Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet12/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

2-jadval


12 balli seysmik shkalaning qisqacha tavsifi

Ballar

Zilzila kuchi

Qisqacha tavsifi

1

Sezilmaydi

Faqat seysmik asboblar bilan qayd etiladi.

2

Juda kuchsiz

Ko‘pchilik sezmaydi. Sokin vaziyatdagi odamlargina sezadi.

3

Kuchsiz

Bino ichidagi ayrim odamlar sezadi.

4

Sezilarli

Bino ichidagi odamlarning ko‘pchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi.

5

Kuchsizroq

Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uyg‘onib ketadi.

6

Kuchli

Hamma sezadi. Ko‘pchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, ba’zi buyumlar turgan joyidan tushib ketadi, ba’zi uylarda suvoqlar ko‘chib tushadi.

7

Juda kuchli


Imoratlar shikastlanadi, g‘ishtli devorlar yoriladi. Xomg‘isht va paxsadan qurilgan ba’zi uylar buziladi, tog‘larda ba’zan qoyalar ko‘chadi.

8

Vayron qiluvchi

Imoratlar kuchli shikastlanadi, tog‘larda surilmalar yuz beradi.

9


O‘ta vayron qiluvchi

G‘isht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yerosti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha yetadi.

10

Yakson etuvchi

Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo bo‘ladi. To‘g‘on va qirg‘oq to‘siqlari ishdan chiqadi, temiryo‘llar bukiladi. Yangi ko‘llar paydo bo‘ladi.

11

Halokatli


Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil bo‘ladi, Yer vertikal va gorizontal yo‘nalishda silkinadi. Tog‘larda qoyalar ag‘dariladi, ko‘prik, to‘g‘on, temiryo‘llar butunlay buziladi.

12

O‘ta halokatli

Yer yuzi qiyofasi, relyefi o‘zgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar ag‘dariladi, daryolar o‘zanini o‘zgartiradi.

Bundan tashqari, Yerning ichki kuchlari ta’sirida geyzerlar va issiq buloqlar otilishi, yer yuzasi bir qismining asta cho‘kishi va boshqa qismining esa ko‘tarilishi ham sodir bo‘lib turadi. Geyzerlar va issiq buloqlar, asosan, vulqonlar tarqalgan mintaqalarda uchraydi. Ulardan binolarni isitishda hamda elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Bun- day ishlar Islandiya, Yaponiya, Italiya, Rossiya va Yangi Zelandiya davlatlarida yo‘lga qo‘yilgan.



Yerning qobiqlari, yer po‘sti, mantiya, yadro, litosfera, seysmik mintaqa, zilzi- la, vulqon, seysmik shkala.

  1. Seysmik mintaqalar deb nimaga aytiladi?

  2. Zilzila va vulqonlar qayerlarda sodir bo‘ladi?

  3. Zilzila nima? U qanday hosil bo‘ladi?

  4. Seysmik shkalani daftaringizga yozing va eslab qoling.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling