Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. YER YUZI TABIATINING RIVOJLANISH TARIXI


Download 1.04 Mb.
bet13/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

5-§. YER YUZI TABIATINING RIVOJLANISH TARIXI



Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra, Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.

Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bun- dan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi bosh- qa sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi nati- jasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.

Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davo- mida doimiy ravishda o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan.

Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyo- tining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan.

Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivoj- lanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan.



Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiya- da Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.

Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rga- nishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud (2-rasm).

Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qatlamlar yo‘nalishining umumiy ket- ma-ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini oldi.





  1. rasm.Kembriy davri trilobitlarining toshqotgan namunalari

Stratigrafik shkala geoxronologiya shkalasini tuzish uchun asos hi- soblanadi.

Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iyerarxiya (quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish) tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokem- briy va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy) va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nom- dagi bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleon- tologik metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal ajratilmagan.

Stratigrafik va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi. O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi nati- jasida olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yil- larda nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi. Quyida keltirilgan Xalqa- ro geoxronologik jadvalda berilgan ma’lumotlar Xalqaro stratigrafiya komissiyasining 2016-yil ma’lumotlari asosida tuzildi (3-jadval).






Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling