Reja: Qadimgi sharq dastlabki axloqiy ta’limotlar belgisi sifatida (Somir(SHumer), Bobilon, Qadimgi Misr). “Avesto”- qadimgi dunyoning axloqiy qomusi. Xindi-Xitoy mintaqasi mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari


Xindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar


Download 25.68 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1598099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu “Qadimgi dunyo axloqshunosligi” 2

3.Xindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar.
Vedachilik. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to’rt tabaqa- varnaga bo’ladi: braxmanlar(koxinlar), kshatariylar (harbiylar), vayshchilar (dexqonlar,kosiblar), shchudralar(qullar). Mashhur ”Manu qonunlari”da yozilishicha, braxmanning mashg’uloti- ta’lim berish, vedani o’rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish, va tuxfalar olish: kshatariylar fuqarolarni qo’riqlaydilar: vayshchilar chorva, tijorat, sudxo’rlik va dexqonchilik bilan shug’ullanadilar: shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruxga xizmat qiladi. Xotin, o’g’il va qul-uchalasi xususiy mulk egasi xisoblanmaydi, ular kimniki bo’lsa, o’shaning qo’lga kiritgan mulki.
Buddhachilik. Buddha ta’limotiga ko’ra dunyo iztirobga to’la va eng muxim muammo ana shu iztiroblardan qutulishning yo’lini topish. Buddhachilik axloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki qadimgi xitoyda xam o’ziga xos mavqe egalladi.
Daochilik. Daochilik ta’limotining asoschisi Lao –TSzi (miloddan avvalgi 369-286 yillar ) hisoblanadi Lao –tsziga nisbatan beriladigan “daodetszin” kitobida daochilikdagi asosiy yo’nalishlarning moxiyati aks etgan. Lao –tszining fikricha, donishmand bilimini oshira borib, uni odamlarga tarqatmaydi, faqat xalqning farovonligi uchun ishlatiladi. CHunki xalqning bilimi kuchli bo’lsa, uni boshqarib bo’lmaydi. Daochilik axloqshunosligidagi asosiy maqsad odamlarning tabiat ko’rsatgan yo’ldan borishiga erishish: tamoyili faolyatsizlik; xalqning baxti esa mo’tadillik va soddalikka qaytishda: donishmandlarning baxti esa mo’tadillik, xotirjamlik ,tabiatga yaqinlikdadir.
Konfutsiychilik. Daochilikning asosiy raqibi xisoblanadi. Konfutsiychilik qora xalqdan jirkanadi, uni axloqiy xayotga nomunosib deb biladi. Konfutsiychilikning axloqiy ideali tszyun-tszi, himatli jo’mard uning yuksak fazilatlari –fidoiylik, sofdillik, sadoqat adolat. Konfutsiy qarashlarini uning izdoshlari Men –tszi, Syun – tszilar davom ettirdilar. Bu ta’limot Xanь davridan 2-asrdan boshlab, to 20 asrning boshlarigacha Xitoy davlati mafkurasiga asos bo’lib xizmat qilib keldi.



Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling