Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet7/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Hozirgi zamon bosqichi. Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografiya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografik tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografik axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylana- simon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografik qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda.

Fanda tabaqalanish, ya’ni geografik fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy land- shaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan “oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografiya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografiyasi, geografiya bilan tarix, filologiya ora- lig‘ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi.


Geografiya, antik davr, o‘rta asrlar, sharq geografiyasi, buyuk geografik kashfiyotlar, dunyo aylana sayohat, ekspeditsiya, ilmiy geografiya, yangi geografiya, ta’limotlar.


    1. O‘rta asrlar bosqichining asosiy natijalari nimalardan iborat?

    2. Ilmiy geografik ishlar bosqichining asosiy natijalari haqida nimalarni bilasiz?

    3. Geografiya fanida qanday ta’limotlar yaratildi?

    4. Dunyoning yozuvsiz xaritasiga sayohat va ekspeditsiyalarning yo‘nalishini chi- zing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling