosferaning mavjudligi Yer uchun qulay termodinamik sharoitni keltirib chiqaradi. Faqat Yerdagina juda murakkab moddiy tizmining vujudga kelishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan. 6. Geografik qobiq mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega. Atmosferaning, okeanning, muzliklarning tarkibi va og‘irligi, Yer yuzasida quruqlik va suvlikning taqsimlanishi, turli xil relef shakllarining joylanishi va qiyofasi juda katta ahamiyatga ega. CHunki ular mustaqil o‘lchamlarga ega. Yer yuzasi qanday tabiiy ofatlar natijasida tabiat o‘zgarmasin ma’lum vaqt o‘tishi bilan asta-sekin qayta tiklanadi. Masalan, to‘rtlamchi davrdagi muz bosish davrlarida Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy hududlarida tabiat komplekslari tamoman nobud bo‘lgan. Ammo muz qaytgandan keyin mazkur joylardagi o‘rmon, o‘rmontundra va tundra landshaftlari qaytadan tiklangan. Geografik qobiqdagi zamon va makon ichidagi o‘zgarishlari natijasida o‘ziga xos holat yuzaga kelgan. Yer shari harakati shimoliy hududlarda g‘arbga qarab qiyalashuvni keltirib chiqaradi. Geografik qobiq rivojlanishining eng yuqori bosqichida tabiiy xududiy va tabiiy akval majmualar vujudga kelgan. Fanning va uning qismlarining rivojlanishi izlanishlar olib borilishi va ularning hisobotlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular muhokamalari va va nashrlari, ularga taqrizlar va ilmiy xamkorliklar bilan aks ettiriladi. Bu esa ilmiy jurnallar va konferensiya to‘plamlarida ko‘rinadi. Ayrim tanlangshan. natijalar esa keng auditoriyalarda qo‘llanilishi va ko‘rsatilishi ham mumkin. Lekin aksariyat natija va xulosalar tor ilmiy jurnallarda chop etilib, kichik doiralar va mutaxasislar tomonidan ko‘rib chiqiladi xolos. Har bir geografiyaning tarmoqg‘i o‘zining jurnaliga va tuzilishiga ega bo‘lib, tabiiy va ijtimoiy geografiyasiga bo‘linadi. Ularning aniq joylashuvi jurnallarning yagonaligida, va qismlarning bo‘linishida namoyon bo‘ladi: masalan iqtisodiy geografiya, siyosiy geografiya, transpor geografiyasi va h.k. Ko‘p xollarda jurnallar universitetlarda nashr qilinadi va tarmoqlarga ajratiladi. SHu bilan birga geografilar fanlar aro jurnallarda ham izlanishlar natijalarini chop etadilar. Geografik jurnallarda asosan tabiiy geografiya aniq namoyon bo‘ladi va aksincha ijtimoiy geogroafiya boshqa fanlar bilan keng hamkorlik qiladi. Bu holat ayniqsa amerika geografiyasida aniq namoyon bo‘ladi chunki bu erdagi to‘lovlar birmuncha yuqori bo‘lganligi tufayli. Tabiiy geografiya mustaqil fan sifatida qaraladigan bo‘lsa, uning ahamiyati kamayadi. Tabiiy geografiyaning ilmiy maqomi qadimdan tashkil bo‘lishidan qat’iy nazar, u umumiy fanning bir bo‘lagidir. Ilm-fanni turli ikki asosiy jihatiga e’tibor qaratish va tushunish mumkin. Birinchisi, geomorfologiya qisqacha tarixi, etakchi g‘oyalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi ko‘rsatiladi. Ikkinchidan, turli fan bahslar asosida shakllanadi. Ilm-fan bo‘lishi uchun turli ilmiy fanlar bir ketma-ketlikdagi fanlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek bu holat tabiiy geografiya uchun ham muhim hisoblanadi. Bu fanlar - muhim jihatdan farq qilsalarda, lekin ularni bog‘lab asosiy mavzu bor. Murakkab tizimlar tushunish va tushuntirish rasmiy, oqilona qurilmalar bir qator vositalardan orqali erishish mumkin. Ammo, har qaysi fan o‘z tadqiqot doirasini aniqlash uchun harakat qilib ko‘rishi mumkin, buning uchun bizda juda ko‘p turli xil yo‘llari bor, shu bilan birga o‘ziga xos muammolar ham mavjud. Yerning ichki va tashqi (koinot) omillari va jarayonlari yer po‘stining yuza qismida to‘qnashib va o‘zaro ta’sirlashib sayyoramizning boshqa hech bir qismida uchramaydigan o‘ziga xos tabiiy tizim – geografik qobiqni vujudga keltirgan. Geografik qobiqning mohiyati shundaki, faqat undagina suv uch xil holatda uchraydi, hayvonlar va o‘simliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil bo‘ladi, turli tog‘ jinslari va relyef shakllari vujudga keladi, quyosh energiyasi to‘planadi va xususiyatlarini o‘zgartiradi. Eng asosiysi, hayot mavjud, kishilik jamiyati faqat shu qobiqda paydo bo‘lib yashamoqda va rivojlanmoqda. Geografik qobiq juda murakkab tuzilgan bo‘lib, unda 3 tarkibiy tuzilish darajalari ajratiladi: geokomponentli, geosferali, geotizimli. Geokomponentli eng sodda tuzilish darajasi. Geokomponentlar yer yuzidagi bir xil holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalardir. Bular tog‘ jinslari, tuproq, suv, havo, o‘simlik va hayvonlar. Geosferali tuzilish bitta geokomponentdan tashkil topgan geosferalardan iborat. Geosferalar geografik qobiqning vertikal tuzilishini belgilaydi, ular solishtirma og‘irligi bo‘yicha vertikal tabaqalanib joylashgan: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera. Litosfera, gidrosfera va atmosfera deyarli bir xil moddalardan tarkib topgan va uzluksiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik moddalar tarqalgan qobiq bo‘lib, yaxlit qobiq hosil qilmaydi. U boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Geotizimli tuzilish geografik qobiqning gorizontal tuzilishini ifodalaydi. Geotizimlar barcha komponentlarni qamrab olib, ularning o‘zaro ta’sir va aloqalaridan hosil bo‘lgan murakkab tizimlardir. Geografik qobiqning chegaralari haqida quyi sinfl ardan bilasiz. Geografik qobiqning o‘lchamlari, pastki va yuqori chegaralari haqida turli olimlarning fikrlari turlicha. Uning chegarasini barcha geokomponentlar o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan va geografik qonuniyatlar namoyon bo‘ladigan yuzadan, sathdan o‘tkaziladi. Bu chegara Yer yuzining turli qismlarida har xil qalinlikka ega. Geografik qobiq uni tashkil qiluvchi qobiqlardanko‘p xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Geografik qobiq moddiy tarkibi va tuzilishining xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar uch xil, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon holatda uchraydi. Ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari turlicha va o‘zgaruvchan. Moddalarning tuzilishiga ko‘ra, organik, noorganik va aralash turlari ajratiladi. 2. Geografik qobiqda energiyaning turli xillari uchraydi. Quyosh ener giyasi kimyoviy jarayonlar, issiqlik va mexanik energiyaga aylanadi. 3. Geografik qobiqda issiqlikning o‘zgarishi va to‘planishi. Geografik qobiqqa issiqlik koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ushbu issiqlikning bir qismi organik moddalarda va ularning qoldiqlarida to‘pla- nadi (ko‘mir, gaz, neft, torf va h.k.) 4. Geografik qobiqda uni tashkil etuvchi komponentlar va geosferalarning o‘zaro ta’siri va aloqalari natijasida sifat jihatidan yangi hosilalar – geotizimlar vujudga kelgan. 5. Geografik qobiqda hayotning mavjudligi. Tirik organizmlar, jumladan inson uchun faqat shu yerdagina qulay muhit mavjud. 6. Geografik qobiq o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Geografik qobiqning bir nechta qonuniyatlari mavjud bo‘lib, eng asosiylari: bir butunlik, zonallik, azonallik, modda va energiyaning aylanma harakati, ritmiklik. Geografik qobiqning bir butunligi qonuniyati muhim qonuniyatlardan biri bo‘lib, barcha komponentlarning bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi va ulardan birining o‘zgarishi butun qobiqning yaxlitligini buzilishiga olib kelishida namoyon bo‘ladi. Chunki, geografik qobiq – tabiat komponentlarining oddiygina yig‘indisi bo‘lmasdan, balki maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan va yaxlit, bir butun rivojlanuvchi sifatiy yangi hosiladir. Geografik qobiqning bir butunligi va komponentlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘rtlamchi davr muz bosishlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Muz bosish davrlarida katta hajmdagi suv muzliklarda to‘planadi. Bu esa Dunyo okeani sathining sezilarli pasayishiga (100–110 m) olib kelgan. Dunyo okeani sathining pasayishi, o‘z navbatida, Yerning butun tabiatida aks etadi: shelfning qurishi yuz beradi, materiklar va okeanlarning qirg‘oq chegaralari, qiyofasi o‘zgaradi, orollarning ayrimlari materiklar bilan tutashadi, ayrim bo‘g‘izlar (masalan, Bering, Gibraltar) quruqlikka aylanib materiklar tutashib ketadi va "kontinental ko‘priklar” vujudga keladi. Ushbu "ko‘priklar” orqali turlarning migratsiyasi ro‘y berib, o‘simliklar va hayvonlar yangi yerlarni egallaydi. Yer yuzining barcha daryo havzalarida eroziya ba’zisining pasayishi natijasida chuqurlatma eroziya faollashadi. Muz bosish davrlari oralig‘idagi issiq vaqtlarda materik muzliklari erib, daryo suvlarining okeanga quyilishi va okeanlardagi muzliklarning erishi natijasida Dunyo okeani suv sathi ko‘tarilgan. Eroziya ba’zisining ko‘tarilishi hisobiga daryolarda yonlama eroziya faollashgan. "Kontinental ko‘priklar” yo‘qolib, quruqlik organizmlarining migratsiyasini chegaralab, suv organizmlari mig ratsiyasini kuchaytirgan. Agar, "kontinental ko‘priklar” so‘nggi muz bosish davrlarida vujudga kelmagan bo‘lsa, materik va orollarda (masalan, Avstraliya, Madagaskar) o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi shakllangan, ularda endemiklar ko‘proq uchraydi. Modda va energiyaning aylanma harakati. Geografik qobiqda modda va energiyaning aylanma harakati uning bir butunligini ta’minlaydi. Aylanma harakatda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadagi moddalar ishtirok etadi. Litosferada, asosan, gipergenez zonasigacha, ya’ni nuragan g‘ovak jinslar tarqalgan chegaragacha bo‘lgan moddalar aylanma harakatda ishtirok etadi. Atmosferada aylanma harakat atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasida namoyon bo‘ladi, sayyoraviy miqyosdagi shamollar (havo oqimi)ning shakllanishi sodir bo‘ladi. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga mintaqaviy va mahalliy aylanma harakatlar qo‘shiladi. Gidrosferada suvning katta va kichik aylanma harakati sodir bo‘ladi. Okeanda suv massalarining gorizontal va vertikal aylanma harakati, quruqlikda suvning daryo o‘zanlari bo‘ylab oqishi, ko‘llarning, muzliklarning va yerosti suvlarining hosil bo‘lishi va boshqalar kuzatiladi. Katta ahamiyatga ega biologik aylanma harakat – organik moddalarning hosil bo‘lishi va parchalanishida namoyon bo‘ladi. Aylanma harakatlar murakkabligi bo‘yicha turlichadir. Ayrim aylanma harakatlarda moddaning mexanik aralashmasi (masalan, atmosfe raning umumiy sirkulyatsiyasi, okean oqimlari) yuz bersa, boshqalarida modda holatining o‘zgarishi (masalan, suvning aylanma harakatida gaz, suyuq, qattiq holatga o‘tishi) kuzatiladi, uchinchi xilida esa kimyoviy aylanish (fotosintez reaksiyasi) kuzatiladi. Bir butunlik hamda modda va energiyaning aylanma harakati qonuniyatlarini o‘rganish tabiatdan, uning boyliklaridan to‘g‘ri foydalanishda juda muhim. Ritmiklik deb, bir yo‘nalishda rivojlanuvchi tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishiga aytiladi. Ritmiklikning ikki xil shakli ajratiladi: davriylik – bir xil davom etadigan ritmiklik bo‘lib, hodisa va jarayonlarning aniq bir vaqt davomida takrorlanib turishi; sikllik – vaqti-vaqti bilan davom etadigan ritmiklik bo‘lib, hodisa va jarayonlarning turli muddatda takrorlanishi. Ritmik hodisalar turlicha davomiylikda bo‘ladi: ko‘p asrlik, asr ichidagi, yillik, sutkalik. Yer tarixidagi eng katta ritmiklik (sikllik) Quyosh sistemasining galaktika markazi atrof da aylanishi bilan bog‘liq va 180–220 mln yilni o‘z ichiga oladi. Yer tarixida ular tektonik davrlarda namoyon bo‘lgan: kaledon (kembriy, ordovik, silur), gersin (devon, tosh ko‘mir, perm), mezozoy (trias, yura, bo‘r), kaynozoy. Bu davrda tektonik harakatlar, vulqon otilishlari faollashadi, materiklarning qiyofasi, iqlim, oxir oqibatda Yer tabiati o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Xulosa Demak, geografik qobiq deganda atmosferaning quyi qatlamlari, litosferaning yuqori qismi, butun gidrosfera va biosferani o'z ichiga olgan, aloqada, o'zaro kirishda va o'zaro ta'sirda bo'lgan Yerning uzluksiz qobig'i tushunilishi kerak. Biz yana bir bor ta'kidlaymizki, geografik qobiq sayyoraviy (eng katta) tabiiy kompleksdir. Ko'pgina olimlar geografik qobiqning qalinligi o'rtacha 55 km deb hisoblashadi. Yerning kattaligi bilan solishtirganda, bu nozik plyonka. Geografik konvert faqat unga xos bo'lgan eng muhim xususiyatlarga ega: a) uning hayoti bor (tirik organizmlar); b) undagi moddalar qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo'ladi; v) insoniyat jamiyati unda mavjud va rivojlanadi; d) rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga ega. Geografik konvertning yaxlitligi uning tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liqligi va o'zaro bog'liqligidir. Yaxlitlikning isboti oddiy haqiqatdir - kamida bitta komponentning o'zgarishi muqarrar ravishda boshqalarning o'zgarishiga olib keladi. Geografik qobiqning barcha tarkibiy qismlari moddalar va energiya aylanishi orqali bir butunga bog'lanadi, buning natijasida qobiqlar (sferalar) o'rtasidagi almashinuv ham amalga oshiriladi. Ritm jonli va jonsiz tabiatga xosdir. Insoniyat, ehtimol, geografik qobiqning ritmini to'liq o'rganmagan. Kirish qismida ko'tarilgan masalalar ko'rib chiqiladi, ish maqsadiga erishiladi. Adabiyotlar ro'yxati Grigoryev A. A. Yer kurrasining fizik-geografik qobig'ining tarkibi va tuzilishining analitik tavsiflari tajribasi - M .: 1997 - 687s. Kalesnik S. V. Yerning umumiy geografik naqshlari. - M.: 1970 - 485-yillar. Parmuzin Yu.P., Karpov G.V. Fizik geografiya lug'ati. - M.: Ma'rifat, 2003 - 367 b. Ryabchikov A.M. Geosferaning tuzilishi va dinamikasi, uning tabiiy rivojlanishi va inson tomonidan o'zgarishi. -M.: 2001.- 564s. Materiklar va okeanlarning fizik geografiyasi: Darslik / Ed. A.M. Ryabchikov. - M.: Oliy maktab, 2002. - 592 b. Download 482.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling