Demografik jarayonlatni prognozlash Mundareja: Kirish I. Bob Demografik jarayonlatni prognozlash


Download 61.1 Kb.
bet5/14
Sana13.02.2023
Hajmi61.1 Kb.
#1195453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Demografik jarayonlatni prognozlash

Demografik bashorat uslublari.

Demografik bashoratnign eng oddiy uslubi aholi umumiy sonini ma`lum davrdagi o`zgarishini aniqlashdir. Bu uslubda bashorat qilinayotgan davrning boshlanoshodagi demografik xolat asos qilib olinadi va xolatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni xisoblanadi. Ushbu uslub quyidagi formulada o`z aksini topgan.




P1=P0 XE kxt
P1 – bashorat qilinayotgan davrning oxiridagiaholi soni.
P0 –bashorat etilayotgan davrning boshlanishidagi aholi soni.
K-bashorat qilinayotgan davr uchun nazarda tutilgan aholining o`sishi.
t-bashorat etilayotgan davr.
e-natural logarifmlar asosi.

Yuqorida qayd etilgan uslub yordamida ma`lum hududdagi aholining umumiy soni bashorat etilgan. Lekin, bu bashorat aholi sonidagi o`zgarishni juda aniq ko`rsata olmaydi. Chunki bashorat etilayotgan davr ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o`zgarishi bilan bog`liq holda tug`ilishi, keskin o`zgarishlar ham bo`lishi mumkinki, ular aholi soniga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Demografik tadqiqotlarda aholining yosh va jinsiy tarkibi bo`yicha bashorat etish juda axmiyatli bo`lib, unda aholi tarkibidagi o`zgarishlar nisbatan aniq yoritiladi. Aholining yosh-jinsi bo`yicha bashorat etishda yosh guruhlarning “surish” uslubi qo`llaniladi. Bunday uslubda bashorat etilayotgan davrda xar bir yosh guruhni bashorat etilayotgan davr boshidagi mavjud miqdori olinadi. Undan bir yil davomida olganlar sonini aytib, keyingi yilga guruhni soni aniqlanadi. Masalan 2000- yil birinchi yanvarda 11 yoshgacha kirganlar soni, 1999- yil 1 yanvarda 10 yoshga kirganlar sonidan, 1 yanvar 1999y-1 yanvar 2000- yil davomida 10 yoshdan 11 yoshgacha o`lgan bolalar sonini ayirmasiga teng. Ana shu tarxda xar bir yosh guruhni “surib” keyingi yil uchun aholi soni aniqlanadi. Lekin, bunday uslubda bashorat etish uchun yosh guruhlari bo`yicha o`lim xollari, “yani o`lim jadvali” xisoblangan bo`lishi lozim. Yosh guruhlarni surish uslubi bilan bashorat etilayotgan davr boshidan keyingi yil uchun tug`ilganlar soni, yani “P” yoshdagilarni aniqlash lozim bo`ladi. Masalan bashorat etilayotgan davrimiz 2005 yildan boshlansa 2005 yilda tug`ilganlar, yani “o” yoshdagolar aniq, ular 2006 yilda 1 yoshga to`ladilar. Lekin 2006 yil uchun tug`ilajak bolalar sonini aniqlash lozin bo`ladi. Buning uchun farzand ko`rish yosh guruhlardagi (15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44, va 45-49 yosh ayollar guruhlari) ayollar sonini shu yosh guruhlardagi tug`ilish koeffisientiga ko`paytiriladi. Va keyingi yili shu guruhdagi xar 1000 ta ayol nechta farzand ko`rishi aniqlanadi. Masalan: O`zbekistonda 2005 yilda 15-19 yoshli ayollar “x” ni tashkil etadi. Shu yili 15-19 xar 1000 ta ayolga nisbatan “U” farzand tug`ilgan. Demak _________________ __ ga teng. Ana shunday uslub bilan xar bir yosh guruhida keyingi 2000 yilda tug`ilajak bolalar soni aniqlanadi. Xar bir yosh guruhida tug`ilishi mumkin bo`lgan bolalar soni aniqlanib, xammasi qo`shiladi. Va 2005 yilda tug`ilishi mumkin bo`lagan jami bolalar soni aniqlanadi. Shu tariqa 2006,2007,2008 va keyingi bashorat etilayotgan yillar uchun xa tug`ilajak bolalar soni aniqlanadi. Faqat buning uchun yosh guruhlari bo`yichatugilish koeffitsientlari, tug`lishidagi o`zgarishlar, o`lim xollari, migrassiya, aholi reproduktiv maylidagi o`zgarishlarni mutaxassislar tomonidan xisobga olinadi.


Demografik bashoratda mexnat yoshidagi aholini yosh-jinsiy ma`lumot, kasb-malakasi bo`yicha kelajak tarkibini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Chunki, ana shu bashorat asosida xar bir davlat av uning xududlarida kelajakdagi mexnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Aholining oilaviy tarkibini bashorat etish xam muxim demografik tadqiqotdir. Chunki oila juda ko`p maxsulotlarning iste`molchisi xosoblanadi. Kelajakda oilaning tarkibi qanday bo`ladi, aholining necha foizi yolg`iz yashaydi, necha foizi oddiy oilalalarda, necha foizi 2-3 avlod vakillari yashovchi murakkab oilalarda istiqomat etadilar. Yosh oilalalar salmog`i qanday bo`ladi? Ana shu savollarga oila tarkibini bashorat etish orqali javob beriladi xamda shu bashorat asosida aholiga turar joy yashash uchun kerak bo`lgan barcha maxsulotlar ishlab chiqish rejalshtiriladi.


Download 61.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling