Demografik jarayonlatni prognozlash Mundareja: Kirish I. Bob Demografik jarayonlatni prognozlash


Download 61.1 Kb.
bet7/14
Sana13.02.2023
Hajmi61.1 Kb.
#1195453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Demografik jarayonlatni prognozlash

DEMOGRAFIK SIYOSAT.
Demografik siyosat - aholi siyosatin ing asosiy` qismi bo`lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o`ziga xos xususiyatlarga, yo`nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo`lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy - iqtisodiy siyosat yo`nalishi hisoblanadi.
Aholi rivojlanishi esa, o`z navbatida uning ham miqdoriy ham sifatiy jihatlarini o`zgarib borishida namoyon bo`ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda, ma`lum davrda, ma`lum hudud aholisi yoki millatning son jixatidan o`zgarib borishi tushuniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatlmgi, o`rtacha umr ko`rishi, bilim darajasi va ta`lim tarbiya olishi va komilligida o`z ifodasini topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo`lib, u o`z ichiga aholining takror barpo bo`lish jarayonini ham oladi.
Aholi siyosatinnng maqsadi davlat tomonidan aholining xam mikdoriy (normal, optimal darajada) ham sifatiy rivojlanishini ta`minlashdir.
Aholi rivojlanishiga ma`lum darajada ta`sir etib borish tarixiy jarayondir. Ushbu jarayon jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichida, shu davrning ijtimoiy - iqtisodiy sharoitiga mos holda, alohida mazmunga ega bo`lgan. Jumladan, feodalizm sharoitida aholi rivojlanishining asosiy elementi bo`lgan ta`lim tizimi, nisbatan kam taraqqiy etgan edi. Masalan, O`zbekistonda masjidlar, madrasalar qoshida ta`lim tizimi joriy etilgan. Ularni moddiy ta`minlash maqsadida davlat va ayrim mulkdorlar tomonidan vaqf mulklari ajratilgan. Insonni mexnatga tayyorlash, jamiyat a`zosi uchun zarur bo`lgan bilimlarni axloqiy sifatlarni yosh avlod; asosan oiladan, oila muxitida olar edi. Keyinchalik sanoat asta - sekin rivojlanib borishi natijasida mexnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo`lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta`lim tizimini yanada rivojlanishiga, yoshlarga maxsus bilim berib, kasb - xunar o`rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada. O`lkamizda ta`lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Hozirgi davrda O`zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o`z ichiga oladi:

Download 61.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling