Geografiya 10 sinf 2017. indd


Yerning ayrim o‘lchamlari


Download 1.04 Mb.
bet9/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Yerning ayrim o‘lchamlari

1-jadval





O‘rtacha ekvatorial radiusi

6378,14 km




Ekvator uzunligi

40 075,7 km

O‘rtacha qutbiy radiusi

6356,78 km

Hajmi

1,083 × 1012 km 3

Qutbiy siqiqligi

21,36 km

O‘rtacha zichligi

5,52 g/sm3

Ekvatorial siqiqligi

213 m

Massasi

5,976 × 1024 kg

Meridian uzunligi

40 008,5 km

Yer yuzasining maydoni

510 mln km 2

Yerning shakli va o‘lchamlarining geografik ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    • Yerning sharsimon shakli quyosh nurlari tushish burchagining ek- vatordan qutblarga tomon qonuniyatli o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa geografik zonallik qonuniyatini yuzaga keltirgan;

    • Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to‘playdi va quyuqlashtiradi. Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ichki qismi- da turli zichlikka ega qobiqlar hosil bo‘ladi. Yerning qobiqli tuzilishi uning asosiy xususiyatidir;

    • Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning dumaloq (sharsimon) shakldaligi makonning bir butun va cheksizligini ta’minlaydi;

    • Yerning haqiqiy shakli – geoidning shardan og‘ishi Yer ichida- gi moddalarining muvozanatga intilishi tufayli yer po‘stida ko‘tari- lishlar va cho‘kishlar, yer yoriqlari yuzaga kelishiga, oqibatda rel- yefning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Relyef va tektonik harakatlar geografik qobiqda azonallik qonuniyatini yuzaga keltiruvchi omil- lardir. Zonallik va azonallik qonuniyatlarining bir joyda va bir

paytda namoyon bo‘lishi Yer yuzi tabiatining turli-tuman bo‘lishini keltirib chiqargan;

- Yer zichligi va massasining kattaligi uning tortish kuchi katta bo‘lishini, bu esa o‘z atrofida havo va suvni ushlab turishini ta’min- lagan. Yer yuzasidagi atmosfera bosimining mavjudligi suvning suyuq holda bo‘lishiga imkon beradi, aks holda suv bug‘lanib ketgan bo‘lar edi. Yerda ma’lum bir doimiy issiqlik sharoitini ushlab turishda atmos- fera va gidrosferaning ahamiyati katta. Atmosfera Quyoshdan kelayot- gan zararli elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Dunyo okeani esa juda katta issiqlik manbayidir.



Yer sayyorasi bir vaqtning o‘zida bir qancha harakatlarni amalga oshiradi. Ulardan Yer tabiati va odamlar hayoti uchun eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadiganlari Yerning Quyosh atrofida, o‘z o‘qi atrofida va Yer–Oy umumiy og‘irlik markazi atrofida aylanishidir.

Yer Quyosh atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda o‘rtacha 29,8 km/ sekund tezlik bilan 934 mln km bo‘lgan orbitani 365 sutka 6 soatda to‘la bir marta aylanib chiqadi. Yer orbitasi (Quyosh atrofida aylanish yo‘li) ellips shaklda. Shuning uchun Quyosh bilan Yer orasidagi maso- fa doim o‘zgarib turadi. Yer orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi

  • perigeliy deyiladi. Bu nuqtada Yer va Quyosh orasidagi masofa 147 mln km ga teng. Yer orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi esa afe- liy deyilib, Yer bilan Quyosh o‘rtasidagi masofa 152 mln km bo‘ladi. Shuning uchun Yer orbita bo‘ylab turli tezlikda harakat qiladi, ya’ni perigeliyda eng tez (30,3 km/sekund), afeliyda eng sekin (29,3 km/ sekund) aylanadi. Buning oqibatida Quyosh Shimoliy yarimsharga 186 kun, Janubiy yarimsharga esa 179 kun nur sochadi. Lekin bu Yerga ke- ladigan issiqlikning miqdoriga ta’sir qilmaydi. Yer orbitasining aylanaga yaqin ellipsligi tufayli Yerga keladigan issiqlikning miqdori o‘zgarmay- di, ya’ni doimiydir. Shu sababli Yer yuzida doimiy issiq sharoit yuzaga kelgan.

Yerning Quyosh atrofida aylanishining geografik oqibatlari: yil fasl- lari hosil bo‘ladi, kun va tun davomiyligi o‘zgaradi, Quyosh turishi nuqtalari (22 iyun, 22 dekabr) hamda bahorgi va kuzgi tengkunliklar (21 mart, 23 sentyabr) bo‘ladi, Quyosh Shimoliy yarimsharga 1 hafta ko‘proq nur sochadi, yorug‘lik mintaqalari hosil bo‘ladi, doimiy issiq- lik sharoit qaror topadi, musson shamollari paydo bo‘ladi, umuman, geografik qobiqda yillik ritmiklik qonuniyati yuzaga keladi.

Yer o‘z o‘qi atrofida aylanganda aylanish o‘qi orbita tekisligiga nis- batan 66,5° burchak hosil qiladi. Yer aylanishining burchak tezligi 1 soatda 15°, ya’ni Yer yuzidagi har qanday nuqta (qutblardan tashqari) 1 soatda 15° ga buriladi. Lekin sekundiga masofa hisobidagi tezlik har xil kenglikda turlicha. Ekvatordan qutblarga tomon kamayib boradi. Ek- vatorda eng katta bo‘lib, sekundiga 455 m, qutblarda esa 0 m ga teng. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishining geografik oqibatlari: sutka qa- ror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda sutkalik ritmiklik ro‘y beradi, Koriolis kuchi hosil bo‘ladi, geografik qutblar vujudga ke-

ladi, turli meridianlarda mahalliy vaqt har xil bo‘ladi.



Koriolis kuchi Yer aylanishining buruvchi kuchi bo‘lib, uning ta’sirida gorizontal harakat qilayotgan hamma jismlar o‘z yo‘nalishidan Shimoliy yarimsharda o‘ngga, Janubiy yarimsharda chapga og‘adi. Uning ta’siri- da havo massalari, siklonlar va antisiklonlar, shamollar, dengiz oqimlari o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, daryo suvlari Shimoliy yarimsharda ko‘proq o‘ng qirg‘og‘ini, Janubiy yarimsharda chap qirg‘og‘ini yemiradi.

Yer Oy bilan birgalikda umumiy og‘irlik markazi atrofida aylana- di. Yer–Oy umumiy og‘irlik markazi Yerning ichki qismida, uning markazidan radiusining ¾ qismi masofada joylashgan. Yerning Yer–Oy umumiy og‘irlik markazi atrofida aylanishi, Oyning tortishi oqibatida qalqish hodisasi, ya’ni Yerdagi hamma jismlar Oyga tomon tortilishi ro‘y beradi. Bu, ayniqsa, Dunyo okeanida yaqqol seziladi. Shuningdek, Oyning tortishi oqibatida Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinla- shadi. Qalqish hodisasi va Yer aylanishi sekinlashishining Yer tabiatiga ta’siri haqida yuqorida aytib o‘tilgan.

Umuman, yuqorida aytilganidek, Yerning Koinotdagi o‘rni, unga os- mon jismlarining ta’siri, uning shakli va o‘lchamlari Yerda hayotning paydo bo‘lishini, tirik organizmlar uchun qulay muhitni va eng asosiysi, odamning paydo bo‘lishi va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’min- lagan. Bugungi sivilizatsiyani saqlab qolish esa insonning o‘z qo‘lidadir.

Koinot, galaktika, Quyosh sistemasi, geoid, Yerning o‘lchamlari, Yerning harakatlari, aylanish tezligi, tektonik sikl, orbita, yil fasllari, Koriolis kuchi, qalqish hodisasi.

1. Quyosh sistemasi nimalardan tuzilgan?

      1. Quyosh Yer tabiatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

      2. Oyning Yer tabiatiga ta’sirlarini aytib bering?

      3. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi oqibatida ro‘y beradigan hodisalarni o‘zingiz yashaydigan joyda kuzating va daftaringizga yozing.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling