Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA


Download 1.04 Mb.
bet2/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

1-§. GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA

Ma’lumki, geografiya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadi- gan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, 5-sinfda Siz geografiyaga “Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb berilgan ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografiya fanining o‘rganish obyekti geografik qobiq ekanligini ham bilib oldingiz.



Geografik qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (bio- sfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografik qobiq insoniyatning yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy resurslarning asosiy manbayi hisoblanadi.

Geografik qobiq, o‘z navbatida, bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab katta-kichik tabiiy geografik birliklarga, ya’ni quruqlik va suvlik, ma- teriklar va okeanlar, tabiiy geografik o‘lkalar, tabiat zonalari, provinsi- yalar, tabiiy geografik okruglar va hokazolarga bo‘linadi hamda bular- ning barchasi geografiya fani tomonidan har tomonlama tadqiq etiladi. Shuningdek, geografiya jamiyatning tarixiy rivojlanishi mobaynida pay- do bo‘lgan hududiy tuzilmalar – mamlakatlar, viloyatlar, shahar va qishloqlarni ham o‘rganadi.



Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni bosh- qa fanlar ham o‘rganadi, lekin aynan geografiya bu obyekt va jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlikda, ma’lum hudud chegaralarida bir butunligicha tadqiq etib, hududlar va butun Yer yuzi haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvur- ni shakllantiradi. Geografiya fan sohasi sifatida tarkib topgandan buyon, ayniqsa, hozirgi davrda, uning uchun tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘za- ro aloqadorlik masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Demak, zamonaviy sharoitda geografiya – geografik qobiq ichidagi tabiiy hamda ijtimoiy jarayon, hodisa va obyektlarni o‘zaro aloqadorlikda va bir butunlikda, ma’lum makon va zamonda o‘rganadigan fan bo‘lib rivojlanib kelmoqda.

Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijti- moiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, uning komponentlari va Yer yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa, ik- kinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, shahar va qishloqlari miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab chiqarish sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi.

Geografik bilimlar qamrovi va hajmining kengayishi, fanning ilmiy- amaliy ahamiyatining chuqurlashuvi natijasida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya tarkibida bir nechta mohiyatan torroq fan va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari shakllandi. Jumladan, tabiiy geografiya doirasida alohida ta- biat komponentlarini atroflicha o‘rganadigan fanlar shakllanib, mustaqil fan sifatida rivojlanmoqda: geomorfologiya (Yer yuzi relyefini o‘rganadi), iqlimshunoslik (iqlim xususiyatlarini o‘rganadi), gidrologiya (gidrosferani o‘rganadi, okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi), glyatsi- ologiya (qor va muzliklarni tadqiq etadi), geokriologiya (ko‘p yillik muz- loq yerlarni o‘rganadi), tuproqlar geografiyasi (tuproqlarning tarqalishini o‘rganadi) va biogeografiya (tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishini o‘rganadi, geobotanika va zoogeografiyaga bo‘linadi). Sayyoraviy ahami- yatga ega tabiiy geografik jarayonlarni va geografik qobiqni bir butun yaxlit tizim sifatida umumiy tabiiy geografiya o‘rganadi. Kichik hududlar tabiatining tuzilishi va xususiyatlarini tadqiq qiluvchi landshaftshunoslik fani ham tabiiy geografik fanlar qatorida alohida ajralib turadi. Tabiatga inson xo‘jalik faoliyati ta’sirining kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan geoekologiya fani atrof tabiiy muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarish va ekologik muammolarni geotizimlar doirasida tadqiq etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya doirasida ham shunga o‘xshash tarmoq- lanish jarayoni rivojlanib bormoqda. Buning natijasida, aholi geografi- yasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), siyosiy geografiya (jahon siyosiy xaritasi, davlat chegaralari, siyosiy munosabat va jarayonlarni o‘rganuvchi fan), sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jaligi geografiyasi, transport geografiyasi, turizm geografiyasi, xizmat ko‘rsatish sohasi geografiyasi, etnogeografiya (xalqlar geografiyasi), din geografiyasi va boshqa geografik fanlar vujudga kelgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqti- sodiy geografik fanlar ichida jahon iqtisodiyoti va xalqaro mehnat taq- simotini o‘rganuvchi jahon xo‘jaligi geografiyasi hamda dunyo mam- lakatlarini har tomonlama tadqiq etadigan mamlakatshunoslik kabi keng qamrovli fanlar ham rivojlanmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, geografiya hozir- gi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va predmeti o‘za- ro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi. Bu fanlar tizimi tarkibida tabiiy geografik va ijtimoiy (ya’ni, jamiyatni o‘rganuvchi) geografik fan guruhlari ajralib turadi. Shuning- dek, jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish chog‘ida qator umumgeografik mazmun-mohiyatga ega fanlar ham tarkib top- gan, masalan, tabiiy resurslar va tabiatdan foydalanish geografiyasi, tibbiy geografiya (turli hududlarda yashovchi aholining salomatligi va kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganadi). Geografik fanlar tizimida geografik xaritalarni tuzish va ular bilan ish- lashni o‘rganadigan kartografiya fani alohida o‘rin va ahamiyatga ega. Geografik fanlar turkumiga kiruvchi barcha fanlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, umumiy ilmiy va amaliy maqsadlarni ko‘zlagan holda rivojlan- moqda. Turli geografik fanlar uyg‘unligida Yer yuzi va alohida hudud- lar haqida yaxlit tasavvur shakllanadi, mamlakat va hududlar rivojla- nishining muammo va istiqbollari aniqlanadi, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ish-

lab chiqiladi.

Geografiyani o‘rgana boshlagan paytda bu fanning nomi qadim- gi yunon tilida “Yerning tasviri” degan lug‘aviy ma’no berishini bilib olgansiz. Lekin hozirgi davr geograflari turli joylar tabiati, aholisi va xo‘jaligini tasvirlash va tavsiflash bilan cheklanib qolmasdan, turli ta- biiy va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadilar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mu- nosabat va ziddiyatlarni atroflicha tahlil qiladilar, dolzarb ahamiyatli ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o‘zi- ga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo‘llari- ni ishlab chiqadilar. Zamonaviy geografiya an’anaviy tasvirlovchi mohi- yatdagi “Nima? Qayerda? Qancha?” savollariga javob beruvchi fandan “Nima? Qayerda? Qancha? Nima sababdan? Qanday foydalanish ke- rak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?” degan savollarga javob topuvchi keng qamrovli nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fanlar tizimiga aylandi.

Geografiya fanining vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bi- lan o‘zgarib bordi. Bugungi kunda zamonaviy geografiyaning oldi-

ga qo‘ygan vazifalari bir qancha bo‘lib, eng asosiy vazifasi tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishdir.

Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o‘rganish jara- yonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bulardan eng muhim- lari – ekspeditsiya, tasviriy, kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, ra- yonlashtirish usullari. Shuningdek, borgan sari geografik tadqiqotlarda matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy va geofizik kabi zamonaviy tadqiqot usullarining ahamiyati hamda qo‘lla- nilish qamrovi kengayib bormoqda.



Geografiya, geografiya fanlari tizimi, tabiiy geografik va ijtimoiy geografik fanlar, geografik qobiq, rayon, tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlari, tadqiqot usullari.

  1. Geografiyaning o‘rganish obyekti nima?

  2. Geografiya fanlari tizimida qanday fanlar mavjud?

  3. Geografiyada hozirgi paytda qanday masalalar ustida va qanday tadqiqot usullari yordamida izlanishlar olib borilmoqda?

  4. Mavzudagi ma’lumotlardan foydalanib, geografiya fanlari tizimining tuzilishini aks ettiruvchi chizmani daftaringizga chizing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling