Demografik jarayonlatni prognozlash Mundareja: Kirish I. Bob Demografik jarayonlatni prognozlash
Download 61.1 Kb.
|
Demografik jarayonlatni prognozlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Demografik jarayonlatni prognozlash Mundareja: Kirish I.Bob Demografik jarayonlatni prognozlash. I.1 Demografik jarayonlatni prognozlash. I.2 O`zbekistonda demografik siyosat. II.Bob Demografik bashorat to`g`risida ma’lumot II.1 Demografik bashorat to`g`risida. II.2 Demografik bashorat turlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barno turiga erishiladi. Ma`lumki aholi takror barno bo`lishi tug`ilish, o`lim, nikoh, ajralish kabi demografik jarayonlar bilan bevosita bog`liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo`li bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug`ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo`lamiz. Hatto bu haqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Aratsu asrlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug`ilish va nikohni ozod insonlar o`rtasida qo`llab – quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda nikoh, cheklanmagan tug`ilish va katta oilalar aholini muntazam ko`payib borishini omili sifatida ximoya qilingan, qo`llab – quvvatlangan Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarini, yo`nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Sanoatni rivojlanishini shahar turmushi tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada farzandga bo`lgan talab kamaydi. Ko`p bolali ayollarda, kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi, natijada tug`ilish o`z-o`zidan kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida tug`ilish XIX asrning birinchi o`n yilligidan boshlab kamaya bordi. Ushbu davlatlarda XX asirga kelib aholini ta`biy o`sishi nihoyatda kamayib ketdi. Aholi takror barno bo`lishi kengaygan turgan qisqargan turdan o`tdi. Natijada bu davlatlarda aholini qarishini “Demografik qarish” jarayoni sodir bo`ldi. Bu xam davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946-yilda Fransiyada tug`ilishni ko`tarish orqali aholi miqdori ko`payishiga erishishi maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi ayniqsa uchinchi farzandlarining tug`ilishida alohida nfaqa ajratildi. 1960-1970-yillarda tu`gilishini ko`tarish maqsadidan demografik siyosat boshqa rivojlangan davlatlarga xam olib berildi. Lekin ushbu davlatlardagi siyosiy mulkchilik formasi tug`ilishini ko`paytirish uchun hamma chora tadbirlarni qo`llashda ba`zi muammolarni keltirib chiqarar edi . Shu bois yevropadagi rivojlangan davlatlarda tug`ilish darajasini ko`tarib, optimal, normal xolgagina keltirishni juda mushkul bo`lmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarga esa. Aksincha 1960-1990-yillarda tug`ilishning yuqori darajada turganligini va o`lim hollarining keskin kamayganligi natijasida aholining tibbiy o`sishi juda yuqori darajada bo`ldi. Natijada Osiyo, Afrika va janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni birdan ko`payib ketdi. Bu xolini demografik mutahassislar “Demografik portlash” deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan. Xolda aholisining bunday tez ko`payishi tug`lilishini cheklashga majbur etdi. Natijada rivojlanayotgan davlatlarga davlat tomonidan “oilani rejalashtirishi” ya`ni “tug`ilishini nazorat etish” borasida demografik siyosat olib boriladi masalan, hitoyda bir oilaga bir bola siyosati olib boriladi. Demografik siyosat o`tkazish uslublari shartli ravishda uch yo`nalishga ajratish mumkin. Download 61.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling