8-mavzu: Geografik qobiqdagi harakatlari va ularning turlari reja
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishi
Download 65.09 Kb.
|
Abduraxmanova F. Mustaqil ish
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishi.
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishida quyidagi qonuniyatlar mavjud (S.V.Kalesnik bo’yicha): - har ikkala yarim sharda qishda ham yozda ham harorat ekvatordan qutblarga tomon borgan sari pasaya boradi; - janubiy yarim sharda izotermalar yo’nalishi shimoliy yarim shardagidek egri-bugri emas, chunki shimoliy yarim shardagiga qaraganda janubiy yarim sharda okean juda katta maydonni egallagan; - bir xil geografik kengliklardagi materiklar shu kengliklarda joylashgan okeanga nisbatan yozda issiqroq, qishda esa sovuqroq bo’ladi, bunga sabab shuki suvning issiqlik sig’imi katta, quruqlikning issiqlik sig’imi esa kichik, shuning uchun suv sekin isib sekin sovuydi; - Atlantika okeani bilan Tinch okeanining shimoliy qismlarida, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Avstraliyaning g’arbiy qirg’oqlarida izotermalar biroz shimolga burilgan. Buning asosiy sababi dengiz oqimlaridir (shimoliy yarim sharda iliq, janubiy yarim sharda sovuq oqimlar) janubga tomon oqib keladigan sovuq oqimlar ta’sirida Pireney yarim oroli yaqinida va SHimoliy Amerikaning g’arbiy qirg’og’i bo’ylab izotermalar janubga buriladi; - okean yuzasida quruqlik yuzasiga nisbatan havo kam o’zgaradi; - tropiklarda qish va yoz orasidagi haroratlar farqi juda kam bo’ladi. Tropik mintaqadan har ikala tomonga qarab haroratlar farqi ortib boradi. Har ikala yarim sharda ham yozda eng yuqori harorat ekvatorda emas, balki tropiklarda (cho’llarda) kuzatiladi, chunki tropiklarda Quyosh zenitda turadi. Yer yuzasida haroratning taqsimlanishiga geografik kenglik, dengiz oqimlari, relyef, balandlik va boshqa omillar ta’sir qiladi. Download 65.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling