8-mavzu: Geografik qobiqdagi harakatlari va ularning turlari reja


Download 65.09 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi65.09 Kb.
#1504973
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduraxmanova F. Mustaqil ish


8-MAVZU: Geografik qobiqdagi harakatlari va ULARNING turlari.
reja:
1.Geografik qobiqning harakatlari va ularning turlari
2.Geografik qobiqning issiqlik manbalari.
3.Geografik qobiqning radiasion va issiqlik muvozanati.
4.Yer yuzasida issiqlikning (haroratning) taqsimlanishi.
5.Atmosfera harakatlari .
6.Geografik qobiqda suvning harakatlari

Geografik qobiqda ichki va tashqi kuchlar hamda zonal va azonal omillar ta’sirida turli xil harakatlar sodir bo’lib turadi. Mazkur harakatlarning asosida moddiy ob’ektlarning o’zaro ta’siri yotadi.


Geografik qobiqda moddiy ob’ektlarning o’zaro ta’sirini to’rtta turga ajratiladi:
- kuchsiz va yadroviy o’zaro ta’sir. Mazkur harakatlar moddalarning subatom holati darajasida namoyon bo’ladi;
- elektromagnit o’zaro ta’sir, moddalarning atom va molekula holatidagi darajada namoyon bo’ladi. Elektromagnit o’zaro ta’sir natijasida jismlarning isishi va nurlanishi, kapillyarlarda suyuqliklarning harakati, kimyoviy reaksiyalar va moddalarning agregat holatini o’zgarishi ro’y beradi;
- gravitasion o’zaro ta’sir osmon jismlari darajasida ro’y beradi. Gravitasion o’zaro ta’sir natijasida suvning qalqishi, daryolarda suvning harakati, yomg’ir yog’ishi sodir bo’ladi va Yer yuzasida atmosfera ushlab turiladi.
Geografik qobiq darajasida elektromagnit va gravitasion o’zaro ta’sir birga namoyon bo’ladi va geografik qobiqning tuzilishini belgilab beradi.
Geografik qobiqda sodir bo’ladigan har bir tabiiy geografik jarayon juda ko’p harakatlar majmuasidan iborat.
Geografik qobiqda harakatlarning ikkita yirik turi ajratiladi:
- geografik qobiqning kundalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan harakatlar. Geografik qobiqning faoliyati natijasida uning o’lchamlarining dinamik muvozanati yuzaga keladi. Juda ko’p omillarning ta’siriga qaramasdan troposferada, okeanda, quruqlikda havo harorati, tarkibi, suvlarning sho’rligi nisbatan doimiy darajada (faqat sutkalik, fasliy, asriy va boshqa davriy o’zgarishlardan tashqari) turadi;
- geografik qobiqdagi aniq harakatlar. Ularning sodir bo’lishi geografik qobiqda erkin energiyaning borligi bilan bog’liq va ular Yerning har bir qobig’ida o’ziga xos tarzda ro’y beradi.


Download 65.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling