Geografiya 10 sinf 2017. indd


Yonbag‘ir ekspozitsiyasi –


Download 1.04 Mb.
bet25/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Yonbag‘ir ekspozitsiyasi – tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq to- monlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Ma- salan, yonbag‘ir janubga qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya bo‘ladi.

Balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligi (tabiat zonalari) bilan chambarchas bog‘liq. Balandlik mintaqasi tog‘ning etagi qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa o‘sha tabiat zonasidan boshlanadi. Masalan, O‘zbekiston mo‘tadil mintaqa cho‘l tabiat zonasida joylashgani uchun tog‘larning aksariyatida birinchi balandlik mintaqasi cho‘l hisoblanadi. So‘ngra adir (tog‘ cho‘l-dasht va quruq dasht), tog‘ (tog‘-o‘rmon), yay- lov (tog‘-dasht va tog‘ o‘tloq dasht) va nihoyat glyatsial-nival (muz- qor, sovuq) balandlik mintaqalari almashinib keladi.

O‘zbekiston tog‘larida o‘simliklarning balandlik mintaqalanishini


  1. Z. Zokirov o‘rganib, to‘rtta balandlik mintaqasini ajratgan va mahalliy atamalardan foydalanib quyidagicha nomlaydi: cho‘l, adir, tog‘, yaylov. Cho‘l balandlik mintaqasi Respublikamizning mutlaq balandligi 400-500 m gacha bo‘lgan hududlarini o‘z ichiga oladi. Adir balandlik mintaqasi dengiz sathidan 400–500 m dan 1000–1200 m gacha, respublika janu- bida janubiy ekspozitsiyada 1600 m gacha bo‘lgan tog‘ oldi hududlari- ni o‘z ichiga oladi. Tog‘ balandlik mintaqasi tog‘larning 1000–1200 m, ayrim joylarda 1600 m dan 2700–2800 m gacha bo‘lgan balandliklarini, yaylov balandlik mintaqasi esa 2700–2800 m dan boshlanib, doimiy qor va muzlargacha, ya’ni qor chizig‘igacha davom etadi. K. Z. Zokirov doimiy qor va muzliklarni alohida mintaqa sifatida ajratmaydi. Sababi, u yerlarda o‘simliklar o‘smaydi. O‘simliklar tarqalishi qor chizig‘i bilan

chegaralanadi. Shuning uchun qor chizig‘idan baland yerlarni glyatsial- nival zonasiga birlashtiradi. Bu mintaqa Piskom daryo havzasida 3600 m, Qashqadaryo havzasida 3820 m, To‘polongdaryo havzasida 3860 m, Sangardak havzasida 3850 m balandlikdan boshlanadi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling