Demografik jarayonlatni prognozlash Mundareja: Kirish I. Bob Demografik jarayonlatni prognozlash
Download 61.1 Kb.
|
Demografik jarayonlatni prognozlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rta muddatli
- Fransiya, Germaniya, Iraliya, Daniya
- A.Ya. Boyarskiy B.Tsi. Urlanis, V A. Borisov
- Uzoq muddatli
Qiaqa muddatli-demigrafik bashorat 5 yilga mo`ljallangan bo`lib, turli xo`jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko`proq qo`llaniladi. Qisqa muddatli bashoratga aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo`ladi. Chunki 5 yil davimida aholini o`limi tug`ilishi jarayonida xam keskin ozgarish ro`y bermaydi. Mexnat resurslari farzand ko`rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari xaqidagi ma`lumotlar aniq bo`ladi. Asosan tug`iladigan bolalar soni maxsus xisob –kitoblar uslublar orqali xisoblanadi.
O`rta muddatli – demografik bashoratlar –demografik bashorat etish o`z tarixiga egadir. Bu boradagi eng dastlabki xarakatlar qadimgi Rim va Pretsiyada kuzatilgan. Ilmiy asoslangan birinchi demografik bashoratlar XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida L Eyper, T Maltus, Pirla-Pida lar tomonidan yaratilgan. XX asrning 20 yillaridan boshlab aholi o`sishining asosiy komponentlari,tug`ilish, o`lim jarayonlaridagi o`zgarishlarni xisobga olgan xolda, takomillashgan uslublar yordamida demografik bashoratlar xisoblana boshlandi. Ana shu yillarda Fransiya, Germaniya, Iraliya, Daniya davlatlari aholisining kelajakdagi miqdori demografik bashoratlar orqali, aniqlandi. 1921 yili EM. Tarsov, S.G. Struminlar 1921-1941 yillar uchun Rossiya aholisining demografik istiqbolini ishlab chiqdilar. A.S.Novoselskiy, B.B Poevskiy, M.B. Ptux, Yu.A.Korchak-Chepurkovskiy, A.P.Komnko, B.Babaninlar tomonidan xam demografik bashoratlar ishlab chiqilgan. Demografik bashoratning uslublari eas Rossiyalik aholishunos olimlar A.Ya. Boyarskiy B.Tsi. Urlanis, V A. Borisov ishlarida keng o`rin olgan. O`zbekistonda demografik bashoratni ishlab chiqishi asosan 1960 yillardan boshlanadi. Respublikada dastlabki demografik bashoratlar aholishunos olim M.K.Qoraxonov. raxbarligida 1962-1980 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik Respublikada Mullajonov, Ubaydullayeva, Ali-Qoriyev, Boriyeva, Maqsakova boshqalar xar tomonlama mukammal bashoratlar ishlab chiqishdi. 30 yilgacha bo`lgan davr uchun xisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug`ilish va o`lim jarayonlari, aholi migrassiyasida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar ilmiy asosda o`rganiladi va bashorat tuzishda xisobga olinadi. Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30-60 yilda qo`llanadi. Bunday bashoratlar aholi tug`ilishi va o`liminign kelajakdagi o`zgarishlar xaqidagi gepotezalarga asoslangan. Uzoq muddatli demografik bashoratga aholi tigrassiyasini xisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migrassiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan yasodifiy jarayonlar bilan xam bog`liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo`lishi mumkin. Download 61.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling