8-mavzu: Geografik qobiqdagi harakatlari va ularning turlari reja


Yangi yoqqan qorning nurni qaytarish qobiliyati juda yuqori bo’ladi


Download 65.09 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi65.09 Kb.
#1504973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduraxmanova F. Mustaqil ish

Yangi yoqqan qorning nurni qaytarish qobiliyati juda yuqori bo’ladi. Uning yuzasi tushgan nurni 90%ni qaytaradi,
bargli o’rmonlar esa 16-27%,
igna bargli o’rmonlar 6-19%,
shudgorlangan yuzalar 7-10%,
cho’llar 9-34% nurni qaytaradi.
Suv yuzasi 2% nurni qaytaradi, 98%ni esa yutadi.
Yer yuzasi qisqa to’lqinli Quyosh nurlarini yutib o’zi ham issiqlik tarata boshlaydi. Yerning harorati yuqori bo’lmaganligi uchun uzun to’lqinlarda issiqlik taratadi.
Atmosfera ham o’zidan o’tayotgan Quyosh nurlarini bir qismini yutib, fazoga va yerga tomon issiqlik taratadi.
Atmosferadan Yerni issiqlik taratishiga qarshi yo’naltirilgan issiqlik qarshi nurlanish deb ataladi, mazkur nurlar ham uzun to’lqinli hisoblanadi.
Demak, atmosferada uzun to’lqinli radiatsiyaning ikki oqimi mavjud ekan, ya’ni Yerni va atmosferani nurlanishi. Ularning orasidagi farq effektiv nurlanish deb ataladi.
Effektiv nurlanishning miqdori tropik kengliklarda yuqori, yiliga bir kvadrat santimetr yuzaga 80 kkal issiqlik to’g’ri keladi. Buning asosiy sababi tropik kengliklarda Yer yuzasi haroratining yuqoriligi havoning quruqligi va osmonni tiniqligidir. Ekvator kengliklarida esa havoning namligi yuqori bo’lganligi uchun effektiv nurlanish yiliga maydon birligiga 30 kkal.ni tashkil qiladi. Yer yuzasi uchun o’rtacha effektiv nurlanish 46 kkal.ni tashkil qiladi.
Atmosferani Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli radiatsiyani o’zidan o’tkazib yuborishi va Yerdan kelayotgan uzun to’lqinli radiatsiyani ushlab qolishi issiqxona samarasi deb ataladi.
Geografik qobiqqa Yerning Quyosh va o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida vujudga keladigan issiqlik ham keladi. Yerning Quyosh va Oy bilan gravitasion o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan issiqlik ham geografik qobiqqa yetib keladi. Bunday o’zaro ta’sir natijasida suv qalqishlari sodir bo’ladi. Qalqish natijasida hosil bo’ladigan ishqalanish energiyasi F.Ya.SHipunov (1980) ma’lumoti bo’yicha 3,5-10-3 Djg’m2s. ni tashkil qiladi.
Qalqish natijasida Yerning o’z o’qi atrofida aylanish tezligi kamayib boradi, natijada Yer yuzasida issiqlik me’yori o’zgaradi. Yerning sutkalik harakat tezligining kamayishi oqibatida Koriolis kuchi kamayadi, natijada atmosfera va okeandagi havo va suv aylanma harakatlari soddalashadi. Sutkani uzayishi natijasida harorat farqlari ham ortadi (kunduz va kechasi o’rtasidagi harorat farqi).

Download 65.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling