Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. YER YUZI TABIATI RIVOJLANISHINING FAZOVIY OMILLARI


Download 1.04 Mb.
bet8/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

3-§. YER YUZI TABIATI RIVOJLANISHINING FAZOVIY OMILLARI


Yer boshqa osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yer- ni o‘rab turgan mavjud moddiy borliq. Koinot makonda cheksiz-che- garasiz va zamonda abadiydir. Koinotda osmon jismlari tuzilishi turli xil bo‘lgan tizimlarni hosil qiladi. Shulardan biri Quyosh sistemasidir. Quyosh atrofidagi sayyoralar, yo‘ldoshlar, asteroidlar, kometalar bilan bir tizim bo‘lib galaktikamiz Somon yo‘li markazi atrofida aylanma harakat qiladi. Somon yo‘li galaktikasi haqidagi ma’lumotlar astronomi- ya darsligidan Sizga ma’lum.

Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo‘lgan masofa 23–28 ming yorug‘lik yiliga teng. Quyosh galaktikaning chekkaroq qismida joylashgan. Bu holat Yer uchun juda qulay: u Galaktikaning nisbatan tinch qismida joylashgan va paydo bo‘lganidan buyon fazoviy halo- katlarga uchramasdan rivojlanib kelmoqda. Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrofida 200–220 km/s tezlik bilan harakatlanib, 180–220 mln yilda bir marta aylanib chiqadi. Yerdagi 200 mln yil – tektonik sikl- ning davomiyligi hisoblanadi. Bu Yer hayotida tektonik hodisalarning ma’lum ketma-ketligi bilan tavsiflanadigan muhim davr. Sikl boshida Yer po‘stining cho‘kishi, qalin cho‘kindi qatlamning to‘planishi, suvosti vulqonlarining otilishi ro‘y beradi. Keyin, tektonik jarayonlar kuchayadi, tog‘lar vujudga keladi, materiklarning tashqi ko‘rinishi, qiyofasi o‘zgara- di. Bu esa, o‘z navbatida, Yer tabiatining o‘zgarishiga olib keladi.



Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, diametri 1,39 mln km, o‘ta qizigan, yorug‘lik va issiqlik taratib turadigan, gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq massasi to‘plangan. Shuning uchun u atrofidagi osmon jismlarini tortish kuchi hisobiga ushlab turadi va sayyoralarning deyarli bir xil tekislikda harakatlanishini ta’minlaydi.

Quyosh sistemasi – Quyosh, 8 ta sayyora, 160 dan ortiq yo‘ldosh, 40000 dan ortiq asteroid va 1 mln ga yaqin kometadan iborat. Ushbu

osmon jismlarining barchasi Yer tabiatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, eng kuchli ta’sir Quyosh, so‘ngra Oy tomonidan bo‘ladi.



Quyoshdan tarqaladigan issiqlikning milliarddan ikki qismi Yerga yetib keladi. Bu miqdor Yer uchun xos bo‘lgan issiqlik sharoitini ta’minlaydi. Quyoshdan keladigan radiatsiya Yer yuzasidagi issiqlikning asosiy man- bayi bo‘lib, quruqlikda, Dunyo okeanida, atmosfera va tirik organizmlar- da ro‘y beradigan jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir.

Quyoshdan Yerga yorug‘lik va issiqlikdan tashqari elektr zaryadli har xil zarralar uzatiladi. Koinotning uzoq qismidan Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga ko‘rinmas va juda katta energiyaga ega bo‘lgan kosmik nurlar kelib turadi. Bu zarralar va nurlar ta’sirida Yerdagi ko‘p hodisalar, jumladan, qutb yog‘dusi, magnit bo‘ronlari, havoning ionla- shishi, atmosferadagi ba’zi gazlarning molekula holatidan atom holatiga o‘tishi kabilar vujudga keladi.



Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi va unga eng yaqin osmon jismi. Yerdan 384 ming km masofada joylashgan. Radiusi 1738 km, o‘rta- cha zichligi 3,34 g/sm3. Massasi Yer massasidan 81 marta kichik. Yer atrofida ellips orbita bo‘ylab 27,32 sutkada aylanib chiqadi. Oy sovuq osmon jismi, o‘zidan issiqlik va yorug‘lik chiqarmaydi. Quyoshdan kel- gan nurni qaytargani uchun bizga yorug‘ bo‘lib ko‘rinadi.

Quyosh va Oyning tortishi tufayli Yerning shakli davriy ravish- da o‘zgarib turadi. Natijada Dunyo okeani, atmosfera va Yer po‘stida ritmli ravishda qalqish hodisasi ro‘y beradi. Dunyo okeanida ko‘taril- gan qalqish hodisasi Yerning o‘z o‘qi

atrofida aylanishiga teskari yo‘nalishda harakat qilib, Yerning aylanish tezligi- ni kamayishiga ma’lum miqdorda sabab bo‘ladi. Oy, Quyosh va boshqa osmon jismlarining tortishi tufayli Yerning ayla- nishi sekinlashadi, oqibatda Yerning qut- biy siqiqligi kamayib, sharga yaqinlashib boradi. Natijada litosfera plitalari haraka- ti va Yer po‘stidagi yoriqlar, tektonik harakatlar o‘zgaradi. Shuningdek, Ko- riolis kuchi kamayadi va, natijada havo



massalari, shamollar va okean suvlari harakati, iqlim o‘zgaradi. Bularning bari

  1. rasm. Yerning qabul qilingan shakllari

Yer yuzida tabiiy sharoit va resurslarning o‘zgarishiga, o‘z navbatida, inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yer – Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo‘lib, uning shakli, o‘lchamlari, zichligi, moddalar tarkibi, tuzilishi va harakatlari koinotda joylashgan o‘rniga bog‘liq. Uning shaklini Siz quyi sinflarda sharsimon deb o‘qigansiz. Bu to‘g‘ri, lekin, aslida, uning shakli geoid. Yer hech bir geometrik shaklga yoki jismga o‘xshamaydi. Yer yuzasida geo- dezik-kartografik ishlarda geoidni o‘lchash va hisoblash qiyin bo‘lgani uchun, o‘lchash, hisoblash va tasvirlash oson bo‘lgan shar yoki ellips shaklida deb qabul qilinadi (1-rasm).

Quyidagi 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan Yerning shakli va o‘lchamlari haqida aniq tasavvur hosil qilish mumkin.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling