Reja: Qadimgi sharq dastlabki axloqiy ta’limotlar belgisi sifatida (Somir(SHumer), Bobilon, Qadimgi Misr). “Avesto”- qadimgi dunyoning axloqiy qomusi. Xindi-Xitoy mintaqasi mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari


Download 25.68 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1598099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu “Qadimgi dunyo axloqshunosligi” 2

2. Avesto. Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardo’shtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog’liq taxminan bundan 40 asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o’tiladi, talqin etiladi. Unda zardo’shtiylik iloxiy Axura mazda – ezgulik, Amiran esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo’ladi, ezgulik va zulmat hayot va mamot o’rtasidagi abadiy kurashning aks etadi.
Abadiy ezgulik “ezgu niyat” ezgu tartib ilohiy tobelik kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo’ladi, ular Axura mazda atrofida yaxshilik urug’ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajasumi Ana mama so’lish va o’lim timsoli Tuavri hamda Zariq ismli devlar shular jumlasidandir. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy ehtiqod uning muqaddas Avestoni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko’rsatmalar majmuiy deyish mumkin. Buni ushbu din payg’amchisi Zardo’shtning Avestodagi Asha alqovidagi joy olgan quyidagi so’zlarida yaqqol ko’rish mumkin. Avesto dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog’liq ekanligi diqqatiga sazovor. Undagi ezgulik ro’yosi yaroqchilik ijodkorlik quvvati yovuzlik esa buzish va buzg’unchi qush tarzida namoyon bo’ladi. Axura Mazda qiyofasidagi bu ezgulik hayot ramzi yerni inson hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog’lik kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go’zallik, farovonlik yordamida munavvar qilinadi. Axrimon qiyofasidagi yovuzlik esa qurg’oqchilik, ocharchilik, kasalchilik mollar qirg’ini, jisman va ruhan xalokat singari ofatlarni keltirib chiqaradi. Avestoda umri davomida ezgulik, yaxshilik poklik va tozalik tamoyillari bilan ish qurgan odam o’lgandan so’ng uning ruhi roxat-farog’atda bo’lishi, gunoxkor fosiq kishini esa aksincha azob-uqubat hamda xunuklik kamiga maxkum etilishi aytiladi. Buni professor Tilab Maxmudov o’zining Avesto xaqida degan katta maqolasida atroflicha yoritildi: solix odam o’lgach ruhining xoini uch kun uning boshida zavq-shavq, roxat-farog’at og’ushida turadi keyin xushbuy o’simliklar yuziga kelib chiqadi. Uni ajib bir shaboda muattar nasim qarshilaydi. SHaboda qo’ynida o’n besh yashar barcha go’zalliklardan ham go’zal qiz ezgulik va poklik savob ishlarni timsoli. U ruhga qarata: muloyim edim yanada muloyim qilding, chiroyli edim yanada go’zal qilding balandda edim ezgu o’y ezgu so’z ezgu amal bilan meni yanada balandga ko’tarding deydi. Gunoxkor yovuz odamning ruhi esa, vujud ustida uchqun qolib, tengsiz azoblarni boshdan kechiradi. Uch kundan so’ng u o’zi yaratgan barcha yovuzliklar ustida parvoz qiladi. So’ng tirikligida xech qachon uchramagan barcha xunukliklardan ham xunukroq badbashara qizni uchratadi. Ey qora yurak zaxar tili munofiq gunoxkor deydi qiz men qiz emasman sening tiriklik paytingda qilgan amallaringman. Sen tirikligingda xudoga ehtiqod qo’yganlarni ko’ra-bila turib devlarga sig’ingansan. Yaqin-uzoqdan kelgan musofirlarga boshpana berganida mehnat qildirganingda xayr-sadaqa qilganingda ularni kamsitgansan, yopib qo’ygansan. Men sen o’ylagan o’sha yomon o’y sen aytgan yomon so’z sen qilgan yomon amallaringman. Namozsiz edim sen tufayli battar orimni yo’qotdim jirkanch edim yanada jirkanchli bo’ldim sharmanda edim battar sharmanda bo’ldim.
Bu yerda rux va vujud muammosi ifoda topganini ilg’ab olish qiyin emas. Zero Avestoda joy ruh tushunchasi o’ta iloxiylashtirilmaydi, a’lum ma’noda dunyoviylashtiriladi va o’z egasi bilan muloqot qiluvchi vijdon sifatida namoyon bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, Avestoda inson oliy ne’matlarida ozodalik tozalik gigienasi tushunchasidan axloqiy va iloxiy tushuncha darajasiga ko’tariladi. Suvni atrof-muhitni tutish jonivorlarga, xususan itga uchi o’tkir suyak yoki qaynoq ovqat bermaslik ularga nisbatan shavqatni anglatadi. Inson shavqatli bo’lishi kerak.
Bularning hammasi Avestoda ekologik axloqshunoslikning dastlabki kurtaklari ham mavjudligini ko’rsatadi. Bu muqaddas kitobdagi turli-tuman ma’budlar bizning tushunchamizdagi pir darajasidadir.(masalan temirchilikning piri xazrat Dovud v.x..) Ilox esa bitta Axru mazda faqat ungagina sajda qilinadi.
Demak, yakkaxudolikni tavxidini targ’ib etishda ham birinchilik Avestoga mavjud Avestodagi ba’zi bir urf-odatlar va irimning hozirgi kunga qadar saqlanib qolganini qo’rishimiz mumkin. Isiriq tutatish, qurbonlik, sevimli Navro’z bayramimiz fikrlarimizga dalildir. Avesto yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy estetik qomusi qadimiy urf-odatlarimizni xos majuiy sifatida qimmatlidir.
Xuastuanift”. “Avesto”dan keyin, islomgacha bo’lgan davrda mintaqamizda eng keng tarqalgan, mohiyatan axloqiy majmua xisoblangan manba, bu- ma’naviylik e’tiqodining muqqadas kitobi “xuastuanift” Moniy Fatak o’g’li (216-277) targ’ib qilgan bu e’tiqod hattoUyg’ur –Turk xoqonligining rasmiy dini darajasiga ko’tarilgan. “Xuastuanift” yoki monaviylarning tavbanomasi qadimgi turkiy tilda bitilgan bo’lib, xajman ancha kichik bo’lsada ko’p jixatlari bilan “Avesto”ga o’xshash. Unda Xo’rmuzd (bosh ma’bud) boshchiligidagi besh ma’bud-engil shabada, shamol, nur, suv va olov tangrilari-ezgulik, SHimnu boshliq besh iblis esa yovuzlik timsollaridir. Ezgulik ruhiy olamda, yovuzlik moddiy olamda mavjud bo’ladi. SHunga ko’ra, monaviylik e’tiqodiga iqtido qiluvchilar to’rt tamьani o’z qalbiga muxrlashlari kerak. Bular: sevgi-Azrua ma’budning tamьasi: Donishmandlik-burhanlarning (iloxiy bitiklarning)tamьasi. Bundan tashqari ular zoxidona xayot kechirishlari, may ichmasliklari, et-go’sht yemasliklari, meva va yegulik beradigan o’simliklarni sindirmasliklari, Yulmasliklari shart: xalol, pokiza, birovning xaqini yemasdan, yuksak axloq egasi bo’lib yashashlari, o’zqalbidagi iloxiylikka yo’nalgan nurni o’tkinchi, moddiy xoxish –istaklar iskanjasidan ozod qilib umr kechirishlari lozim.
“Xuastuanift”da o’lim eng ulkan yovuzlik sifatida talqin etiladi: xar bir jonzotga xayot bag’ishlash ( o’limdan qutqarish, o’ldirishdan bosh tortish) eng oliy ezgulik xisoblanadi
“Xuastuanift”ning birinchi bo’limida shunday deyiladi:
Kimdir birovni tiriltirsa, xudoni tiriltirgan bo’ladi,
Kimdir birovni o’ldirsa xudoni o’ldirgan bo’ladi
SHu bilan birga “Xuastuanift”shakliy va uslubiy jixatlari bilan “Avesto”dan jiddiy farq qiladi, “Misr mayyitlar kitobi”ga juda yaqin: uning ”Tavbanoma “ deb atalishi xam shuni bildirib turadi, xar bir bo’lim –sura ( xammasi 15 bo’limdan iborat) insonning o’z axloqsiz xatti-xarakatlari, gunoxlari uchun bosh ma’bud Xo’rmuzdga iltijo-ibodatidan iborat.
Xindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar qadimgi sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axloqiy tafakkuri aloxida o’ringa ega. U tarixan vedachilik, yo’ga, jaybchilik, buddxachilik, “Bxagavadgita” va ”Artxashastra” xamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan .

Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling