Reja:
1. Qadimgi sharq dastlabki axloqiy ta’limotlar belgisi sifatida (Somir(SHumer), Bobilon, Qadimgi Misr).
2. “Avesto”- qadimgi dunyoning axloqiy qomusi.
3. Xindi-Xitoy mintaqasi mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari (vedachilik, buddachilik, daochilik, konfutsiychilik).
4.Qadimgi dunyoningmumtoz axloqshunosligi. (Yunoniston, Rumo)
1. Qadimgi SHarqdagi dastlabki axloqiy g’oyalar
Ilm dunyosidagi har qanday ilmiy ilmning tarixisiz nazariyasi bo’lmaydi, degan xikmat ayniqsa axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarni o’rganadi, ma’naviy merosning ulkan qismi bo’lishi axloqiy ta’limotlar xikmatlar pand-o’gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish va targ’ib qilish yo’llarini tahlil etadi. Garchand har bir mutaffakkir muloxazalari va faoliyatining mevasi bo’lsa-da, u mohiyatan muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda turli odob va etiket qonun-qoidalarini o’z ichiga oladigan axloqiy targ’ibot muamolari, axloqiy pand-o’gitlar va me’yorlar talablarini bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda amaliy axloq deb ataladigan qismini tashkil etadi. “Kalina va Dimna” siz Konfutsiy o’gitlarisiz “Qobusnoma”siz xalq maqol va matallarisiz bu fan taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. SHuningdek, muayyan axloqiy tizimni anglash baholash ham huddi targ’ibot singari, ma’lum ma’noda adabiyot vositasida amalga oshirilishini unutmaslik lozim.
Somir. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo’lmish mix xatda CHiltaxtalariga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer) alqovlarda (gimnlarda) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik adolat haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo’lganlari uchun ham madh etiladi. CHunonchi, quyosh ma’budi Utu ahloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan ma’buda Nanshe esa ba’zi matnlarda haqiqat adolat va shavqat xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin ayni paytda mahbudlar tomonidan o’rnatilgan “me” deb atalgan qonunlar ro’yxatidan olam xarakatini tartibga solish uning to’xtovsiz va uyg’un bo’lishni ta’minlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birgalikda “yolg’on” “nifoq” “gina” “qudrat” “qurquv” tushunchalari ham o’rin olgan. SHuningdek, somiriylarning maqol va matallari hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor ularning ko’pchiligi umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko’tarilgan va SHarqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir ham qo’llaniladi. Bundan tashqari turli axloqiy muammolarga esa “Gilgamesh” eposi dostonlarda ko’tarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |