2-mavzu: Milliy dinlar. Reja: Yahudiylik dininig yuzaga kelishi va ta’limoti. Markaziy osiyoda yahudiylik
Download 203.09 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
2-mavzu: Milliy dinlar. Reja: 1. Yahudiylik dininig yuzaga kelishi va ta’limoti. Markaziy osiyoda yahudiylik. 2. Hinduiylik, Sikxiylik va jayniylik ta’limotlari va manbaalari 3. Konfutsiylik va daochilik –falsafiy ta’limotlari Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalqdar e‟tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‟nggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‟lib, odatda, politeistik, ya‟ni ko‟p xudolik dinlari bo‟lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko‟p xudolikning o‟zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‟zallik ma‟budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san‟at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‟lgan. Xuddi shunga o‟xshash kadimgi Yahudiylar dinning xudosi - Yaxve ham ko‟p xudolilikning yaqqol namunasidir. Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‟ziga xos yana bir xususiyati oxirat to‟g„risvdagi tasavvurning paydo bo‟lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‟la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo‟lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‟lida meva-cheva, noz-ne‟matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‟ngti davrlariga kelib odamlar o‟rniga hayvonlar qurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ„ib qilinardi. Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug„-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‟ngra, millatning shakllanishini o‟zlarida aks ettirgan. Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat- marosimlar asosan muayyan elat eki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat haraktyerida bo‟lishi bnlan boshqa din shakllaridan ajralib turagan. Eng so‟nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (Yahudiylik). Download 203.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling